Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 25.08.2025 00:30
      • Real Ovyedo
      • 0:3
      • Real Madrid
      • 25.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 1:0
      • Rayo Valyekano
      • 26.08.2025 00:30
      • Sevilya
      • 1:2
      • Xetafe
      • 28.08.2025 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Betis
  • O‘zbekiston kubogi
      • 25.08.2025 19:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Navbahor
      • 26.08.2025 20:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 27.08.2025 18:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 27.08.2025 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Buxoro
  • APL
      • 26.08.2025 00:00
      • Nyukasl
      • 2:3
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Vilyarreal 2 6
2 Barselona 2 6
3 Real Madrid 2 6
4 Xetafe 2 6
5 Atletik Bilbao 2 6
6 Espanyol 2 4
7 Betis 2 4
8 Rayo Valyekano 2 3
9 Alaves 2 3
10 Osasuna 2 3
11 Real Sosyedad 2 2
12 Elche 2 2
13 Atletiko 2 1
14 Valensiya 2 1
15 Selta 2 1
16 Malyorka 2 1
17 Levante 2 0
18 Sevilya 2 0
19 Real Ovyedo 2 0
20 Jirona 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Betis 1-0 Alaves
2-тур Malyorka 1-1 Selta
2-тур Atletiko 1-1 Elche
2-тур Levante 2-3 Barselona
2-тур Osasuna 1-0 Valensiya
2-тур Vilyarreal 5-0 Jirona
2-тур Real Sosyedad 2-2 Espanyol
2-тур Real Ovyedo 0-3 Real Madrid
2-тур Atletik Bilbao 1-0 Rayo Valyekano
2-тур Sevilya 1-2 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

29/08/25 Elche - Levante
30/08/25 Valensiya - Xetafe
30/08/25 Alaves - Atletiko
30/08/25 Real Ovyedo - Real Sosyedad
30/08/25 Jirona - Sevilya
31/08/25 Real Madrid - Malyorka
31/08/25 Selta - Vilyarreal
31/08/25 Betis - Atletik Bilbao
31/08/25 Espanyol - Osasuna
01/09/25 Rayo Valyekano - Barselona

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2500 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 914 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 26.08.2025

      05:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Интернасьонал".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сеара".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Спорт Ресифи".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Спорт Ресифи".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Интернасьонал".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сеара".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Спорт Ресифи".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Галатасарай".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 26.08.2025

      06:45 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 1 с.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:35 Д/ф "17 часов до вершины".
      10:10 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные команды.
      12:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 14 в Брюсселе, Бельгия.
      14:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье.
      15:25 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье.
      17:40 "Культовые".
      18:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 1.
      18:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      19:55 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      21:35 "Тайны звёзд спорта".
      22:05 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные команды.
      00:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 14 в Брюсселе, Бельгия.
      02:30 "Культовые".
      03:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 1.
      03:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      04:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 26.08.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 14 в Брюсселе, Бельгия.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 174 в Санкт-Петербурге. Олег Борисов против Павла Витрука.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Кёрлинг".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Д/ф "Самый лучший тренер в мире - Павел Фёдорыч Садырин!".
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Оренбург" - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Спартак" (Москва) - "Пари Нижний Новгород". Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Матч! Парад.
      03:00 "Культовые".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "ВВА-Подмосковье" (Монино) - "Динамо" (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 26.08.2025

      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 3. Сан-Маурицио-Канавезе - Черес.
      11:30 Американский футбол. "Полоса испытаний", 3 эп.
      12:45 "Сила спорта".
      13:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 3. Сан-Маурицио-Канавезе - Черес.
      15:00 Теннис. US Open. Раунд 1.
      16:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 3. Сан-Маурицио-Канавезе - Черес.
      17:00 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 4. Суза - Вуарон. Прямая трансляция.
      20:15 Теннис. US Open. Раунд 1.
      20:30 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luis Suaresning ilhom parisi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Urugvay terma jamoasining eng yorqin yulduzi - Luis Suares Rossiya maydonlarida ham ishonchli to‘p surdi. Boisi, u nafaqat yashil maydonlarda, balki hayotda ham doimo beg‘araz yordamga shay bo‘lgan.

Muhimi, aniqvato‘g‘riyo‘lniko‘rsataoladiganko‘makchisi, suyuklirafiqasibor.

Bolalik paytida Luisga quvonch baxsh eta oladigan yagona mashg‘ulot futbol edi. Uyi ortidagi uzun ko‘cha esa uning uchun orzular maydonchasi edi.

«Bir tomonda buvim ekkan limon daraxti, ikkinchi tomonda ayollar turmasining tikanli devori... asosiy o‘yingohimiz shu yerda edi. Biz doimo o‘sha joyda to‘p surardik», - Suares bolalik chog‘laridagi o‘yinlarini hamon eslaydi.

O‘z vaqtida Saltodan Montevideoga ko‘chib kelgan Suareslar oilasi 5 nafar o‘g‘il va 2 nafar qizdan iborat bo‘lib, ota-onasi tez-tez janjallashib turishardi. Tez orada ular ajrashib ketishdi.

Bolalar onasi qaramog‘ida qolishdi. «Ota-onamning suhbatlariga zor edim. Qandaydir maslahat berishlarini xohlardim. Lekin ular doimo ish bilan band edilar.

Shu sababli ota-onamdan nimalarnidir o‘rganishning iloji bo‘lmadi. Biz tarqalib ketdik. Agar ularning qimmatli o‘gitlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lganimda, o‘zimni baxtiyor hisoblardim», - deydi Luis.

Ha, afsuski, Luis bilan ota-onasi o‘rtasida bunday yaqinlik yo‘q edi. Ammo Yaratganning o‘zi unga tengi yo‘q zukko maslahatchini in’om etdi. Bu paytda Luis 15, uning yangi tanishi esa 13 yoshda edi. Badavlat oiladan bo‘lgan bu qizaloq juda ochiqko‘ngil, aqlli edi.

«Sofini bir ko‘rishdayoq yoqtirib qolgandim», -deydi Luis har gal uni tilga olganida. Sofi ilk kunlardan boshlab Luisni yaxshi o‘qishga majbur eta boshladi. U esa qizga durustroq sovg‘a olish imkoniyatiga ega emasligidan ezilardi.

Biroq do‘stining farroshlik bilan pul topayotgani Sofini ajablantirmadi. Go‘yo u aynan shu yigit bilan baxtli bo‘lishini aniq biladigandek edi.

Bir kuni Luis qizni ilk marta uchrashuvga taklif etdi. Lekin o‘zi avtomat o‘yiniga berilib ketib, va’dasini unutib qo‘ydi. Aksiga olib, o‘sha kuni kuchli yomg‘ir yog‘ib, sho‘rlik Sofining ho‘l bo‘lmagan yeri qolmadi. Ilojsizlikdan u Luisning uyiga qo‘ng‘iroq kildi.

O‘sha ilk uchrashuvning yakuni bizga noma’lum. Shunisi aniqki, Sofi Luisdan xafa bo‘lmadi. U o‘z oilasi bilan Montevideodan 23 km. uzoqlikda joylashgan Solimar shahrida yashar va bu Luisga ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirardi.

Ayniqsa, Sofining uyiga borib-kelish chinakam muammo edi - yo‘lkira uchun ketadigan 40 peso pulni onasi yoki aka-ukalaridan so‘rash befoyda, ba’zan opasi Jovanna yordam berardi. Unda ham pul bo‘lmagan paytlarda Luis «Nasyonal» rahbarlaridan pul so‘rardi.

Bundan tashqari, futbolchi norasmiy bonuslardan ham foydalanib turardi: «Shu o‘yinda gol ursam 20 peso berasizmi?». Ha, Luis uchun muhimi - Solimarga yetib olish, qaytishga Sofidan pul olishi mumkin.

Bo‘lajak qaynota-qaynonasini hujumchi o‘zining romantik tabiati bilan rom etgandi. Ular Luisning samimiyligiga, har qanday vaziyatdan chiqib keta olish qobiliyatiga qoyil qolishardi.

«Baxtimga, Sofining onasi meni yoqtirib qolgandi. Agar uning o‘rnida men bo‘lganimda, 13 yoshli qizimning o‘zidan 2 yosh katta bo‘lgan daydisifat yigit bilan tanishishiga izn bermasdim. Ammo ular meni samimiy qabul qilishardi. Hatto Sofi bilan bahslashib qolganimda, yonimni olishardi».

To‘g‘ri, ba’zan Suares ortga qaytish uchun mablag‘i yo‘qligini aytishga xijolat qilar va uyga yayov qaytardi. Shu bois, ko‘pincha mashg‘ulotlarga kech qolardi. Farroshlik va Sofi bilan uchrashuvlar sal bo‘lmasa futboldan haydalishiga olib kelishi ham mumkin edi - mavsumni 37 uchrashuvda 8ta gol bilan yakunlagan hujumchi so‘nggi marta jiddiy ogohlantirildi.

Biroq aynan Sofining ta’siri ostida Luis tungi daydiliklarga chek qo‘ydi, o‘qishga jiddiy e’tibor bera boshladi, sinfdoshlari bilan tenglashib olish uchun kechki maktabda qo‘shimcha saboq olishga ham vaqt topa oladigan bo‘ldi: «Sofidan judo bo‘lib qolmaslik uchun yaxshi o‘qishga majbur edim.

U hatto uy vazifasini qanday bajarayotganimgacha nazorat qilar, «Tentakvoy, hamma narsaga aqling yetadi, ammo sal dangasaroqsan», deya ko‘nglimni ko‘tarardi. Hayotimda ilk marta taqdirimga befarq bo‘lmagan, yordam berishga shay turgan insonga duch kelgandim. Sofi meni butunlay o‘zga olamga olib kirgandi».

SOFI ORTIDAN YEVROPAGA

16 yoshli Suares bor e’tiborini futbolga qarata boshlaganida kutilmagan noxush voqea yuz berdi: Sofining otasi ishlaydigan bank inqirozga uchrab, faoliyatini to‘xtatdi. Shu sababli oila boshlig‘i Ispaniyadagi ukasining taklifidan so‘ng Barselonaga ko‘chish tadorigini ko‘ra boshladi.

Tabiiyki, Suares uchun bu katta yo‘qotish edi: «Barcha yaqinlarimdan judo bo‘ldim, ota-onam, do‘stlarim ortidan endi Sofi ham meni tashlab ketmoqda. Uni hech qachon ko‘rmasam kerak, deb o‘yladim. Axir Solimarga borib-kelish uchun pul topa olmay yurgan pallada Barselonaga qanday boraman?

Oyim Sofi ikkimizning munosabatlarimizdan xabardor bo‘lgani bois, qanday murakkab vaziyatga tushib qolganimni sezib turardi».

Sofidagi tushkun kayfiyatni sezgan otasi uni Barselonada biror-bir kasbni egallab, Urugvayda ishlashi mumkinligini aytish bilan ovutdi. Sofi sartaroshlikni hech qachon orzu qilmagan bo‘lsada, aynan shu kasbni o‘rgana boshladi. Maqsadi tezroq uyga qaytish edi.

Luis esa, o‘z navbatida, Yevropaga yo‘l olish payiga tushib qoldi: «Bir oydan so‘ng Sofi qo‘ng‘iroq qilib, yil oxirigacha Barselonaga yetib borishimni, aks holda, hech qachon ko‘rishmasligimizni ma’lum qildi. Chunki u juda zerikib qolgandi».

2003 yilning dekabrida hujumchining agenti yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ topdi, akasi esa mayda sarflarga 60 dollar berdi. Xullas, baxtiyor Suares ilk marta Urugvayni tark etdi: «Safar uzoqqa cho‘zilmadi. Biroq men doimo Sofining yonida bo‘lish uchun Yevropada to‘p surishim kerakligini tushundim».

2005 yilda Luis «Nasyonal»ning asosiy tarkibidan joy oldi, bir yildan keyin Montevideoga «Groningen» mutaxassislari kelishdi. To‘g‘ri, ular chililik hujumchi bilan tanishish niyatida kelishgandi.

Biroq Suares xususidagi iliq fikrlar «Nasyonal» o‘yinini ko‘rishga majbur etdi. «O‘shanda biz chempionlik uchun kurashayotgandik, men gol urdim. Lekin meni kuzatishayotganidan bexabar edim. Groningen qayerda ekanini ham bilmasdim, ammo Barselonaga Montevideodan ko‘ra ancha yaqin ekaniga aqlim yetardi», - deya eslaydi Suares.

Kelishuv imzolangach, Luis birinchi navbatda Sofi tomon oshiqdi. Uchrashganidan keyin esa ortga yolg‘iz qayta olmasligini tushundi:

- Men bilan ketasan. Hozirning o‘zida!

- Esingni yeb qo‘ydingmi? Qanday qilib uchaman? Yoshim 16da, chiptam ham yo‘q. Bu yoqda otam nima derkin?

- Hoziroq uchamiz, chiptani men olaman.

«Aslida Sofini keyingi haftada Barselonaga jo‘natishni mo‘ljallagandik. Ammo u ota-onasining yoniga buyumlarini olib kelish uchun yo‘l oldi», - deydi Suares o‘sha voqea haqida to‘lqinlanib gapirarkan.

Sofi bo‘lmaganida, Luisning Yevropadagi faoliyati ham barvaqt yakunlanishi hech gap emasdi - «Groningen»ning ilk mashg‘ulotiga 5 kg. ortiqcha vazn bilan kelgan hujumchiga bosh murabbiy Ron Yans shunday dedi: «Vazning - 83 kg. Bir kg. ortiqcha bo‘lsa, o‘zingni ko‘chada ko‘rasan!».

Aynan bu masalada ham Luisga Sofidan ko‘ra yaxshiroq yordam bera oladigan mutaxassis yo‘q edi. U qallig‘ining ovqatlanish tartibini nazorat qilishdan tashqari, foydali ozuqalar haqida ma’ruzalar o‘qirdi. Xullas, keyingi ko‘rikda futbolchi 83,4 kg. tosh bosdi. Ammo murabbiy ortiqcha 400 gramm uchun kechirdi.

Tez orada «Ayaks» safiga o‘tgan hujumchi 4 yil samarali to‘p surdi - 110 uchrashuvda 81ta gol urib, Eredivizionning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Amsterdamdagi sharoit Luisga ham, Sofiga ham juda ma’qul bo‘ldi.

2009 yilning 16 martida baxtiyor juftlik nikohdan o‘tishdi, to‘ng‘ich farzandlari - Delfina dunyoga kelishidan ikki oy avval Suares JAR mundialida javlon urardi. Fransiyaga qarshi bahsdan (0:0) keyin Sofi Barselonaga qaytib ketdi. Chunki u Afrikada ancha toliqib qolgandi.

Rafiqasining ko‘zi yoriydigan kun yaqinlashib qolganida, Luis Ispaniyaga yo‘l oldi. Delfina dunyoga kelgach, Amsterdamga qaytdi. Chaqalog‘i bilan qolgan Sofi esa hijronga chiday olmay, mashinada Amsterdamga ravona bo‘ldi. Bungacha er-xotin o‘rtasida quyidagi dialog bo‘lib o‘tdi:

- Esing joyidami, chaqaloq bilan qanday qilib 24 soat mashina haydaysan?

- U yerda yolg‘izsan, biz yoningda bo‘lmoqchimiz. Yo‘lga chiqdik.

Sofining beg‘araz ko‘magi «Liverpul»da ham qo‘l keldi. 26,5 mln.lik transferdan keyin Luis dabdabali anjumanni kutgandi. Biroq taqdimot marosimi kamtarona o‘tdi.

Debyut mavsumidayoq Angliyadagilar uni irqchilikda ayblashdi va 8 uchrashuvga diskvalifikasiya qilishdi. 2013 yilda esa hujumchining pivo bilan to‘ldirilgan aravachani sudrab ketayotgani tasvirlangan surat matbuotda chop etildi.

Vaholanki, bunda Suaresning aybi yo‘q, shunchaki, uni yo‘qlab Urugvaydan oila a’zolari, Barselonadan Sofining ota-onasi, shuningdek, Filippe Koutinyo va Lukas Leyva yaqinlari bilan mehmonga kelishgandi. Luis o‘shanda kasbdoshlari hamrohligida do‘konga chiqqandi.

Biroq Suares o‘zining sermahsul o‘yin-lari bilan barcha  gunohlarini yuvib yubordi. «Qizillar» safidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘lishi arafasida Brendan Rojers shunday degandi: «Kecha Luis ikkinchi marta ota bo‘ldi - rafiqasi bu safar unga o‘g‘il farzand hadya etdi. Suares o‘zini dunyoning cho‘qqisida turgandek his etmoqda».

Tez orada baxtiyor ota Benjaminni ko‘targan holda «Enfild»da paydo bo‘ldi. O‘sha oqshom «Liverpul» «Kristall Pelas»ni 3:1 hisobida yengdi, Luis esa hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

***

2014 yilning iyulida Sofining orzusi ushaldi: ular Luis bilan Barselonaga ko‘chib o‘tishdi. Ota-ona qizlarini juda sog‘ingan bo‘lsalar, Kataloniyaning bosh jamoasi yangi yulduzni kutayotgandi.

Hozirda Suares gollar urishda davom etmoqda (misol uchun, yanvarda «yuzlik» marrasini hammadan tez bosib o‘tgan futbolchi sifatida klub tarixiga kirdi), Sofi esa Messining rafiqasi Antonella bilan birgalikda Sarkany poyabzallar do‘konida ishlaydi. Futbolchilarning turmush o‘rtoqlari ushbu savdo markazini 2017 yilning mayida ochishgandi.

Luis rafiqasi haqida faqat iliq fikrlar bildiradi: «Sofi meni hech vaqoim yo‘qligida ham sevgan. U qiyin vaziyatda xaloskorimga aylandi». Darvoqe, JCH-2018 guruh bosqichi doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda g‘alaba goli muallifiga aylangan Luis to‘pni futbolkasiga tiqib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Sofi bilan uchinchi farzandni kutishmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:37, 28.07.2018. O'qildi: 4260 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Хетафе Adrian Liso 3
2 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
3 Реал Мадрид Kilian Mbappe 3
4 Барселона Ferran Torres 2
5 Эспаньол Pere Milya 2
6 Леванте Djeremi Tolyan 1
7 Бетис Djovani Lo Chelso 1
8 Барселона Pedri 1
9 Райо Вальекано Alvaro Garsiya 1
10 Реал Сосьедад Takefusa Kubo 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.