Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: “Lokomotiv” bizga qaraganda kuchli jamoa ekanligi barchaga ayon edi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliganing 17-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Nasaf” (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

– «Lokomotiv» bizga nisbatan anchagina kuchli jamoa ekanligini bilardik, bu barchaga ayon edi. Shunday raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Buni qisman uddaladik deb o‘ylayman, ammo futbolchilardagi mahorat o‘z so‘zini aytdi. Marat Bikmayev O‘zbekistondagi eng yaxshi va eng sermahsul hujumchilardan biri ekanligini isbotladi.

Xamrobekov? Uchta markaziy himoyachi taktikasida o‘ynaganimizda u har doim orqa chiziqda o‘ynadi. «Navbahor» bilan o‘yinda u jamoaning yetakchisi bo‘lgandi. «Lokomotiv» hujumchilari tezkorligini bilardik. Shu boisdan Odil Xamrobekov, G‘olib G‘aybullayev va Umarbek Eshmurodovni markazda o‘ynatdik. Maqsud juda tajribali, biroq tezlikda hujumchiga yutqazadi. Ayta olaman, bu uch futbolchining bugungi birgalikdagi o‘yini bizni qoniqtirmadi. Hujumlar asosan markazdan o‘tkazib yuborildi. «Navbahor» bilan bahsda Akmal Mozgovoy ham yaxshi o‘ynagandi. O‘yinda katta tajriba olishi uchun yoshlardan ham foydalandik. Akmal ham markazda yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Uchrashuv unga katta foyda berdi deb o‘ylayman.

Rahbariyat bilan bir-birimizni tushunamiz. Bir rahbar bilan murabbiylikda birga ishlaganmiz, biri bilan esa akademiyada. Shu boisdan ular bilan til topishish qiyin bo‘lmaydi.

Termaning yangi bosh murabbiyi? Bu savolga javob bermasligim ham mumkin. Biroq qisman ham bo‘lsa ham gapiraman. O‘FAdagilar bizga munosib murabbiy izlash bilan band bo‘lishsa kerak. Umid qilamanki, ular shunday mutaxassisni topishadi va bundan barcha muxlislar xursand bo‘ladi.

O‘yin biz rejalashtirgandek o‘tdi. “Nasaf” futbolchilari tartibli o‘ynashga harakat qilishdi. Biroq Bikmayevning bir o‘zi hujumda yetakchi ekanligini ko‘rsata oldi, raqib himoyada anchagina tartibli ekanligini isbotlashdi. Raqiblar o‘z ishlarini bajarishdi va gollar ura olishdi. Bugunshunday kuchli klub, amaldagi chempionga qarshi munosib o‘yin namoyish qildik.

Jadvalning yuqorisiga ko‘tarilish qiyin bo‘ladi. Biroq bizning futbolchilarda bunga yetarlicha potensial bor va bunga erisha olishimizga ishonamiz.

Sharof Muhitdinov: «O‘yin qiyin o‘tdi. Buni bilardik. O‘yindan oldin murabbiyimiz reja qilgan taktika asosida o‘yin ko‘rsatishga intildik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Shu yergacha yetib kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman».

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:29, 19.07.2018. O'qildi: 2920 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик