5 may kuni Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu kechada 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqdi va barchasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Janglarni qo‘ra olmay qolib ketganlar e’tiboriga esa mazkur videoni taqdim etamiz. Unda Jamshid Najmiddinov gruziyalik raqibi Kaxa Avetisiani 1-raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Keyingi xabarlarda quyidagi bokschilarning janglarini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bekzod Tursunboyev – Roy Muxlis (Indoneziya) (Bekzod Tursunboyev 1-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).
Umid Rustamov – David Ribakoni (Gruziya) (Umid Rustamov 3-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).
Ulug‘bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya) (Ulug‘bek Sobirov 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).