Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shovkat Imamov: "Malakali murabbiylar tayyorlash — kun tartibidagi dolzarb masala"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A
Futbol muxlislariga yaxshi ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O‘FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi.   Biz O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi direktori Shovkat Imamov bilan Prezident Qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, murabbiylar tayyorlash va malaksini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashdik.   - “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror e’lon qilingandan keyin mamlakatimizdagi murabbiylar malakasini oshirish borasida qanday ishlar olib borilmoqda? -Eng avvalo bu Qaror yurtimizda futbol murabbiylarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ushbu Qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘FAning 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan “O‘zbekistonda futbol murabbiylarini o‘qitish va tayyorlash hamda attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha Nizom” ishlab chiqildi va shu yilning 30 aprel kuni tasdiqlandi.   Ushbu Nizom talablarini bajarish uchun joriy yilning 17 may - 15 iyul kunlari OFK lisenziyasi va ruxsatnomaga ega bo‘lgan murabbiylar bilan seminar-treninglar tashkil qilindi. O‘FAning mutassaddilari va mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi-guruhlar butun respublika hududlari bo‘ylab murabbiylarning malakaviy saviyasini tekshirish bo‘yicha xizmat safarlariga yuborildi. Chunki murabbiylarni o‘qitish va saviyasini oshirishdan avval ularning malakasini aniqlab olish zarur edi.   Shuningdek, ishchi-guruhlar oldiga murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bilan tanishtirish, ularning amaliy va nazariy bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazish hamda murabbiylarni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirish, ularning savollariga batafsil javob berish vazifalari yuklatildi.   Bundan tashqari, hududlarga safar davomida ishchi guruh vakillari yangi tashkil etilayotgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari murabbiyligiga nomzodlarni aniqlab, bu borada O‘FA akademiyalarni rivojlantirish boshqarmasiga tavsiyalar berib borishdi. Ushbu tavsiyalardan kelib chiqib bolalar va o‘smirlar akademiyalariga munosib murabbiylar tanlab olinmoqda.   -Hududlardagi murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? -Hududlardagi futbol bo‘yicha murabbiylar kasbiy mahoratini oshirish uchun belgilangan reja asosida ular o‘rtasida o‘quv seminarlari tashkil qilindi. Seminar davomida har bir viloyatdagi futbol murabbiylari o‘rtasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Ularning kasbiy mahorati sinovdan o‘tkazildi.     Imtihon davomida murabbiylarning mashg‘ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg‘ulotga tayyorlash, mashg‘ulot davomida bolalarga ko‘rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg‘ulot davomida o‘zini tutishi, futbolchilarning mashg‘ulotdagi xatolarini aniqlash, ko‘rsatib borish va o‘sha xatolarni to‘g‘irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari tekshirildi. Shuningdek, murabbiylarning mashg‘ulot paytida bolalarni nazorat qilib borish uchun pozisiya tanlashdagi bilim va ko‘nikmalari hamda mashg‘ulot davomidagi faolligi ko‘zdan kechirildi.   Jami 1500 nafardan ortiq murabbiylardan imtihonlar olingan bo‘lsa, shulardan 300 nafardan ortiq murabbiylar ikki oy sinov muddat bilan o‘tishgan. Ikki oydan keyin ulardan qaytadan imtihonlar olinadi. Shunda ham imtihonlarni topshirolmasa, o‘sha murabbiy lisenziyasidan mahrum qilinadi.   -SHu o‘rinda murabbiylik lisenziyasini olish tartibi haqida to‘xtalib o‘tsangiz? -Avvallari murabbiylik lisenziyasini berish tartibi oson bo‘lgani uchun ko‘plab bu sohaga adashib kirib qolganlar ham lisenziya olavergan. Natijada malakali futbol murabbiylari kamayib ketgandi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli Qaroriga ko‘ra murabbiylarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga berildi.    Birinchi navbatda, lisenziya berish tartibi mukammallashtirildi. Endilikda murabbiylik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan nomzodlar avvalo 4 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddat davomida o‘z hududlarida malakali va tajribali murabbiy qo‘lostida amaliyot o‘tashlari kerak. Shundan so‘ng, hududiy futbol Assosiasiya mutaxassislari bilan suxbatdan muvaffaqiyatli o‘tgach, tavsiya berilgan murabbiylarga O‘FA tomonidan maxsus tayerlov o‘quv kurslari tashkil qilinib, yo‘nalish beriladi. Tayyorlov kursdan keyin instruktorni tavsiyasini olgan nomzodlar yana amaliyotini davom ettiradi. Bu safar amaliyot muddati 1 oydan 3 oygacha davom etadi. Shundan so‘ng murabbiylar O‘FA tomonidan tashkil etilgan “S” Lisenziyasiga o‘qiydi. “S” Lisenziyasiga o‘qigan murabbiylar instruktor tavsiyasini olgach, 1 yil davomida murabbiy sifatida faoliyat olib borishlari zarur. Bu vaqt davomida ularning malakasi, bilim va ko‘nikmalari muntazam nazorat qilib boriladi.   Buning uchun O‘FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan maxsus veb-portal ishlab chiqilmoqda. Ushbu portaldan barcha ma’lumotlar joy oladi. Murabbiylik bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar, tartib qoidalardan tortib, tegishli me’yoriy hujjatlargacha. Har bir murabbiyning ushbu portalda o‘z akkaunti bo‘ladi. Murabbiylar o‘zlari tomonlaridan bajarilayotgan ishlarni, mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayoni va boshqa holatlarni videoga olib, o‘z akkauntlariga joylab borishadi. O‘FAning tegishli mutaxassislari esa bu harakatlarni kuzatib, baholab borishadi.   Bir yildan so‘ng kasbiy malakasi tegishli talabga javob beradigan murabbiylarga “S” lisenziyasi taqdim qilinadi. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu amaliyot o‘tish va o‘quv kurslarda ishtirok etish jarayoni bepul. Murabbiylardan badal puli talab qilinmaydi.   Bu ham murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan, ushbu kasbga haqiqiy mehr qo‘ygan insonlar uchun qo‘shimcha qulaylik tug‘dirib, murabbiylik bilan faqat fidoiy insonlar, o‘z kasbining ustalari shug‘ullanishlarini ta’minlab beradi.

Agar murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha bu kabi chora-tadbirlar hech bo‘lmaganda 10 yil avval boshlanganida, biz hozir terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarida ishtirok etayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin edi. Malakali murabbiylarni tayyorlash kun tartibidagi dolzarb masala. Endilikda O‘FA tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan yangi tizim tez orada o‘z samarasini berib, yurtimizda ko‘plab malakali murabbiylar paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, degan umiddamiz.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:52, 28.07.2018. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик