Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

12ta jamoa 17 nafar «bosh» yoxud Superliga murabbiylari ko‘rsatkichiga nazar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yil Superligada 12ta jamoa ishtirok etayotgan bo‘lsa, ularni birinchi bosqichda jami 17 nafar murabbiy  maydonga boshlab tushdi. 3 nafari xorijlik mutaxassis - Shota Arveladze, Viktor Kumikov va Sergey Lushan (terma jamoamiz sobiq himoyachisi Rossiya fuqarosi hisoblanadi).

E’tiborli jihati, so‘nggi yillarda jamoalarda murabbiylarni almashtirish holati ancha kamayganini ko‘rish mumkin. Deylik, 2017 yilgi mavsum yakuni bo‘yicha aytsak, atigi 3ta jamoa - «Metallurg», «So‘g‘diyona» va «Neftchi»da yangi murabbiy faoliyat boshladi.

Qizig‘i, birinchi bosqich davomida aynan «So‘g‘diyona» va «Neftchi»da yana o‘zgarish kuzatildi. 5-turdan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiy Aleksandr Mochinovni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Sergey Lushanni tayinlashdi.

Farg‘ona shahri jamoasida esa, dastlabki turlarda bosh murabbiy masalasida tushunarsiz holat hukmronlik qildi. Chunonchi, mavsum uchun taqdim qilingan «zayavka»da Sergey Kovshov bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilgandi. 1-tur o‘yini qaydnomasida ham uning ism-sharifi qayd etildi. Lekin 2-turdan e’tiboran «Neftchi» bosh murabbiy sifatida Bahrom Haydarov ko‘rsatildi.

Farg‘onaliklar 6-tur doirasida «Buxoro»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchrashgach, Haydarov ham o‘yin qaydnomalarida «ko‘rinmay» qoldi. Aniqroq aytsak, 7-10-turlar oralig‘ida qaydnomada murabbiy Abdumalik Hakimov imzosi ko‘zga tashlandi.

Nihoyat, 11-tur arafasida «Neftchi» rahbariyati Bahrom Haydarov jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani rasman e’lon qildi.

Qisqasi, statistika ma’lumotlar o‘yinning rasmiy hujjati sifatida tan olinadigan qaydnoma bo‘yicha yuritilishi bois, 4ta uchrashuv natijalarini Abdumalik Hakimov hisobiga yozishga majburmiz.

«So‘g‘diyona» va «Neftchi»dan tashqari, 6-tur yakunlangach, amaldagi chempion «Lokomotiv»da ham bosh murabbiy o‘zgardi. Ya’ni Andrey Miklyayev o‘z o‘rnini Andrey Fyodorovga bo‘shatib berdi.

13-turdan so‘ng esa, Olmaliq shahri jamoasida ham iste’fo kuzatildi: rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov o‘z xohishiga ko‘ra, ishdan bo‘shadi va uning o‘rnini Baxtiyor Ashurmatov egalladi.

Bu o‘zgarishlar kimga qanday naf keltirganini murabbiylarning umumiy statistikasiga qarab ham bilib olish mumkin.

ARVELADZE VA AKTAMOV

Ayni payt Superliga jamoalarini boshqarayotgan aksariyat murabbiylar vaqtida O‘zbekiston milliy chempionati yuqori ligasida maydonga tushishgan. Faqat ikki kishi bundan mustasno: «Paxtakor» ustozi Shota Arveladze va «Qizilqum» yo‘lboshchisi Hamidjon Aktamov.

Gruziyalik mashhur sobiq futbolchi faoliyati davomida ko‘p mamlakatlarda to‘p surgan, faqat yurtimizda emas. Aktamov ham futbolchi sifatida faoliyat yuritgan, lekin oliy liga o‘yinlarida maydonga tushmagan. Aniqroq aytsak, u 2012 yil birinchi ligada Navoiy shahri sharafini himoya qilgan «Yujanin» jamoasi ro‘yxatiga kiritilgandi.

E’tiborlisi, Aktamov o‘sha vaqt 34 yoshda bo‘lgan. Eslatma, 2012 yili birinchi liga ikki bosqichli tizimda o‘tkazilgandi. «Yujanin» ilk bos-qichda «G‘arb» mintaqasida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan.

Ikkinchi bosqichga kelib, jamoa o‘z nomini o‘zgartiradi - «Zarafshon». Xullas, navoiyliklar o‘sha mavsum 6-o‘rinni egallashgan. Afsuski, hujumchi sifatida ko‘rsatilgan Hamidjon Aktamovning nechta o‘yinda maydonga tushgani xususida aniq ma’lumot yo‘q.

AMPLUALAR BO‘YICHA

Superligadagi bosh murabbiylar orasida 4 nafardan sobiq himoyachi (Andrey Fyodorov, Andrey Shipilov, Baxtiyor Ashurmatov va Sergey Lushan), yarim himoyachi (Mirjalol Qosimov, No‘’mon Hasanov, Ro‘ziqul Berdiyev va Bahrom Haydarov) hamda hujumchi (SHota Arveladze, Ilhom Mo‘minjonov, Ulug‘bek Baqoyev va Hamidjon Aktamov) bor.

Agar yil boshidagi holat bo‘yicha aytsak, murabbiylar ramziy jamoasida darvozabon ham joy oladi. Zero, AGMKning sobiq ustozi Viktor Kumikov futbolchilik faoliyatida aynan darvozabon sifatida o‘ynagan.

Iste’foga chiqqan qolgan murabbiylarga to‘xtalsak, ular orasida sobiq himoyalar ko‘p: Sergey Kovshov, Andrey Miklyayev va Abdumalik Hakimov. «So‘g‘diyona»da omadsizlikka yuz tutgan Aleksandr Mochinov esa vaqtida hujumchi rolini bajargan.

TERMA JAMOA VA OLIY LIGA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:54, 13.09.2018. O'qildi: 3272 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.