Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng yaxshi to‘rurarlar uchun atalgan sovrin - «oltin butsa» poygasi sharhi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mavsum-2017|2018 yakuni bo‘yicha Yevropa milliy chempionatlari bosh goleadori maqomi Ispaniyaning «Barselona» klubi yetakchisi Lionel Messiga nasib etganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Argentinalik to‘purar «Oltin butsa»ni ketma-ket 2-marta, butun faoliyati davomida esa 5-marta qo‘lga kiritdi.

Xullas, Leo ushbu sovrinni yutish bobida «azaliy va abadiy» raqibi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketib, tanho rekordchi bo‘lib oldi.

Eslatish o‘rinli, argentinalik va portugaliyalik yulduz hisobida 5tadan «Oltin to‘p» mavjud. Ya’ni hozircha ularning jahonda eng yaxshi futbolchi bo‘lish masalasidagi ko‘rsatkichlari teng.

«Oltin butsa»lar soni bo‘yicha esa Messi biroz ustun: 5:4. Leo bu sovrinni birinchi marta mavsum-2009|2010 yakuniga ko‘ra olgandi - 34ta goli 68 ochkoga baholangan (sovrin reglamentiga binoan, Ispaniya Primerosidagi 1ta golga 2 ochko beriladi.

«Barsa» javohiri keyingi yutuqlarini 2011|2012 (50ta gol, 100 ochko), 2012|2013 (46ta gol, 92 ochko) va 2016|2017 (37ta gol, 74 ochko) yillar mavsumida nishonladi.

Aytish joiz, mavsum-2011|2012da qayd etilgan 50ta gol yoxud 100 ochko sovrin tarixidagi mutlaq rekord natija hisoblanadi. Lionel bu safar 34ta gol (68 ochko) marrasida to‘xtadi. Biroz kamtarona ko‘rsatkich, lekin 36ta o‘yin uchun chakki emas, baribir.

Leoning finishga yaqin «Real» va «Vilyarreal» darvozalariga 1tadan gol urib, «Barselona»ning oxirgi 2ta o‘yinida atigi yarim bo‘lim to‘p surganini ham qo‘shimcha qilish o‘rinli.

Chunonchi, bu vaqtda individual sovrin taqdiri deyarli oydinlashgandi. Har holda, «Oltin butsa»ga da’vogar futbolchilarning oxirgi turda «buyurtma» asosida 5-6ta gol urishlari o‘tmish sahifalarida qolgan ko‘rinadi.

Umuman, Leo mavsum-2017|2018 davomida 1ta «poker», 3ta «xet-trik», 4ta «dubl» qayd etdi va yana 13ta  o‘yinda 1tadan gol urdi. Demakki, u o‘zi ishtirok etgan 36ta uchrashuvdan 21tasida gol quvonchini tuydi.

Messining sovrin yo‘lidagi asosiy raqobatchisi Muhammad Saloh («Liverpul») Angliya chempionati oxirida mahsuldorlikni biroz pasaytirdi, lekin yakuniy tur o‘yinida «Brayton» darvozasini ishg‘ol qilib, mavsumdagi gollari sonini 32taga yetkazdi.

Misrlik to‘purar shu tariqa APLning 20ta klubni o‘z ichiga olgan mavsumlarida qayd etilgan rekordni yangiladi.

Bunga qadar 31ta goldan iborat eng yuqori natija 3 nafar futbolchiga tegishli edi: Alan Shirer («Blekbern», mavsum-1995|1996), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», mavsum-2007|2008) va Luis Suares («Liverpul», mavsum-2013|2014).

Umumiy ma’lumotlar shu. Endi «Oltin butsa» poygasining top-30 ro‘yxatida vakili bor milliy chempionatlarga nazar solib, to‘purarlik maqomi uchun kurash qanday kechganini birrov ko‘rib chiqamiz.

Ispaniya Primerosi. Krishtianu Ronaldu (endilikda «Yuventus» futbolchisi) taqvim doirasidagi 38ta o‘yindan atigi 27tasida ishtirok etganiga qaramay, 26ta gol urib, 52 ochko ishladi. Diqqat qiling, portugaliyalik yulduz oxirgi 13ta o‘yinda 22ta (!) golga mualliflik qildi.

Bu orada «Real» yetakchisining golli seriyasi 10ta o‘yinga cho‘zildi. Ispaniya chempionatida eng yaxshi to‘purar uchun ta’sis etilgan «Pichichi» sovrini poygasida uchinchi o‘rin Messining jamoadoshi - «Oltin to‘p»ning ikki karra sohibi Luis Suaresga nasib etdi.

Urugvaylik to‘purar 33ta o‘yinda 25ta gol urdi (50 ochko). Nomdor va sovrindor 3 nafar goleador ortida Yago Aspas bor: «Selta» vakili 34ta o‘yinda ishtirok etib, 22ta gol (44 ochko)dan xirmon yasadi.

«Jirona» sharafini himoya qilgan mavsum kashfiyotlaridan biri Kristian Stuani  33ta o‘yinda o‘z hisobiga 21ta gol (42 ochko) yozib qo‘ygan bo‘lsa, «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bu safar kamtarroq natija bilan 6-o‘ringa joylashdi - 32ta o‘yinda 19ta gol (38 ochko).

Angliya Premyer-ligasi. Angliyada Salohdan keyingi o‘rin avvalgi ikki mavsumning bosh to‘purari Garri Keyn tomonidan «bron» qilindi. «Tottenxem» yetakchisi chempionat doirasidagi 37ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi, demak, 60 ochko to‘pladi.

Qiziq fakt shuki, u avvalgi mavsumlarda bundan kamroq gol urib, Angliya chempionati «Oltin butsa»siga ega chiqqandi. Ya’ni mavsum-2015|2016da 25ta gol va keyingisida 29ta gol poygada birinchi bo‘lishiga kifoya qilgandi.

Faxrli uchinchi pog‘onada jarohatlar tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan Serxio Aguero («Manchester Siti») turibdi - argentinalik hujumchi maydonga 25 marta tushib, raqiblar darvozasini 21 marta (42 ochko) nishonga oldi.

«Lester» vakili Jeymi Vardining yakuniy natijasi ham chakki emas - 37ta o‘yin, 20ta gol, 40 ochko. To‘purarlarning elit ro‘yxatida chempion - «Manchester Siti»dan yana bir vakil bor - Rahim Sterling (33ta o‘yin, 18ta gol, 36 ochko).

Shu joyda qishda Dortmund «Borussiya»si bilan xayrlashib, «Arsenal» safiga qo‘shilgan Pyer-Emerik Obameyang natijasini alohida tilga olish kerak. Gabonlik hujumchi Germaniya Bundesligasida 16 marta maydonga tushib, 13ta golga mualliflik qilgandi.

Angliyada esa buning yoniga 10ta gol (13ta o‘yinda) qo‘shib qo‘ydi. Xullas, Obameyang 46 ochko (23x2) to‘plab, «Oltin butsa» poygasida 11-o‘rinni egalladi.

Germaniya Bundesligasi. Robert Levandovskiga qoyil. «Bavariya» snayperi «Oltin butsa» poygasida kuchli 30talikka kirgan Germaniya birinchiligining yagona vakilidir. Aytish mumkinki, polshalik hujumchi ichki raqobatning pastligi bois, asosiy e’tiborini Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlariga qaratgandir.

Shunday bo‘lsada, 30ta o‘yinda ishtirok etib, 29ta gol urdi (58 ochko). Bundesligadagi eng yaqin ta’qibchisi - Nils Petersen («Frayburg») hisobida esa atigi 15ta gol yig‘ildi va u 30 ochko bilan «Oltin butsa» poygasiga qo‘shilolmadi ham.

Italiya «A» seriyasi. Italiya birinchiligida Chempionlar Ligasining oxirgi yo‘llanmasi va to‘puparlar poygasi taqdiri oxirgi turdan o‘rin olgan «Lasio» — «Inter» o‘yiniga qadaldi.

O‘ta muhim uchrashuvda jarohatdan so‘ng safga qaytgan mezbonlar hujumchisi Chiro Immobile gol urmadi, ammo 75-daqiqada, qulay hisob qayd etilayotgan pallada (durangga ham rozi «Lasio» 2:1 ko‘rinishida oldinda borayotgandi) almashtirildi.

Shu bilan hammasi ostin-ustun bo‘lib ketdi - atigi 3 daqiqadan keyin Immobilening poygadagi ta’qibchisi Mauro Ikardi penaltidan foydalanib, o‘rtadagi muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda «Inter» g‘alaba golini ham nishonladi va 7 yillik ayriliqdan so‘ng yana CHLga yo‘l ochdi. Xullas, Yevropa klub futbolining birinchi raqamli turniri yo‘llanmasi «Inter»ga nasib etdi, bosh to‘purarlik maqomi esa Immobile va Ikardiga. To‘g‘ri, «Lasio» vakili 29ta golni 33ta o‘yinda nishonlagan bo‘lsa, argentinalik hujumchi 34ta o‘yinda shunday natijaga erishdi.

Xullas, har ikkisi «Oltin butsa» poygasida 58 ochko to‘pladi. «A» seriyasi to‘puparlari bahsida esa keyingi o‘rinlarga Paulo Dibala («Yuventus», 33tao‘yinda 22ta gol, 44 ochko), Fabio Kvalyarella («Sampdoriya», 35ta o‘yinda 19ta gol, 38 ochko) va Dris Mertens («Napoli», 38ta o‘yinda 18ta gol, 36 ochko) joylashishdi.

Fransiya 1-ligasi. Qarang, «Oltin to‘p» poygasining elit 30talik ro‘yxatida ushbu ligadan naq 8 nafar futbolchi bor. Ulardan 3 nafari «Lion» tarkibida o‘ynaganiga nima deysiz?

«PSJ» bosh hujumchisi Edinson Kavani mavsumni o‘ta yuqori sur’atlarda boshlab, dastlabki 14ta o‘yinda 17ta gol urgandi, biroq u keyinchalik mahsuldorlikni keskin pasaytirib yubordi va «Oltin butsa» uchun chinakam da’vogarlar qatoridan tushib qoldi. Shunga qaramay, 32ta o‘yinda urilgan 28ta gol (56 ochko) Kavaniga Liga 1ning bosh to‘purari maqomini berdi.

Ichki poygada 2-o‘rinni Florian Toven («Marsel») egalladi - 35ta uchrashuvda 22ta gol (44 ochko). 25 fevraldan keyin Liga 1 doirasida biror marta maydonga tushmagan «PSJ»ning braziliyalik yulduzi Neymar esa 3-o‘rinda qoldi, baribir.

Diqqat qiling, u jiddiy jarohatga yo‘liqquniga qadar 20ta uchrashuvda o‘z hisobini 19ta gol bilan boyitgandi. To‘g‘ri, oxirgi tur o‘yinida «xet-trik» rasmiylashtirish asnosida «Lion»ning CHLga chiqishini ta’minlagan Memfis Depay braziliyalikka tenglashib oldi. Farqli tomoni shuki, gollandiyalik futbolchi 19ta gol yoxud 38 ochko uchun 36ta o‘yin sarfladi.

Keyingi pog‘onalarga bir xil natijaga erishgan, ya’ni 18tadan gol urgan 4 nafar goleador joylashdi: Radamel Falkao («Monako», 26ta o‘yin), Mario Balotelli (Nissa», 28ta o‘yin) va «Lion» vakillari Nabil Faqir (30ta o‘yin) hamda Mariano Dias (34ta o‘yin).

Portugaliya Primerosi. Jarohat tufayli 4ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan Jonas («Benfika») mavsum oxirida safga qaytdi va gollari sonini 34taga yetkazib, Portugaliya chempionati bosh to‘purari bo‘ldi. Bu natijaga 30ta uchrashuvda erishgan hujumchi hisobiga «Oltin butsa» poygasida 51 ochko yozildi.

Chunonchi, Portugaliya Primerosidagi 1ta gol koeffisiyenti 2 emas, 1,5 ochkoga teng. Jonasning yaqin ta’qibchisi Bas Dost («Sporting») ham 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 27ta gol bilan kifoyalandi.

Darvoqe, gollandiyalik goleador o‘tgan yilgi «Oltin butsa» poygasida 2-o‘rinni egallagandi. Aniqrog‘i, 31ta o‘yinda raqiblar darvozasini 34 bora ishg‘ol qilgan Dost birgina Lionel Messidan ortda qolgandi, xolos.

Turkiya Superligasi. Turk diyorida ham bosh to‘purarlik maqomi mashhur futbolchiga nasib etdi. Ya’ni Fransiyaning «Sent-Etyen», «Lion», «Marsel» va Uelsning «Suonsi» klublaridagi faoliyati orqali tanilgan Bafetimbi Gomis mamlakat chempioni - «Galatasaroy»ning 33ta o‘yinida maydonga tushib, 29ta gol hosil qildi. Bu 43,5 ochko demakdir.

Isroil Premyer-ligasi. To‘purarlarning ichki musobaqasida Dia Sabaga teng keladigani topilmadi. Netaniyaning «Makkabi» klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 33ta bahsda 24ta gol urib, 36 ochko yig‘di.

Polsha Ekstraklass ligasi. Bu birinchilikda eng yaxshi to‘pupar maqomi uchun 2 nafar ispaniyalik o‘rtasida jiddiy kurash kechdi. Yakunda Krakovning «Visla» klubi legioneri Karlos Lopes (36ta o‘yinda 24ta gol, 36 ochko) «Gurnik» (Zabje)dagi hamyurti Igor Anguloni biroz ortda qoldirdi.

Endi bitta qiziqarli jadvalga e’tibor qarating. Unga o‘z kolleksiyasida ham «Oltin butsa», ham «Oltin to‘p» sovrini bor futbolchilar kiritilgan. Bundaylar atigi 7 nafar, jadval esa xronologik tartibda tuzilgan.

*** Afsonaviy Eysebio barcha sovrinlarini Lissabonning «Benfika» klubi a’zosi sifatida qo‘lga kiritgan.

*** Gerd Myuller ham bitta klub - Myunxenning «Bavariya»si safida laureat bo‘lgan.

*** Marko van Basten «Oltin butsa»ni Amsterdamning «Ayaks» klubi uchun urgan gollari tufayli olgan, 3ta «Oltin to‘p»ni esa «Milan»da yutgan.

*** Xristo Stoichkov Sofiyaning SSKA klubi hujumchisi sifatida «Oltin butsa» yutib, «Barselona»da uning yoniga «Oltin to‘p»ni qo‘shib qo‘ygan.

*** Braziliyalik Ronaldo o‘z hisobidagi har ikki «Oltin to‘p»ni bir mavsum davomida 2ta klub sharafini himoya qilgan davrida qo‘lga kiritgan. Birinchisini - «Barselona» va «Inter» (Milan)da, ikkinchisini - «Inter» va «Real»da. «Oltin butsa»ga esa «Barselona» vakili rolida sazovor bo‘lgan.

*** Krishtianu Ronaldu DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:01, 12.07.2018. O'qildi: 8901 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.