Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Milliy Olimpiya qo‘mitasida yakkakurash sport turlari federasiyalari rahbarlari bilan profilaktika tadbiri o‘tkazildi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / kurash
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sportchining muvaffaqiyati, uning Respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlari zamirida nafaqat tinimsiz mehnat va omad, balki boshqa bir omillar ham yotadi.

Birinchi navbatda u sport bilan shug‘ullanish uchun ruxiy tomonlama tayyor bo‘lishi lozim. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan atletlar, ayniqsa yakkakurashchilar o‘zini nazorat qila bilishi, turli provokasiyalarga uchmasligi, ruxiy tomonlama mukammallikka erishgan bo‘lishi shart. Sir emaski, professional sportchi asosiy vaqtini oilasi, ota-onasi bilan emas, ko‘proq murabbiyi bilan o‘tkazadi. Bu esa murabbiylarning mas’uliyatini yanada oshirishi shubhasiz.

Bugun, 13 avgust kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida profilaktik yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Umid Qurbonov, Milliy olimpiya qo‘mitasi departament bosh mutaxassisi Sardor Toshxo‘jayev, yakkakurash sport turlari federasiyalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Profilaktika tadbirida sportchilarni to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalash, ularning turli qing‘ir yo‘llarga kirib ketishini oldini olish, bu borada sport federasiyalari va murabbiylar mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi.

Sportchida yuzaga keladigan nohush holatlar uchun federasiyalar va murabbiylar mas’ul ekanligi, bu borada nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi aytildi. Bordiyu, kelajakda sportchi bilan bog‘liq nohush holatlar ro‘y beradigan bo‘lsa uni nazorat qilmagan murabbiyning lisenziyasini olib qo‘yish jazosi ham qo‘llanilishi mumkinligi bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida shuningdek, sportchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘z holicha tashlab qo‘yish kerak emasligi, ularga murabbiylik bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratib, kelajakda yangidan-yangi chempionlarni tarbiyalash lozimligi aytildi.

Aslida yakkakurashchi vatan himoyachisidek sharafli kasb egasiga tenglashtiriladi. Ammo, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berilmasa jamiyat uchun bu havfli ko‘rinishga olib kelinishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada turli misollar keltirib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida tajribali murabbiylar sportchilarni nazoratsiz qoldirish, ma’naviy qoloqlikda tarbiyalash yomon holatlarga sabab bo‘lishi haqida turli voqealarni gapirib berishdi. Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yoqimsiz hodisalarni oldini olish borasida o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:48, 13.08.2018. O'qildi: 3089 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик