Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Quvayt termasi parvozi yoxud FIFA reytingi haqida gaplashamiz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Reytinglar / FIFA reytingi (erkaklar)
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Aprel oxiri va mayning birinchi yarmida jahon terma jamoalari ishtirokida ko‘p o‘yin bo‘lgani yo‘q. Shunga muvofiq, FIFA reytingida katta o‘zgarishlar ro‘y bermadi.

Deylik, 17 may kuni e’lon qilingan ro‘yxatning dastlabki 47 pog‘onasi o‘z holicha qoldi. To‘g‘ri, Germaniya va Polsha terma jamoalarining ochko zaxirasi biroz oshdi. Yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, FIFA reytingida eng katta o‘sishga erishgan jamoa - bu Quvayt termasi.

Quvaytliklar 11 may kuni  «Al Quvayt Sports Klub» stadionida Falastin termasini qabul qilib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.

Umuman, FIFA safiga 2017 yil dekabrda qaytgan Quvayt termasi oxirgi 6 oy davomida 1ta durang va 4ta mag‘lubiyat qayd etgandi.

Ummon termasi avvalgi o‘rnidan siljimagan bo‘lsada, milliy jamoamizdan bir pog‘ona oldinda. Qisqasi, bosh jamoamiz Osiyo miqyosida 12-o‘rin, umumiy ro‘yxatda esa 88-o‘rinda qoldi...

*** OFK vakillaridan Saudiya Arabistoni termasi 70-o‘rindan 3 pog‘ona yuqoriladi. Saudlar 9 may kuni Ispaniyaning Kadis shahrida Jazoir termasini va 15-sanada Sevilyada greklarni 2:0 hisobida taslim etishdi. To‘g‘ri, ikkinchi g‘alaba hozircha arab jamoasining umumiy hisob-kitobiga yozilmagan. Aks holda, arablar umumiy reytingda yanada yuqoriga ko‘tarilishardi.

***Osiyo kubogi-2019 guruh bosqichidagi raqiblarimizdan ikkisi bizdan yuqorida va biri pastda: Yaponiya - 60-o‘rin (528 ochko); Ummon - 83-o‘rin (383 ochko); Turkmaniston - 128-o‘rin (242 ochko).

*** O‘z tarixida ilk marta mundial final raundiga yo‘l olgan Islandiya (22-o‘rin) va Panama (55-o‘rin) terma jamoalarining reyting holatida katta o‘zgarish sezilmayapti. Islandlar bir yilcha oldin 21-o‘rinda edilar, panamaliklar esa 57-qatorda.

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha)

1. Quvayt: +16 o‘rin

2. Grenada: +8 o‘rin

3. Benin: +6 o‘rin

   Botsvana: +6 o‘rin

5. Saudiya Arabistoni: +3 o‘rin

Oy davomida eng katta qulashga yuz tutgan jamoalar (o‘rinlar  bo‘yicha)

1. Falastin: -13 o‘rin

2. Sent-Lyusiya: -6 o‘rin

3. Yamayka: -4 o‘rin

   Sent-Kits va Nevis: -4 o‘rin

5. Iroq: -3 o‘rin

   Zimbabve: -3 o‘rin

   Madagaskar: -3 o‘rin

   Chad: -3 o‘rin

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Quvayt: +37,87 ochko

2. Botsvana: +18,63 ochko

3. Benin: +17,91 ochko

4. Saudiya Arabistoni: +16,99 ochko

5. Barbados: +11,1 ochko

Oy davomida eng katta yo‘qotishga yuz tutgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Falastin: -44,26 ochko

2. Yamayka: -24,79 ochko

3. Jazoir: -16,85 ochko

4. Sent-Lyusiya: -10,06 ochko

*** 2017 yilning mayida e’lon qilingan FIFA reytingiga solishtirsak, O‘zbekiston milliy jamoasi 12 oy davomida 60-o‘rindan 88-o‘ringa tushdi. O‘shanda OFK miqyosida 6-o‘rinda edik. Mana, oradagi bir yilda Suriya, BAA, Livan va Ummon termalari bizdan o‘zib ketdi.

