Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2018. G‘oliblik yo‘li

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu yorug‘ dunyoda oson narsaning o‘zi yo‘q. Mashaqqatsiz hech bir orzuga yetib bo‘lmaydi. Masalan, jahon chempioni bo‘lish orzusi. Bu orzuga yetish uchun necha bir qoqilish kerak, mashaqqat chekish kerak. "Jahon chempionligiga faoliyatimdagi hamma sovrin va unvonlarimni almashardim", — deydi Argentina terma jamoasi sardori Leo Messi. “Jahon kubogini Braziliyaga qaytarish vaqti keldi”, — degandi braziliyalik Neymar. Ronaldu Eron darvozasiga belgilangan penaltini noaniq bajardi va jamoasi Urugvayga raqib bo‘ldi. Buning ustiga Nani, Eder, Renatu Sanshesh kabi YEVRO-2016 qahramonlarining JCHga kelmasligi ham «Evropa Braziliyasi»ga pand berdi.

Ana shunday qilib, chempionatda kuchlilar saralanib, eng oxirida 4 ta jamoa qoldi: Fransiya, Angliya, Belgiya va Xorvatiya. O‘ylab qarasam, hammasi alamzada jamoalar. Oldingi turnirlarda omadlari yurishmay kelayotgan, aslida yuksak mahorat egalaridan tarkib topgan, har doim musobaqalarda eng kuchli ekanligini isbotlamoqchi bo‘ladiyu, eng muhim pallada qoqiladilar.

Fransiya terma jamoasidan boshlaymiz. «Uchranglilar» Zidan va Anrilar avlodi faoliyatini tugatgach, barcha turnirlarda omadi yurishmay kelardi. YEVRO-2008 va JCH-2010 musobaqalarida «ko‘klar» guruhdan ham chiqa olishmadi. Tarkibda yuksak mahorat egalari ko‘p, lekin ularni birlashtiradigan mahoratli murabbiy yo‘q. Vaqti kelib, jamoaning sobiq futbolchisi Didye Desham murabbiylik postini egalladi. Ahvol yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. Fransiya terma jamoasi yana biz sog‘ingan tomoshabop futbolni ko‘rsata boshladi. Ammo jamoaga ozgina xarakter yetishmasdi. Ana shu xarakter yetishmasligi tufayli Fransiya YEVRO-2016 finalida Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. Fransuzlarning yangi tarkibida, Mbappe, Kante, Pavar, Lyuka Ernandes kabi yangi yulduzlarni ko‘rdik. Ular Messi va Suares kabi yulduzlarni uylariga jo‘natishdi. Demak, «uchranglilar»ning bu tarkibi Platini, Papen, Kantona, Zidan davridagidan qolishmaydi. Ular g‘oliblikka munosib.

Belgiyaning ayni paytdagi avlodi haqida ko‘p gapirildi. Chindan ham ular iqtidorli. De Bryuyne, aka-uka Azarlar, Fellayni, Vitsel, Kurtua, Lukaku, Mertens kabi futbolchilar avlodi chindan ham titullarga munosib. Ammo bu jamoaning katta musobaqalarda omadi yurishmay keladi. YEVRO-2016 chorak finalida Garet Beyl yetakchiligidagi Uels terma jamoasi ularning po‘stagini qoqdi. Natijada jamoa bosh murabbiyi Mark Vilmots ishdan bo‘shatildi. Roberto Martines jamoa o‘yinini ancha shakllantirganini biz JCH-2018 da ko‘rdik. «Qizil iblislar» mundialda barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlagan hozircha chempionatdagi yagona jamoa bo‘lib turishibdi.

Futbol Vatani Angliya ekanligini bilamiz. Ana shu yurt terma jamoasi hisobida bor-yo‘g‘i shu paytgacha bitta sovrin bor. Inglizlar 1966 yil o‘z maydonlarida o‘tgan mundialda g‘olib bo‘lishdi. Shundan boshqa ularning hisobida hech narsa yo‘q. O‘z vaqtida Gari Lineker, Devid Bekxemlar ham bu yurt termasini g‘oliblik sari boshlab kela olishmadi. Shunday ekan, biz inglizlarni ham alamzadalar qatoriga qo‘shamiz. YEVRO-1996 yarim finalidagi Germaniyaga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasida zarbani noaniq bajarib, jamoasini finaldan mahrum etgan Garet Sautgeyt — bugun bosh murabbiy. U 22 yil oldingi xatosini yuvishga bugun urinib ko‘radi.

Xorvatiya terma jamoasi alohida mavzu. 1992 yilda mustaqil bo‘lgan Xorvatiya tarkibida Alen Bokshich, Zvonimir Boban, Davor Shuker, Robert Yarni va Robert Prosinechki kabi nomlar o‘z vaqtida Yugoslaviya terma jamoasi tarkibida ham dong taratishgandi. Ular barcha taxminu farazlarni tasdiqlab, qisqa muddat ichida dunyoning eng kuchli jamoalari safiga qo‘shilishdi. JCH-1998dagi bronza medal Xorvatiya terma jamoasining o‘sha paytdagi kuchini namoyish etib berdi. Shundan so‘ng zamonlar o‘tdi. Barcha jamoalarda bo‘lgani singari xorvatlarda ham avlodlar almashdi. Ana shunday yuqori sifatli avlod YEVRO-2008 da Xorvatiya terma jamoasida shakllandi. Ular dastlab Angliya terma jamoasini yo‘llanmasiz qoldirishdi. Guruh bosqichida Germaniyani taslim etishdi. Ammo chorak finalda Turkiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazishdi. Jamoaning asosiy yulduzlari bo‘lmish Modrich va Rakitich o‘shanda xatoga yo‘l qo‘yishgandi.

Bu jamoaning tarkibi hamisha iqtidorlarga to‘la bo‘ladi. Masalan, yangi yulduzlar — Marko Pyassa va Ante Rebich 2013 yilda Turkiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi harakat qilishgan. Ana shunday yorqin iqtidorlarga ega jamoa YEVRO-2016da ham yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Nimchorak finalda Portugaliyaga qarshi bahsda xorvatlar yaxshi o‘ynashdi, ammo Ronaldu boshliq Portugaliyaning himoyasi bexato o‘ynadi. O‘shanda alamdan ko‘z yosh to‘kkan Luka Modrichni klubdagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu birinchilardan bo‘lib yupatdi. Ana shu alamli lahzalar uchun ham bugun Xorvatiya yarim finalda. Ular bu bosqichgacha ancha mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishdi. Dastlab Messi boshchiligidagi Argentinadan guruhdagi birinchi o‘rin tortib olindi. Keyin esa Daniya va Rossiyaga qarshi 120 daqiqalik dramatizm. Bularning hammasi mashaqqatli mehnatning natijasi. Demak, yarim finalda 4 ta alamzada jamoalarning kurashiga guvoh bo‘lamiz. Ulardan qaysi biriningdir peshonasiga CHEMPIONLIK unvoni yozilgani aniq. Oxirigacha kuzatishda davom etamiz.

Safarali SIDDIQOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:05, 10.07.2018. O'qildi: 4672 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.