Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superligada chempion yana «Loko», shekilli…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

20 oktyabr kuni milliy chempionatimizdagi asosiy masalaga ma’lum darajada oydinlik kiritildi.

Oddiy aytganda, turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Lokomotiv» eng yaqin ta’qibchisi - «Paxtakor» mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabaga erishdi va o‘rtadagi ochkolar farqini 6taga yetkazdi.

Ochiq-oshkora aytish kerak, bu finishga olti qadam qolgan vaqtda chempionatimizning yangi formati uchun ham katta tafovut. Axir «temiryo‘lchilar» ikkinchi bosqichda hali ochko yo‘qotishgani yo‘q.

Ha, bu ketishda «Lokomotiv» chempionlik unvonini o‘zida saqlab qoladi, chog‘i. To‘g‘ri, amaldagi chempionning bittagina omadsizligi Superligaga «intriga»ni qaytarishi mumkin. Demak, kuzatishda davom etamiz.

1-KUN: QUYI GURUH MASALASI

«So‘g‘diyona» - «Qo‘qon-1912» o‘yini turnir jadvali nuqtai nazaridan har ikki jamoa uchun o‘ta muhim edi. Buni yaxshi anglagan raqiblar maydonda qat’iy kurash olib borishdi. Mehmonlar 3-daqiqadayoq hisobni ochishga yaqin kelishdi: Suhrob Berdiyevning bosh bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi. Keyingi hujumda Iqbol Malikjonov zarbasiga aniqlik yetishmadi. Shu kuni stadionda yig‘ilgan 4 mingdan ko‘p muxlis tezkor gol ko‘rdi, baribir. 22-daqiqada Sernas Darvidas «Qo‘qon-1912» jarima maydonchasiga yorib kirib, «So‘g‘diyona»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng No‘’mon Hasanov shogirdlari hujumga zo‘r berishdi, bir qator vaziyatlar yaratishdi. Biroq ularga hisobni tenglashtirish nasib etmadi. Orada Darko Gojkovich urinishidan so‘ng mezbonlarni darvoza ustuni yana bir bora goldan qutqarib qoldi. Insof yuzasidan aytish joiz, Sergey Lushan jamoasi qarshi hujumda o‘tkirroq va xavfliroq ko‘rindi. Lekin litvalik legionerning tezkor goli yagonaligicha qoldi. Natijada «So‘g‘diyona»turnir jadvalida 1 pog‘ona yuqoriladi, «Qo‘qon-1912» aksincha, birdaniga yaqqol autsayderga aylandi-qo‘ydi...

«Nasaf» finish marrasi yaqinlashgani sari o‘zini o‘nglamoqda. FIFA kunlaridan oldin uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ygan Qarshi klubi bu safar AGMK maydonidan 3 ochko bilan qaytdi. Mehmonlar birinchi golni 31-daqiqada terma jamoa yig‘inida ishtirok etgan darvozabon Roman Abdulovning qo‘pol xatosidan so‘ng urishdi. Bu vaziyatda Bobur Abduxoliqov kiperdan to‘pni olib qo‘yib, joriy chempionatdagi 9-golini nishonladi. O‘yindagi ikkinchi gol 64-daqiqada kuzatildi: Vladislav Kasminin jarima maydoni ichiga intilgan Dilshod Saitovni qo‘pollik evaziga to‘xtatib qolgach, Xurshid Muxtorov «standart» zarbani mukammal bajardi - 0:2. Juda go‘zal gol. Shunday qilib, «Nasaf» quyi guruh turnir jadvalida aynan AGMKdan o‘zib ketib, to‘plar nisbatiga ko‘ra, peshqadam «Qizilqum»ni ham 2-qatorga surdi.

«Neftchi» o‘z maydonida «Qizilqum»ni ishonchli tarzda yengdi va autsayder maqomidan xalos bo‘ldi. Aslida o‘yin mezbonlar uchun ko‘ngilsiz boshlandi: 23-daqiqada Bobur Yo‘ldoshev jarima maydoni ichida to‘pga qo‘li bilan tegingach, bosh hakam penalti belgiladi va uni Nemanya Yovanovich aniq amalga oshirdi. Bahrom Haydarov shogirdlari tezda muvozanatni tiklashlari mumkin edi. Biroq birinchi penalti sababchisi Bobur Yo‘ldoshev 11 metrli jarima zarbasidan foydalanolmadi - «duel»da Evgeniy Cheremesin g‘olib. Farg‘onaliklar rossiyalik kiper darvozasini tanaffusga chiqish arafasidagina ishg‘ol qilishdi. Gol muallifi - Abdurahmon Abdulhaqov. Ikkinchi bo‘limda «Neftchi» vakillari faollikni ancha oshirishdi va Murod Bobojonov hamda Islom Karimov gollari evaziga 3:1 hisobida ustun kelishdi.

 

2-KUN: CHEMPIONLIK MASALASI

«Navbahor» nihoyat, ikkinchi raund hisobidan ilk g‘alabani rasmiylashtirdi. Namanganliklar o‘z maydonlarida hal qiluvchi dovonda faqat ochko ulashayotgan «Buxoro» darvozasiga 1ta gol urish asnosida yangi bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga debyut uchrashuvida g‘alaba tortiq etishdi. Alohida aytish kerak, o‘yin mezbonlar uchun ancha asabiy ruhda va qiyin kechdi. Zero, ular 4-3-3 taktik chizmasi asosida harakatlangan bo‘lsalar-da, anchagacha to‘pni darvozaga aniq yo‘llashda muammolarga duch kelishdi. Jumladan, Igor Golban va Ro‘zimboy Ahmedovning zarbalari noaniq chiqdi. Mezbonlar 44-daqiqadagina maqsadga erishishdi: Sherzod Karimov uzatmasidan so‘ng «Buxoro» darvozaboni Asilbek Omonov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Aziz Turg‘unboyevimkoniyat qadriga yetdi - 1:0. «Lochinlar» tanaffusdan keyin ustunlikni mustahkamlash payi-da bo‘lishdi. Deylik, hujumlardan birida Ro‘zimboy Ahmedov darvoza ustunini nishonga oldi, boshqa vaziyatda Oston O‘runov raqib golkiperi qarshisida yolg‘iz qolib, bundan samara chiqarolmadi. Muhimi, Kanchelskisning ishi omadli boshlandi va «Navbahor» o‘z ochkolari sonini 24taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Paxtakor» bilan tenglashib oldi. «Buxoro»ning mag‘lubiyatli seriyasi naq 6ta o‘yinga cho‘zilganini ham aytish joiz.      

«Metallurg» - «Bunyodkor» o‘yini taqdirini ham yagona gol hal qildi. Namangandagi bahsdan bitta farqli tomoni shuki, u birinchi bo‘lim oxirida emas, balki o‘yinning yakuniy pallasida urildi. Xullas, bekobodliklar Shahzod Shaymanovning 90}4-daqiqadagi aniq harakati evaziga ikkinchi bosqichdagi ilk g‘alabani tantana qilishdi. Tafsilotlarga to‘xtalsak, «qaldirg‘ochlar» hududiy ustunga ega bo‘lishdi, bekobodliklar esa asosan qarshi hujum taktikasini qo‘llashdi. Aytish joiz, Andrey Shipilovning bu rejasi ish berdi. Zero, «Metallurg» birinchi bo‘limdayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo Islom Isoqjonovning chap qanotdan uyushtirgan reydi va ajoyib zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin borishi ancha o‘zgardi. Ya’ni shamol yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishgan mezbonlar tashabbusni qo‘lga olishdi. Xususan, Zohid Abdullayevning maydonga tushishi hujumga qo‘shimcha zeb kiritdi. Yakunda Vladislav Seytlin asosiy vaqt-ga 6 daqiqa qo‘shib berdi va o‘yin 0:0 hisobida tugaydigandek ko‘ringan bir pallada Shahzod Shaymanov chiroyli zarba bilan 3 ochkoni «Metallurg» tomonga «yumalatdi».

6 ochkolik o‘yin - «Paxtakor» - «Lokomotiv» qarama-qarshiligiga bejiz shunday ta’rif berilmadi. Zero, natija chempionlik kurashi qanday davom etishiga katta ta’sir o‘tkazishi aniq edi. Uchrashuvni ko‘pchilik «Sport» telekanali orqali tomosha qilganiga shubha yo‘q. Shuning uchun vaziyatlarni birma-bir bayon etish shart emasdir. Faqat aytish kerak, shu kuni Andrey Fyodorov taktik jihatdan Shota Arveladzeni dog‘da qoldirdi. Chunonchi, «temiryo‘lchilar» aynan to‘g‘ri taktika va vaziyatlardan samara chiqirish evaziga g‘alaba qozonishdi. To‘g‘ri, bunda «Loko»ga Anzur Ismoilovning birinchi bo‘lim oxirida bosh bilan urgan goli qo‘l kelgani aniq. Har holda, «Paxtakor» ikkinchi bo‘limda xohlasa-xohlamasa, hujumga ko‘proq e’tibor qaratishga majbur edi. «Loko»futbolchilari bu holatdan 2 marta foydalanishdi. Avvaliga Marat Bikmayev jarima zarbasidan unumli foydalandi. Keyin Farrux Sayfiyev hisobni qisqartirib, o‘yinga «intriga»ni qaytardi - 1:2. 81-daqiqada esa Sardor Mirzayev shedevr gol urib, «Loko»ni raqibning so‘nggi «nafas» hamlasidan qutqarib qoldi - 1:3.

Faktlar: «Lokomotiv»ning mag‘lubiyatsiz  seriyasi 13ta o‘yinga yetdi, «Paxtakor»ning shunday odimi 7-uchrashuvda uzildi.

 

TUR QAHRAMONI - SARDOR MIRZAYEV 

Aslida butun «Lokomotiv»ni qahramon sifatida ta’riflash kerak edi. Chunki Andrey Fyodorov shogird-lari asosiy o‘yinda faol, muhimi, tartibli harakatlanib, yaqin ta’qibchilaridan yanada uzoqlashishdi. Ehtimolki, jamoa «Paxtakor» maydonidagi g‘alaba bilan chempionlik marrasiga eng katta qadamni tashlagandir. Ammo biz Sardor Mirzayevning supergolidan ko‘z yumolmadik va aynan qahramonlik maqomini uning o‘ziga berishni ma’qul ko‘rdik. Birinchidan, uning zarbasi markaziy o‘yinga qo‘shimcha chiroy bag‘ishladi. Ikkinchidan, Mirzayev eng tig‘iz pallada jamodoshlarini so‘nggi daqiqalar «talvasa»sidan qutqardi. Agarda u hisobdagi farqli oshirmaganida, «sherlar»ning oxirgi 10 daqiqada haqiqiy sherdek oldinga tashlanishlari tayin edi. Qisqasi, Sardornafaqat shedevr gol muallifiga aylandi, balki «sherlar» ishtiyoqini so‘ndirdi. Kim biladi, yarim himoyachi balki chempionlik «intriga»sini ham yo‘qqa chiqargandir...

TUR IQTIBOSLARI

- Raqibning to‘pga ko‘proq egalik qilib, hujumkor futbolga tayanishini kutgandik. Shu bois, himoyaga e’tibor qaratib, qarshi hujum taktikasini qo‘lladik. Asosiysi, o‘yin uchun tuzgan rejamiz ish berdi. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf» bosh murabbiyi).

- Tan olaman, raqib jamoa har jabhada ustun ko‘rindi - tarkib, taktika va shijoat bobida. Xullas, mehmonlar bizga nisbatan faolroq harakatlanishdi. Baxtiyor Ashurmatov (AGMK bosh murabbiyi).

- Shogirdlarim ancha dadil harakatlanishdi. Omad ham jamoamiz tarafida bo‘ldi. Mana, ketma-ket 2ta uy uchrashuvida 3tadan gol urish uddasidan chiqdik. Muhimi, hujumchilarimiz ham sekin-asta gol ura boshlashdi. Bahrom Haydarov («Neftchi» bosh murabbiyi).

- Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng ancha qiyin vaziyatga tushib qoldik. Endi shu murakkab holatdan qanday chiqib ketish haqida yaxshilab bosh qotirishimiz lozim. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi). 

- Asosiysi, chakki o‘ynamadik. Faqat ko‘plab qulay vaziyatlardan gol urolmaganimiz yoqmadi. Sergey Lushan («So‘g‘diyona» bosh murabbiyi).

- Bitta xato oqibatida to‘p o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradik. O‘sha vaziyatni yaxshi ko‘rolmadim, lekin gol bahsli holatda urilgandek tuyuldi. Ulug‘bek Baqoyev («Buxoro» bosh murabbiyi).

- Futbolchilarning oldingi xizmatlariga qaramayman va ularning hech biri bilan qalin munosabatda emasman. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Andrey Kanchelskis («Navbahor» bosh murabbiyi).

- Kubok turnirida 0:4 hisobida yengilganimiz rosa alam qilgandi. Bugun o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh oldik. Anzur Ismoilov(«Lokomotiv» himoyachisi).

- Mag‘lubiyatni ham tan olish lozim. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinda hammasini o‘zgartirib yuborish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo foydalanolmadik. Shota Arveladze («Paxtakor» bosh murabbiyi)
TUR STATISTIKASI

O‘yin: 6

Gol: 13 (o‘rtacha: 2,16...)

Tomoshabin: 36039 (o‘rtacha: 6006...)

Mezbonlar g‘alabasi: 4

Mehmonlar g‘alabasi: 2

Durang: -

Yirik hisobli g‘alaba: -  

Eng sermahsul o‘yinlar: «Neftchi» - «Qizilqum», «Paxtakor» - «Lokomotiv» (4tadan gol)

Ogohlantirish: 28 (o‘rtacha: 4,66...)

Chetlatish: -

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Metallurg» - «Bunyodkor» (7ta «sariq»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Paxtakor» - «Lokomotiv» (11300)

Penalti: 2(1tasi samarasiz)

«Dubl»: - 

«Xet-trik»: - 

Avtogol: -

Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») - 14ta (9ta - pen.)

Javlon Ibrohimov («Bunyodkor») - 11ta (2ta - pen.)

Tiago Bezerra («Paxtakor») - 10ta

Marat Bikmayev («Lokomotiv») - 10ta (3ta - pen.)

Bobur Abduxoliqov («Nasaf») - 9ta

Yovan Jokich (AGMK) - 9ta (7ta - pen.)...

Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912») - 8ta (8ta - pen.)

Elguja Grigalashvili («Qizilqum») - 7ta

Zohid Abdullayev («Metallurg») - 7ta...

JamoaO‘O
1 Paxtakor 22 47
2 Lokomotiv 22 40
3 Bunyodkor 22 40
4 Navbahor 22 37
5 Metallurg 22 33
6 Buxoro 22 32
7 Qo‘qon-1912 22 28
8 AGMK 22 26
9 Nasaf 22 26
10 Qizilqum 22 23
11 So‘g‘diyona 22 17
12 Neftchi 22 15

27-tur

23 oktyabr (seshanba)

18:00  «Nasaf» - «So‘g‘diyona»

18:00  «Qizilqum» - AGMK

18:00  «Lokomotiv» - «Navbahor»

24 oktyabr (chorshanba)

18:00  «Buxoro» - «Metallurg»

18:00  «Bunyodkor» - «Paxtakor»

18:00  «Qo‘qon-1912» - «Neftchi»

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:32, 23.10.2018. O'qildi: 3761 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.