*** Eng yuqorida turgan Germaniya va Braziliya termalari orasida 160 ochkolik farq bor. Diqqat qiling, JCH-2018ga yo‘l ololmagan Chili termasi 9-o‘rinda, Uels jamoasi esa 21-qatorda. 2014 yili reyting bo‘yicha 16-o‘rinda turgan Ukraina termasi Braziliya mundialiga yo‘l ololmagandi. Endi esa 9-o‘rin sohibi - KONMEBOLning amaldagi chempioni Chili jamoasi chetda.

*** O‘tgan safar mundial ishtirokchilari orasida Avstraliya termasi reyting bo‘yicha eng past pog‘onadan joy olgandi - 62-qator. Endi bu «rol» Saudiya Arabistoni termasiga tegishli - 67-o‘rin.

*** 2017 yilning may oyida kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishda edi: Braziliya, Argentina, Germaniya, Chili va Kolumbiya. Ayni payt elit guruh tarkibi ancha o‘zgargan: Germaniya, Braziliya, Belgiya, Portugaliya va Argentina. Qisqasi, yil davomida KONMEBOL vakillari - Chili va Kolumbiya termalari o‘rnini UYEFA a’zolari - Belgiya va Portugaliya jamoalari egalladi.

*** Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya termasi bir yil davomida 8-o‘rindan 4-qatorga ko‘tarilgani bilan ajralib turibdi.

*** Ta’kidlash joiz, 2017 yil avvalidagi ro‘yxatga asosan aytsak, FIFA safida 211ta a’zo assosiasiya bor. Lekin ulardan 5tasi - Angilya, Bagama orollari, Eritreya, Somali va Tonga) hisobida hozircha umuman ochko yo‘q. Gibraltar termasibir yil davomida 34 ochko jam-g‘arib, 196-o‘ringa chiqdi.

FIFA reytingi (OFK miqyosida)

O‘rin         +|-        Terma                         Ochko           +|- 

36               0          Eron                           727              -0,08

40               0          Avstraliya                  700              -0,43

60               0          Yaponiya                       528              +0,22

61               0          J.Koreya                     520              -0,25

67               +3        S.Arabistoni            462              +16,99

73               0          Xitoy                         431              +0,19

75               0          Qirg‘iziston               424              -0,43

76               0          Suriya                         423              -0,15

81               0          BAA                            405              -0,2

82               0          Livan                          404              +0,1

87               0          Ummon                        383              -0,49

88               0          O‘zbekiston               381              -0,04

91               -3         Iroq                           372              -8,64

96               -13       Falastin                    357              -44,26

97               0          Hindiston                  354              +0,41

101             0          Qatar                          339              +0,15

102             +1        Vyetnam                      334              +3,1

110             +2        KXDR                         297              +5,1

111             +2        Filippin                   289              +0,24

116             0          Bahrayn                      281              -0,34

118             -1         Iordaniya                   272              -0,23

120             -2         Tojikiston                266              -4,7

121             0          Xitoy Taypeyi           263              -0,15

122             0          Tailand                      253              -0,35

124             +1        Yaman                           251              +1,08

128             +1        Turkmaniston            242              +0,26

135             0          Myanma                      227              -0,44

140             +2        Afg‘oniston               199              +4,79

144             -2         Gonkong                      194              -0,34

148             -1         Maldiv or.               183              -0,03

160             +16      Quvayt                       126              +37,87

164             -2         Indoneziya                  111              -0,49

164             -2         Nepal                          111              -0,1

170             -2         Kambodja                   105              -0,29

171             -1         Malayziya                   104              -0,38

172             0          Singapur                    102              +0,15

179             0          Laos                            80                -0,31

184             0          Butan                          68                0

186             0          Makao                         60                +0,11

188             0          Mo‘g‘uliston               51                0

189             0          Guam                           45                -0,04

190             0          Sharqiy Timor          44                -0,06

195             -1         Bruney                        36                +0,12

197             0          Bangladesh                  33                +0,19

200             0          Shri-Lanka                 17                -0,24

203             0          Pokiston                    10                +0,17

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:47, 24.05.2018. O'qildi: 6104 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.