Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolimiz xotirasi uyg‘onib, nigohida olov sachrasin

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Muhtaram muxlis! Tushunib turibmiz, hozir har biringiz Osiyo-2019 qur’asi natijalari haqida o‘ylab, milliy jamoamiz taqdiri borasida tashvish chekmoqdasiz.

Biz ham bugun shu xususda mulohaza yuritishga bel bog‘laganmiz. Faqat avvaliga barchamiz uchun qadrli kun to‘g‘risida to‘xtalishga izn so‘raymiz. 9-may - Xotira va qadrlash kuni.

Shu munosabat bilan «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» uchrashuvidan avval futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov sharaflandi. Tabiiyki, o‘z-o‘zidan xotiralar uyg‘ondi. Ko‘z o‘ngimizda beixtiyor shonli tarix gavdalandi.

Katta avlod muxlislari yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionati oliy ligasida g‘olib chiqish uchun Moskva jamoalari va Kiyev «Dinamo»si o‘rtasida jiddiy kurash borardi.

«Paxtakor» esa aynan Moskvaning «Spartak», «Dinamo», «Torpedo», «Lokomotiv» va SSKA klublari, shuningdek, «Dinamo» (Kiyev)ga qarshi o‘zgacha shijoat bilan to‘p surib, maydonda hayrat ila hayajon olovini yoqardi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, hozirgi APL yetakchilaridan cho‘chimaydigan o‘rtamiyona jamoalarga o‘xshardi. Marhum Ergash Karimov talqin etgan mashhur muxlis obrazi va uning «Onamdan qolgan toshoyna qani?» qabilidagi alamli hayqirig‘i bejiz ommalashib ketmagandi o‘sha paytlar.

Chunki «Paxtakor» o‘yini bahor ob-havosini eslatardi va muxlislar kayfiyati ham shunga yarasha o‘zgarib turardi. Eng asosiysi, hamma «Paxtakor»ni g‘alabalar va mag‘lubiyatlari bilan birga o‘zgacha sevardi.

Negaki, natijadan qat’iy nazar, futbolchilar nigohida o‘t chaqnardi. Oddiy ifoda etsak, futbol muxlislar va «paxtakorchilar» uchun hayotning qaynoq qismiga aylangandi.

Barcha uchun nigohidan olov sachrab turadigan futbol qadrli edi, qadrdon hisoblanardi.

Nigohidan olov sachragan futbol! Muxlislar bugun shunday futbolni sog‘inishdi. Hamma futbolimiz nigohida olov sachrashini istamoqda. Yo‘q, shu olovni qidirmoqda. Nazarimizda, lov-lov yonayotgan olov ko‘zga tashlanmayapti.

O‘zaro tortishuvlar, bahs-munozaralar va xarxashalarning bosh sababi ham, aslida shu olovga bog‘liq. Afsuski, olov har doim bir maromda lovullamaydi. Hattoki, g‘alabali onlarda ham ba’zan o‘zini sezdirmaydi.

Boshqacha aytganda, futbolimizni g‘alati inertlik zanjirlab olgandek. Yuqoridan Superliganing umumiy manzarasiga nazar tashlasak, birdan hafsala yo‘qoladi. Bir qarashda, hammasi yaxshi. Har holda, Superligada raqobat turdan turga kuchaymoqda.

Ba’zi xavotirlarga qarama-qarshi o‘laroq, «oltin ochko» qoidasi ham o‘zini oqlaydi, baribir. Mazkur tartib asta-sekin jamoalarni hushyorlikka chorlamoqda. Aniqrog‘i, ishtirokchilar endi-endi «oltin ochko» qoidasi mohiyatini teranroq anglashmoqda.

Bu ketishda yetakchilar uchun ikkinchi davrada ham «Qizil-qum», «So‘g‘diyona» va AGMK kabi klublar bilan bellashish oson kechmaydi. Bugun favoritlar qatorida tilga olinayotgan qaysidir jamoa oxir-oqibat kuchli oltilikka kirolmasa, bundan ajablanmaymiz.

Xullas, yuqorida aytganimizdek, barchasi binoyidek. Lekin muxlislar nima uchun futbolimizdan baralla rohatlanishmaydi? Ularning Superliga manzarasiga boqib, chinakamiga zavqlanishlari uchun nimadir to‘sqinlik qilaveradi. O‘sha to‘siq nima? U qanday to‘siqki, olib tashlash shunchalar qiyin?!

Futbolimizning eng fidoyi muxlislari qalbida shu og‘riqli savol muallaq turganiga ishonchimiz komil. Xo‘sh, savolning javobi bormi? Bor, albatta. Har bir zukko muxlis savolga o‘zicha javob izlashi mumkin. Buning uchun Superliga jamoalari, murabbiylari va futbolchilarini bir kaftga joylab, sinchiklab boqish kifoya.

O‘zingizni betaraf tutib, xolis baho beringchi, qaysi jamoa sizni qoniqtiradi? Bizningcha, klublarimiz saviyasiga ko‘zgu vazifasini o‘taydigan OCHL talablari nuqtai nazaridan yondashsak, yoqlovchi mulohaza yangramaydi. Tarkib bobida anchayin kuchli sanaladigan «Paxtakor» va «Lokomotiv» hatto Superligadagi raqobatda qiynalmoqda.

