Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 1:0
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • 0:2
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:0
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:3
      • Torino
      • 05.01.2026 00:45
      • Inter
      • 3:1
      • Bolonya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • 0:3
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • 5:1
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • 1:2
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • 1:1
      • Real Ovyedo
      • 05.01.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 1:1
      • Atletiko
  • APL
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • 1:1
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • 2:4
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 20:15
      • Fulhem
      • 2:2
      • Liverpul
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Chelsi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 19 49
2 Real Madrid 19 45
3 Vilyarreal 17 38
4 Atletiko 19 38
5 Espanyol 18 33
6 Betis 18 28
7 Selta 18 26
8 Atletik Bilbao 19 24
9 Elche 18 22
10 Xetafe 18 21
11 Sevilya 18 20
12 Osasuna 18 19
13 Alaves 18 19
14 Rayo Valyekano 18 19
15 Real Sosyedad 18 18
16 Malyorka 18 18
17 Jirona 18 18
18 Valensiya 18 16
19 Levante 17 13
20 Real Ovyedo 18 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Milliy terma jamoa-2021: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xuddi 2001, 2005, 2009 va hokazo yillarda bo‘lgani kabi, 2021 yil o‘rtalariga (balki kuziga) borib ham O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashayotgan bo‘ladi. Albatta, katta ehtimol bilan.

Har holda, hozirgacha JCH saralashining hal qiluvchi bosqichiga muntazam chiqayotgan termamiz Ektor Kuper boshchiligida ham o‘sha davrga yetib boradi, deb o‘ylaymiz va ishonamiz.

Xo‘sh, o‘sha paytdagi jamoani qanday tasavvur qilasiz? Qiziq masala. Lekin bu haqda gap ochishga bizda asoslar bor, bugun...

************

Suriya va Eron termalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilgach, Ektor Kuper milliy jamoamiz futbolchilari haqida ma’lum darajada tasavvurlarga ega bo‘ldi. Uning oldidagi eng asosiy vazifa mamlakatimizni Qatarda o‘tadigan 2022 yilgi mundialga olib chiqish ekan, bu borada arqonni juda uzun tashlashi aniq. Boz ustiga, aynan o‘sha davrga borib jismoniy holati anchagina susayishi mumkin bo‘lgan futbolchilar (e’tibor bering!) hozirgi jamoamizda bisyor. Bu yosh bilan bog‘liq holatki, mazkur jihatning oldini olish aslo mumkin emas.

Hozir biz xuddi 2014 yildagi kabi holatdamiz. Qaysi ma’nodaki, o‘shanda termamiz tarkibida bo‘lgan futbolchilarning qaysilari hozirgacha (aniqrog‘i, 2017 yil kuzigacha) bo‘lgan davrga yetib kela olishdi?

Masalan, o‘sha tarkibda bo‘lgan yoshi kattalardan Temur Kapadze o‘shandayoq termadan ketdi, Server Jeparov JCH-2018 saralash siklida juda bo‘sh o‘ynadi, Geynrix esa, garchi bir-ikki bora hal qiluvchi gollar muallifiga aylangan bo‘lsada, yoshi eski davrlaridagi kabi futbol o‘ynashiga xalaqit qilayotgani yaqqol bilinib qoldi. Hozirgi tarkibimizda ham xuddi o‘sha 2014 yillardagi yigitlar JCH-2018 saralashlarida qatnashgani kabi biroz keksayib qolayotgan futbolchilarimiz bor ekan, ularning bugundan to 2021 yilgacha o‘z sport formalarini muntazam yo‘qotib borishlarini taxmin qilsa bo‘ladi.

Bu borada chiziqlar bo‘yicha to‘xtalsak, manzara yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Demak, to‘rtta pozisiya bo‘yicha o‘z fikrlarimizni bildirsak-da, so‘ngra xulosalar o‘zingizga havola...

DARVOZA

Termamizning asosiy posboni Ignatiy Nesterov 2021 yilda 38 yoshni qarshilaydi. Aksariyat darvozabonlar uchun aslida 40 yosh ham unchalik qo‘r­qinchli emas. Bu borada Nesterov ham 2021 yilda ortiqcha muammolar sezmasligiga shaxsan men ishonaman. Xullas, hozircha 2021 yil uchun ham darvozaga asosiy posbon sifatida Nesterovni qo‘yib turamiz.

Milliy jamoada hozircha ikkinchi posbon o‘rnida maydonga tushayotgan Eldor Suyunovda ham o‘ziga yarasha «plyus-minuslar» bor. Aytish joizki, Eldor «darvozabonlik ko‘rsatkichi»da hali anchagina yosh - bu yil endigina 27 bahorni qarshiladi.

Demak, unda ortiqcha yillar ham, imkoniyatlar ham bor. Fikrimizcha, Suyunov bu davr ichida o‘z xatolari ustida tinimsiz mehnat qilishi shart. Sababi, keyingi uch yil oralig‘ida terma jamoada u bilan raqobat qila oladigan yosh darvozabonlar yetishib chiqishi turgan gap.

HIMOYA

Markaziy himoya vakillari orasida hozir ham yetakchi sanalayotgan Anzur Ismoilov 2021 yilga borib 36 yoshni qarshilaydi. Bu yoshda Juzeppe Bergomi yoki Paolo Maldini kabi himoyachilar yoshlik davrlaridan ham ko‘ra ishonchliroq o‘yin ko‘rsatishgan. Lekin Italiya termasi futbolchilari baribir boshqa masala - ulardan farqli ravishda biz Anzurning yana 3 yil (agar JCHga chiqolsak, 4 yil) shunaqa yuqori saviya­da o‘ynab berishiga astoydil ishona olmaymiz. Shunday ekan, uning o‘rinbosarlariga ko‘z tikishga, ularning keyingi davrlardagi rivojlanish istiqbollarini chamalashga majburmiz.

Chap qanot himoyamiz yetakchisi Vitaliy Denisov bilan ham xuddi shunga o‘xshash holat kuzatiladi. 31 yoshli himoyachimiz ayni payt «Lokomotiv» safida zaxirada qolib ketishi oqibatida Samaraning «Krilya Sovetov»iga yo‘l olgan. Vitaliyning bu harakatini, albatta, pastga sho‘ng‘ish deb baholamasdan ilojimiz yo‘q.

To‘g‘ri, bir tomondan zaxirada qolib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagandan ko‘ra, quyiroqdagi jamoa safida muntazam to‘p surgan yaxshiroq. Aslida, Denisovni hech bir jabhada ayblashga haqqimiz yo‘q: u termadagi faoliyati davrida doimo o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini o‘tkazgan.

Faqatgina shuni bildirmoqchimizki, Denisovda ham yosh nuqtai nazaridan past tomon yurish onlari yaqinlashmoqda. Vitaliy 2021 yilda 34 yoshda bo‘ladi va uning imkoniyatlari Anzurnikiga qaraganda birmuncha yaxshiroq.

Demak, tanganing ikkinchi tomonidagi ma’nolar taxminan shunaqa: yuqorida «pastga sho‘ng‘ish» deb baholagan bo‘lsakda, «Krilya»ga o‘tishi uning uchun yana burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin va aynan shu o‘rtahol klubdagi barqaror o‘yinlari sabab, yana milliy jamoamizga 3-4 yil o‘ynab berishidan umid qilsa bo‘ladi.

Va nihoyat, uchinchi yoshi kattaroq himoyachimiz - Akmal Shorahmedovning ham ayni paytda 32 yoshda ekani va xuddi Ismoilov va Denisovga o‘xshab unda ham keyingi 3 yil ichida imkoniyatlar pasayib borishi mumkinligini tilga olish joiz. Bo‘ldi. Boshqa himoyachilarimiz bilan yosh borasida hammasi joyida.

Qiziq fakt: Ektor Kuper tomonidan oxirgi yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning deyarli barchasi bir-biriga juda yaqin joylashgan ekan - 2021 yilda To‘xtaxo‘jayev, Muhammadiyev, Zoteev va Shixovlar 32, A’zamov va Xolmuhammedov 31, Sayfiyev 30, Krimes 29, Kozak 28 yoshda bo‘lar ekan.

Demak, mazkur sakkiz futbolchi himoyachi nuqtai nazaridan kelib chiqib gapirsak, o‘z faoliyatlarining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan pallalarida bo‘lishadi. Lekin sport formasini ushlab turish borasida hech kimga kafolat yo‘qligini hisobga olsak va ayniqsa, yosh avlod yetishib chiqayotgani bunga qo‘shimcha qilinsa, yuqoridagi sakkiz futbolchi oldida ham oson bo‘lmagan yo‘llar borligini ko‘ramiz.

YARIM HIMOYA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:02, 28.09.2018. O'qildi: 16356 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 10
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Бетис Kucho Ernandes 8
6 Вильярреал Alberto Moleyro 7
7 Барселона Rafinya 7
8 Сельта Borxa Iglesias 7
9 Барселона Lamin Yamal 7
10 Атлетико Xulian Alvares 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.