Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Fiorentina
  • APL
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Levante
  • ECHL
      • 17.03.2026 22:45
      • Sporting
      • 5:0
      • Bude-Glimt
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ektor Kuper o‘z ishiga jiddiy yondashmoqda. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayni kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper murabbiyligidagi ikkinchi yig‘inini o‘tkazmoqda.

Yig‘in doirasida 13 oktyabr kuni KXDR, 16 oktyabrda Qatar termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. «Tribuna.uz» milliy jamoa mashg‘ulotlari va argentinalik mutaxassis faoliyatiga oid ba’zi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Futbolchilar tushga qadar trenajer zalida shug‘ullanishyapti. Maydondagi mashg‘ulotlar bir mahal – kechga yaqin 1,5 soat davom etmoqda, shundan so‘ng mehmonxonaga qaytib, yana 1,5 soat davomida basseynda tanani chiniqtirish amaliyotlari tashkil etilyapti.

Xususan, murabbiy ko‘rsatmasiga ko‘ra, futbolchilar har kuni avval 15 daqiqaga muzli vanna qabul qilib, so‘ng saunaga yo‘l olishmoqda. Shundan keyin normal haroratdagi basseynda tiklanish jarayoni olib borilyapti.

«Tribuna.uz» manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, shu maqsadda terma jamoa uchun har kuni 200 kg muz tayyorlash zarurati tug‘ilgan. Natijada ayni paytga kelib O‘FA suvni muz bo‘laklariga aylantiruvchi maxsus qurilmani ijaraga olishiga to‘g‘ri kelgan.

Muxbirimizning aniqlashicha, bosh murabbiy Ektor Kuperning talabiga ko‘ra, nafaqat o‘yinlardan oldin, balki keyin ham basseyndagi ana shunday uch bosqichli tiklanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Ya’ni terma jamoa a’zolari uchrashuvlardan so‘ng mehmonxonadagi nomerlariga emas, balki avval muzli vanna, sauna va jakuziga borishadi. Bu Yevropaning ko‘plab jamoalarida joriy etilgan jarayon bo‘lib, o‘yinchilarning jismonan tezroq tiklanishlariga yordam beradi. 

Murabbiylar shtabi O‘FA rasmiylaridan Osiyo kubogida ushbu jihatga alohida e’tibor qaratishni so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, BAAdagi musobaqa tashkilotchilari har bir ishtirokchi jamoaga kuniga 20 kg muz ajratilishini belgilab qo‘ygan va bu asosan jarohatlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan. Ammo, yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston delegasiyasiga muzli basseyn uchun bundan ancha ko‘proq muz kerak bo‘ladi. Shu boisdan terma jamoa mutasaddilari bu muammoni qo‘shimcha xarajatlar evaziga hal qilishni tashkilotchilar bilan kelishib olishgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston termasining o‘yinlaridan bir kun oldin va bevosita matchdan keyin mehmonxonalarning tegishli bo‘limlari oldindan kamida 1 soatga band qilib qo‘yiladi.

Kuper yig‘in davomida intizom masalasiga juda jiddiy e’tibor qaratmoqda. Argentinalik mutaxassis barcha ishlar shaxsan o‘zining nazoratida va qat’iy tartib bilan bo‘lishini talab qilyapti. O‘yinchilar u aytgan vaqtda uyquga ketishi va uyg‘onishi, hech qanday o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yilmasligini istamoqda. 62 yoshli mutaxassis nafaqat futbolchilarga, balki terma jamoa rahbariyati va federasiya mutasaddilariga nisbatan ham ancha talabchanlik bilan yondashmoqda.

Manbaning bildirishicha, 6 avgust kuni O‘zbekistonga kelgan Ektor Kuper shundan buyon hali oilasi bag‘riga qaytgani yo‘q. U Toshkentda uy bilan ta’minlangan. Faqat yig‘in vaqtlaridagina terma jamoa bilan mehmonxonada yashamoqda. Yig‘inlardan tashqari vaqtlarda Kuper Superliga o‘yinlarini doimiy ravishda kuzatmoqda. U bir necha marta viloyatlarga chiqib, chempionat uchrashuvlarini ko‘rib qaytgan.

Viloyatlarga safarlari vaqtida O‘zbekiston termasi ustoziga tarjimon va tahlilchi-yordamchisi Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf hamrohlik qilmoqda. 36 yoshli misrlik ushbu mutaxassis jamoada jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchi murabbiy sanaladi. Mahmud Fayoz Superliga o‘yinlari yozilgan disklar yordamida termaga nomzod futbolchilarning jismoniy faolligiga baho bermoqda, xususan, qaysi futbolchi qancha masofa yugurgani bo‘yicha Kuperga statistik hisobot berib turibdi. Murabbiylar o‘yinlar tahlili vaqtida muayyan vaziyatlarda (stop-kadrlar yordamida) nomzod futbolchining to‘psiz holatda tanlagan pozisiyasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Terma jamoaga yaqin manbaning ta’kidlashicha, ikkinchi yig‘inda ham maydondagi mashg‘ulotlar har kuni har xil tarzda tashkil etilmoqda. Bir kun qo‘llanilgan mashqlar majmui ertasiga aynan takrorlanmayapti. Darvozabonlar bu safar, birinchi yig‘indan farqli o‘laroq, diametri kichikroq to‘plar bilan ham shug‘ullana boshlashdi.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari, avval xabar qilinganidek, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti stadionida o‘tkazilyapti. Terma jamoa «City Palace» mehmonxonasida istiqomat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘liq tarkibda o‘tgan ilk mashg‘ulotlardan fotoreportaj taqdim etilgan, jarohatlar sabab tarkibda ro‘y bergan o‘zgarishlar ma’lum qilingan edi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 00:59, 11.10.2018. O'qildi: 13091 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.