Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 31 70
3 Vilyarreal 30 58
4 Atletiko 31 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 31 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Jirona 31 38
13 Rayo Valyekano 30 35
14 Valensiya 31 35
15 Sevilya 31 34
16 Alaves 31 33
17 Elche 31 32
18 Malyorka 30 31
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

31-тур Real Madrid 1-1 Jirona
31-тур Real Sosyedad 3-3 Alaves
31-тур Elche 1-0 Valensiya
31-тур Barselona 4-1 Espanyol
31-тур Sevilya 2-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

12/04/26 Osasuna - Betis
12/04/26 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04/26 Selta - Real Ovyedo
13/04/26 Atletik Bilbao - Vilyarreal
14/04/26 Levante - Xetafe

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bahodir Nasimov: “Hujumchining ishi gol urish, zaxirada o‘tirish emas”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Bundan avval Ozarbayjonning "Neftchi", Eronning "Padidex", Toshkentning "Bunyodkor", Janubiy Koreyaning "Ansan Grinners", Buxoroning "Buxoro" jamoalarida faoliyat olib borgan Bahodir nasimov ayni damda Ozarbayjonning "Keshlya" klubida to‘p tepmoqda. Biz Nasimov bilan bog‘lanib faoliyati borasida suhbatlashdik.

-          “Keshlya” klubi hozirgi kunda qanday natijalar qayd etmoqda?

-          Hozirgi paytda “Keshlya” jamoasi yaxshi natijalar qayd etmayapti. Sababi, hozirgi kunga qadar 7ta tur uchrashuvlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shulardan 4tasida mag‘lub bo‘ldik, 2ta bahsda durang natija qayd etdik va 1ta o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdik. Men uchun bu juda ham yomon natija. Men g‘alaba qozonishni yoqtiraman.

-          Klub oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

-          Chempionat avvalida rahbariyat tomonidan kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgan edi. Lekin, oldimizga vazifa qo‘yilgan bo‘lsa ham chempionat bahslarida yomon natija qayd etib kelyapmiz. Ozarbayjon chempionati kelasi yilning may oyining oxirida yakuniga yetadi. Ungacha oldimizda ko‘plab uchrashuvlar bor. Oldimizda turgan o‘yinlarda ko‘proq g‘alaba qozonib ochkolarimizni ko‘paytirib olishga harakat qilamiz. Chempionat so‘ngida nechanchi o‘rinni eganlaganimizni bilib olamiz.

-          Bilamizki oldin ham Ozarbayjon klubida faoliyat olib borgansiz. Avvalgi chempionat bilan hozirgi chempionat saviyasi qay darajada?

-          Bundan avval Ozarbayjon chempionatining saviyasi ancha yaxshi edi. Bakuning “Neftchi” jamoasida faoliyat olib borgan kezlarim to‘rt, besh nafar jamoalar chempionlik uchun kurash olib borardi. Hozir esa birgina “Qorabog‘” jamoasi o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan. Ushbu jamoa Yevropa ligasi va chempionlar ligasida ishtirok etgan. Ushbu jamoa bilan raqobatlashaoladigan jamoa topilmayapti. Shuning uchun ham to‘rt yoki besh yildan buyon “Qorabog‘” chempionlikni qo‘lga kiritmoqda.

-          Avval Bakuning "Neftchi" jamoasida to‘purar bo‘lgansiz. Keshlya jamoasida bunday natijani takrorlashga nima to‘sqinlik qilmoqda?

-          To‘g‘ri aytdingiz, Bakuning “Neftchi” jamoasida to‘purar bo‘lganman. “Neftchi” jamoasida safida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonda 90 daqiqa harakat qilardim. Shuning uchun ham to‘purar bo‘lganman. “Keshlya” jamoasida esa vaziyat umuman boshqacha. Xohlasa maydonga tushiradi xohlamasa tushirmaydi. Zaxirada ko‘proq qolib ketayotganligim sababli gol ura olmayapman. To‘purar bo‘lishimga mana shu narsa to‘sqinlik qilmoqda.

-          Klub safida juda ham kam maydonga tushayapsiz. Bunga sabab nima?

-          To‘g‘risini aytsam, buning sabanini o‘zim ham bilmayman. Bilganimda sizga aytgan bo‘lardim. Eng alam qilayotgani, mening pozisiyamda o‘ynayotgan futbochlilar mendan kuchli bo‘lmasa ham ularni maydonga tushirmoqda. Men “Keshlya” jamoasidagi hujumchilarning birortasidan ham kuchsiz emasman. Balkim kuchlidirman, lekin ulardan kuchsiz emasman. Bosh murabbiy mening o‘yinimni yoqtirmaydi. Shunga o‘zim ham tushunmayapman.

-          Jamoada sizdan boshqa legiongerlar ham bor ekan. Ularning saviyasi qay darajada?

-          Jamoada jami 11 nafar legionernlar bor. Ularni yomon deya olmayman. Ulardan 6 nafari yaxshi jamoada faoliyat olib borgan. Legionerlarning barchasini zo‘r deya olmayman.

-          Legionerlarga qanday munosabatda bo‘lishadi?

-          Qaysi klubda bo‘lishingizdan qat’iy nazar legionerlar mahalliy futbolchilardan ikki, uch bosh baland bo‘lishi kerak. Jamoadagi murabbiylar shtabi legionerlardan shuni talab qiladi. Mahalliy futbolchilarga qaraganda ko‘proq ter to‘kish kerakligini ta’kidlashadi.

-          Sizlardan ko‘proq narsa talab qilishadimi?

-          Misol uchun mendan ko‘proq gol urishimni talab qiladi. Gol urish uchun ham maydonga tushib o‘ynash kerak. Maydonga tushmasangiz qanday gol urishingiz mumkin? Hujumchining ishi raqib jamoa darvozasini ishg‘ol qilish, zaxirada o‘tirish emas.  

-          Bilamizki siz Janubiy Koreyaning Ansan Grinners klubida ham faoliyat olib borgansiz. Ushbu klubdan ketishingizga sabab nima bo‘ldi? Boisi Koreyada muntazam ravishda maydonga tushib gollar urayotgan edingiz?

-          To‘g‘ri, Janubiy Koreya chempionatida muntazam ravishda maydonga tushardim. Lekin u yerda o‘z pozisiyamda o‘ynamasdim. O‘ng qanot yarim himoya chizig‘ida harakat qilardim. Oxirgi paytlarda ushbu pozisiyada uncha yaxshi o‘ynay olmadim. Meni hujum chizig‘iga qo‘y, deb murabbiyga aytardim. U bo‘lsa meni hujumga qo‘ymasdi. Keyinchalik jamoa bilan kelishgan holda O‘zbekistonga qaytib keldim.

-          O‘zbekiston chempionatida yana faoliyat yuritishni istaysizmi?

-          “Keshlya” jamoasi bilan may oyiga qadar shartnoma imzolaganman. Dekabrda bu yerda birinchi davra yakuniga yetadi. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasam, jamoa bilan kelishgan holda shartnomamni bekor qilaman va O‘zbekistonga qaytishim mumkin. Taklif bo‘lsa vatanimga qaytaman. Hozircha sabr qilib turishim kerak. Barchasi dekabrda hal bo‘lishi mumkin.

-          Ozarbayjon chempionatida legionerlar limiti qanday?

-          Bir vaqtning o‘zida olti nafar legioner maydonda harakat qilishi mumkin. Besh nafari esa mahalliy futbolchilar bo‘lishi shart.

-          O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlari haqida nima deya olasiz? Ektor Kuper bizni Jahon chempionatiga olib chiqa oladimi? Kuper biz kutgan murabbiymi?

-          Boshida ko‘pchilik terma jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti, himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda deya Ektor Kuperni tanqid qilayotgan edi. Hech qachon barchasi darrov birdaniga sodir bo‘lmaydi. So‘ngi ikkita Qatar va Shimoliy Koreya terma jamoalariga qarshi uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Barcha chiziqlarda futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Eng asosiysi himoyadan o‘tkazib yubormasak hujumda gol urishimiz mumkin. Misol uchun, Eron terma jamoasi shunday o‘yin ko‘rsatib har yili Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Osiyo chempionatlarida ham munosib qatnashmoqda. Ektor Kuper o‘z ishini yaxshi biladigan mutaxassis. Ushbu murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqadi, deb o‘ylayman. Eng avvalo Osiyo chempionatida yaxshi natija qayd etadi, deb o‘ylayman.   

 

Abdulloh suhbatlashdi

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:08, 24.10.2018. O'qildi: 1824 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 15
4 Осасуна Ante Budimir 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Барселона Rafinya 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик