Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buyuk ketishmi? Zidan yana kalla qo‘ydi!

Baho:
+2 | -7
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zayniddin Zidanning «Real» jamoasi murabbiyligidan ketishi men uchun kutilmagan qaror bo‘ldi. Menimcha bu mantiqsiz va noto‘g‘ri qaror. Chunki «pushtirang ko‘zoynakni yechib qo‘yib», jamoa erishgan yutuqlar bilan birgalikda uning kamchiliklarini ham birdek tahlil qila oladigan mutaxassis va muxlislar «Real» unga «tupuklab yopishtirilayotgan» «mutlaq tengsizlik» maqomida emasligini yaxshi tushunib turibdi. Bunday vaziyatda jamoani tashlab ketish eng kamida jur’atsizlik. Bu sevimli jamoasi zimmasiga og‘ir yukni ortib ketishdir.

Bejiz ayrim muxlislar, shuningdek futbol jurnalistlari ham Zidanning bu qaroridan mutaassir bo‘lishgani yo‘q. Chunki qaror haqiqatan ham noodatiy va kutilmagan edi. Men bu qarorni mantiqsiz deyish ham mumkin. Shu sabab bu qarorni yoqlab, mutaxassisni ko‘klarga ko‘tarib, uning faoliyatiga o‘ta ijobiy bo‘yoq berishga urinayotganlarni tushunmayman. Bu taxlit fikrlarga yo samimiyat, yo oddiygina tahlil yetishmaydi.

Zayniddin Zidan haqiqatan ham murabbiy sifatida qoyilmaqom natijalarga erisha oldimi? Har qanday murabbiy faoliyatiga o‘lchov bo‘luvchi mezonlar ko‘p emas: natijalar, jamoaviy ruh, taktik topilmalar va umumiy o‘sish. Xayrulla Hamidov to‘g‘ri urg‘u berganidek, ular orasida eng muhimi natija. Shuning uchun ham, mayli, murabbiy faoliyatini aynan shu jihatdan tahlil qilamiz. Va yoddan chiqarmaymizki, biz allaqanday jamoa emas, «Real» murabbiyi to‘g‘risida gaplashayapmiz. Bu yerda natija borasida qo‘shimcha mezonlar ham maydonga chiqadi.

Ko‘rsatkichlar Zidan foydasiga

Xalqaro turnirlar: chempionlar ligasi, UYEFA superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati.

Zayniddin Zidan murrabbiyligida «Real» yuqoridagi sovrinlarning barchasiga egalik qildi: 100% natija!

Lekin hatto «Real» yaqqol ustun bo‘lgan ushbu turnirlar borasida ham Zidanning buyukligiga soya solib turgan omillar talaygina.

Avvalo klublar o‘rtasidagi jahon chempionati to‘laligicha Yevropaning mulki ekanligi hech kimga sir emas. Ko‘hna qit’a vakillari 2006 yildan buyon 11 mavsum mobaynida finalni bor-yo‘g‘i 1 marta boy berishganini hisobga olsak, masala yanada oydinlashadi. Bu fakt erishilgan yutuq salmog‘ini sezilarli kamaytiradi.

Endi chempionlar ligasida erishilgan muvaffaqiyat to‘g‘risida. Oldingi mavsumlarni qo‘ya turaylik. Aslida o‘tgan yillari ham Zidan jamoasining bu turnirda u qadar yorqin, maqtangulik o‘yiniga guvoh bo‘lmaganmiz.

Men hech kimning yodidan o‘chib ulgurmagan 2017/2018 yilgi mavsumga to‘xtalmoqchiman.

Guruh bosqichidayoq «Tottenxem»ga yutqazilishi «Real»dagi muammolarni ko‘rsatib berdi. Amal-taqal qilib guruhdan chiqqan jamoa final sari g‘ururlanishga arzimas yo‘lni bosib o‘tdi.

Avval voqealarning antiqa rivoji o‘laroq «PSJ» mag‘lub etildi. Hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvda «PSJ» Neymarsiz o‘ynashga majbur bo‘lgani yetmaganday, ikkinchi taymning katta qismini ozchilik bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 66-daqiqada Marko Veratti qizil karta bilan siylandi. Ushbu karta futbol jamoatchiligida uzoq muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Keyingi bekat – «Yuventus». Bu safar «Real»ning raqibi birinchi o‘yindayoq kamchilik bo‘lib o‘ynashga mahkum etildi. Yana o‘sha sirli 66-daqiqa. Paulo Dibala javob o‘yinida ham ishtirok eta olmaydigan bo‘lib maydonni tark etdi. Javob uchrashuvida o‘yinning asosiy vaqti yakunlanib borarkan, hakamlar yana o‘zini ko‘rsatishdi. «Yuventus» qo‘shimcha daqiqalarga o‘tish imkoniyatidan noinsoflarcha mahrum etildi. Buffon yo‘q joydan maydondan haydaldi.

Sho‘rlik «Bavariya». Avvalgi mavsumda ikki uchrashuvda ham o‘yin taqdiri asosiy vaqtda hal bo‘lmagach, qo‘shimcha vaqtlarga o‘tildi. Ammo bu safar ham hal qiluvchi pallalarda «Real» raqibi bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi. 84-daqiqada Arturo Vidal o‘yindan chetlatildi. Oqibat – Zidan jamoasi finalda.

Men o‘yinlar taqdiriga ta’sir o‘tkazgan omillarning eng ko‘zga ko‘rinarlilari haqida to‘xtaldim xolos. Aybni faqat hakamlarga ag‘darmagan holda, omad va tasodiflar ham «Real»ga yordam qo‘lini cho‘zganini ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Finaldagi voqealar rivojini eslatib o‘tirish faqat futboldan o‘ta yiroq muxlislar uchun kerak bo‘lishi mumkin. «Liverpul»ning ustuni – Muhammad Saloh 29-daqiqadayoq ko‘z yoshlar bilan maydonni tark etganini hech kim unutgani yo‘q. Kariusning «fokus»lari esa hamon internetni «portlatmoqda». «Liverpul» o‘zining optimal holatida, ya’ni dastlabki 20-25 daqiqada «Real»ni qanday ahvolga solganini hamma ko‘rdi.

Ko‘rsatkichlar Zidan zarariga

 
Bu Zayniddin Zidan sevimli jamoasida erishgan natija.

Endi qiyos uchun ayrim sobiq «Real» murabbiylarining qayd etgan natijalariga e’tibor qaratamiz.

Karlo Anchelotti:

Joze Mourinyo:

 

Hatto ko‘pchilik tomonidan butkul muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadigan Rafael Benitesning ko‘rsatkichi ham 68 foizni tashkil qiladi. Ya’ni «omadsiz» Rafael «qirol» Zayniddindan unchalar orqada emas.

«Barselona» bilan qarama-qarshilik

«Real»ning ashaddiy raqibi «Barselona» ekanini inobatga olsak, bu ko‘rsatkich ham juda muhimligi ayon bo‘ladi.

Ispaniya ichki chempionati doirasida Zidan murabbiyligida «Real» «Barselona» jamoasiga qarshi 5 o‘yin o‘tkazdi: 1 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati: 7-10.

Ispaniya superkubogidagi o‘tgan mavsumdagi har ikki o‘yinda «Real»ning qo‘li baland keldi. Ammo «Barselona»ga qarshi oxirgi ko‘rsatkichlar Zidanning foydasiga emas. O‘tgan yil so‘ngidagi 0:3 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyat va joriy yilning mayidagi butun ikkinchi taym davomida 10 kishi bo‘lib harakat qilgan «Barselona»ga qarshi durang fikrimga yaqqol misol.

Ispaniya: «Laliga», qirol kubogi va superkubok

Zayniddin Zidan kelganidan beri Ispaniya chempionatida 1 marta g‘olib chiqdi, 2 bora boy berdi.

Zidan «Real»ni boshqargan barcha mavsumlarda «Barselona» Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.

Ispaniya superkubogida ham ahvol achinarli: 3 imkoniyatdan 1 natija. Bu borada 2018 yilgi mavsum boy berilgani oldindan aniq. Chunki «Real» ichki turnirlarning birortasida g‘alaba qozona olgani yo‘q.

Ko‘rinib turibdiki, «Real» ichki chempionat formatidagi uzoq davom etuvchi turnirlarda yaqqol muammoga ega. Zidan hanuz bu muammoga yechim topolgani yo‘q.

E’tiborli jihati, mavsumda mutlaq tengsizlikni tasdiqlovchi «trebl»ni «Real» qayd eta olmayapti. «Barselona» esa oxirgi 10 yillikda 2 marta qayd etgan.

Shunday qilib, ko‘pchilikni chalg‘itayotgan chempionlar ligasining uch bor g‘olibligi aldamchi illyuziya aslida. «Real» (jamoa mavqeiga munosib o‘lchovlar nuqtai nazaridan) muammolar girdobida qolmoqda.

Jamoadagi ichki vaziyat alohida mavzu. Ronaldu, Beyl va Benzemalar bilan bog‘liq muammolar hammaga ma’lum. Ronaldu erta-yu kech ketaman deb xarxasha qilsa, Beyl jamoadagi o‘z o‘rnidan norozi bo‘lsa, Zidan esa hammaning g‘ashiga tegib faqat Benzemani maydonga tushiraversa, qanday jamoaviy jipslik haqida gap bo‘lishi mumkin?

Aslida Zidan ortida mislsiz muvaffaqiyat emas, oldida qiyin vazifalar turgan edi. Jamoani o‘zaro kelishtirib, taktika va individual o‘sish ustida ishlab, hech kimda shubha qoldirmaydigan CHL g‘alabalari, ichki chempionatdagi g‘alabali natijalar sari yetaklashi kerak emasmidi? Nega ketdi? O‘z kelajagiga ishonmadimi?

Rahimberdi Mamayusupov

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 04:00, 02.06.2018. O'qildi: 15023 marta. Fikrlar: 49 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Эспаньол Pere Milya 6
10 Леванте Karl Etta-Eyong 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.