«Buxoro», «Qo‘qon-1912» va «Navbahor» o‘yi-nida goh-goh ko‘zga tashlanayotgan olov ko‘ngilni quvontiradi, xolos. Bu klublar ham muxlislarni tom ma’noda qoniqtirmaydi. Nega shunday? Nima sababdan Superliga futboli yuzi bo‘lishga arziydigan jamoa shakllanishi kechikmoqda?

Bu savolning javobi bir so‘zda: MURABBIY. Yana o‘sha shart asosida kaftingizga boqsangiz, qaysi jamoa ustozi ko‘zingizga yaqqol ajralib ko‘rinadi? Hech qaysi murabbiyga ustunlik berib bo‘lmaydi bu holatda. O‘ziga ayon sabablar bois, tajribali Ro‘ziqul Berdiyev nigohlarida negadir avvalgi olov sezilmayapti.

Uning nigohlari qandaydir so‘niq. Ulug‘bek Baqoyev va Ilhom Mo‘minjonov hali izlanishlar jarayonida. Balki shuning uchundir ular kutilmagan qarorlari bilan muxlislarni hayratlantirishga intilishmoqda. Biroq qachon Superligada avtoritet darajasiga ko‘tarilishadi?

Biz APLni mashhur murabbiylar bahsiga aylantirgan jarayonni nari surib, birgina Qurbon Berdiyevni yodingizga solamiz. Rossiya futbolidagi istalgan mutaxassis uning salohiyatiga hurmat bilan qaraydi. Bizdachi? Bugun futbolimiz loaqal uning darajasidagi murabbiyga muhtoj.

Demoqchimizki, turkmanistonlik kabi murabbiylargina futbolimiz mazmun-mohiyatini o‘zgartirib yuborishga qodirlar. Xulosa shuki,  futbolimiz muhiti uchun legioner futbolchilarga nisbatan legioner murabbiylar zarurroq. To‘g‘ri, bizda ko‘plab xorijlik murabbiylar ishlashgan va hozir ham ishlashmoqda. Ammo natija qani?

Ular nima sababdan maqtovli natija qayd etisholmaydi? Bu xususda o‘ylaganimizda, Fabio Kapellodan bir amallab qutulgan Rossiya terma jamoasini eslaymiz. «Chelsi»dagi Joze Mourinyo va Antonio Konte rokirovkasi ham shu jihatdan e’tiborga molik.

Demoqchimizki, milliy terma jamoamiz, «Paxtakor» va «Bunyodkor»da faoliyat yuritgan mashhur murabbiylarning hech biri futbolimizga butun borlig‘i bilan singmadi. Turli sabablarga ko‘ra, ular mavjud imkonlarni yuzaga chiqaruvchi omillarni topisholmadi. Goh qisqa muddatli kelishuv, ba’zan esa futbolchilar bilan yaqindan til topisholmaslik xalaqit berdi.

Osiyo kubogi-2019 qur’asidan so‘ng ko‘proq shu masalada o‘yga toldik. Umid Ahmadjonov aytganidek, nav-batdagi qit’a birinchiligi O‘zbekiston futboliga atalishi uchun barcha jihatlar bo‘yicha bosh jamoamizga mos keladigan xorijlik malakali murabbiy topish talab etiladi.

Ham o‘zini, ham futbolimizni qadrlaydigan, hurmat qiladigan murabbiygina yigitlarimiz qalbida g‘alaba olovini lovullatadi. Bor gap shuki, hozirgi holatda terma jamoamiz uchun qur’a natijasi - raqiblar saviyasi ahamiyatsiz. Biz uchun muhimi - MURABBIY.

Orzumizdagi mutaxassisni topsak, futbolchilarimiz guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalarini bemalol yengishadi. Shu asnoda nimchorak finalda ham kuchli raqibga duch kelishmaydi. Faqat chorak finaldan e’tiboran bosh jamoamizning haqiqiy salohiyatini kuzatishimiz mumkin.

Hamma gap o‘sha chorak finalga yetib borishda. Shu yorug‘ manzildan o‘tish uchun futbolimiz yuqori inertlikdan xalos bo‘lishi, uning nigohida olov sachrashi darkor. Hozir olovning lipillagan sharpasi, shu’lasi muxlislar ko‘nglini yorug‘ orzularga shaylamoqda.

«Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini boshlanishidan avval Birodar Abduraimov sharaflangach, Javohir Siddiqov bir bosh-qacha shiddat va olov bilan hujumga tashlandi, jamoasi gol urgach esa, u negadir tinchlandi. Ya’ni Muhammad Saloh kabi nigohlaridan olov sachratib, yana va yana hujumga otlanavermadi...

Keling, bu hol sababini izohlamaylik. Zero, biz bu safar nigohlarda sachraguvchi olov xususida mulohaza yuritishni rejalashtirgandik...

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:51, 09.05.2018. O'qildi: 3236 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик