Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
      • 23.11.2024 15:00
      • Olimpik
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.11.2024 17:15
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
  • La-liga
      • 23.11.2024 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valyadolid
      • 23.11.2024 18:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Betis
      • 23.11.2024 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 23.11.2024 22:30
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.11.2024 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 23.11.2024 17:30
      • Lester
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.11.2024 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Brayton
      • 23.11.2024 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.11.2024 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 23.11.2024 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 23.11.2024 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.11.2024 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 23.11.2024 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 25 44
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 25 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2164 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.11.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Всё о главном". Николай Гонтарь.
      18:40 Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый.
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.11.2024

      05:15 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа.
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
      11:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы. Прямая трансляция.
      13:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      19:10 Лыжные гонки. ФосАгро Гонка Звёзд в Кировске, Россия.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
      22:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт.
      23:15 "Кто кого?".
      23:45 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      02:00 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:25 "Тайны звёзд спорта".
      03:50 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 "География спорта". Калуга.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      13:15 "Небесная грация".
      13:35 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Fonbet Кубок Дружбы в Москве. Россия - Тунис. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 "Центральный круг".
      03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Мужчины.
      11:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:40 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец. Прямая трансляция.
      13:05 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      14:55 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      15:50 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа. Прямая трансляция.
      19:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      20:00 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. Прямая трансляция.
      21:45 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа.
      22:55 "Минута".
      23:00 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023.
      00:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.
      01:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      02:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа.
      02:55 "Минута".
      03:00 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yana o‘sha dasturxonmi?

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Olimxo‘ja Bo‘ronov. Otaxon, mehmonlar hayallab qolishdi. Suhbatni boshlab turaylik. Boshqalarni “chaynashdan” oldin bir-birimizni “chaynab” turaylik. Siz har gal jurnalistikamizni tanqid qilib kelasiz. Mayli, ishda nuqsonlar bo‘ladi. Lekin oldingi safar shaxsiyatga tegib ketmadingizmi? Xayrulla Xoliqovning oilasi, farzandlari, yaqinlari bor demaysiz?

Hasanali Qodirov. Futbolimizda Odil Ahmedov, Vadim Abramov kabi shaxslar kam. Shaxsning ahamiyati futbolda katta. Futbolda shaxs bo‘lish o‘ta muhim.

O.B. Kechirasiz, gapingizni bo‘ldim. Qiziq gaplar aytmoqdasiz. Fikringiz bo‘yicha shaxs bo‘lmagan odamlar ham bo‘ladimi?

H.Q. Bo‘ladi. Shaxslar o‘yinda vaziyat, hayotda voqelik yaratishadi. Qolganlar jarayonda qatnashuvchi, ishtirokchi bo‘lishadi. Yaxshi yo yomon qatnashish boshqa masala. Oddiy futbolchi va atoqli odamlardan misol keltirib ko‘raman. Masalan, Quvondiq Ro‘ziyev shaxs bo‘lib shakllanib qoldi. Boshqa misol, Ravshan Haydarov va Ivan Nagayev futbolda shaxs bo‘la olishmagan. Ular hayotda ham, ishda ham voqelik yarata olishmaydi, balki bajaruvchi, unda ishtirok etuvchi bo‘lib yurishibdi.

Atoqli odamlar haqida gapirsak, maydalashib o‘tirmaylik. Masalan, Reygan kino san’atida ham, siyosiy hayotda ham shaxs bo‘lgan edi. Katta yo kichik bo‘lganligi boshqa masala. Tramp shaxs emas. U foydaxo‘r, pragmatik ishbilarmonligicha qolib ketgan. U ma’lum vaziyat yarata olgani yo‘q. Har gal har maqomga yo‘rg‘alab yuribdi. Apparatdagilar aytgan so‘zini, qilgan ishlarini tuzatib ulgurmay qolishmoqda. U davlatni ilmiy mushohada bilan emas, unda ilmiy idrok qaydan paydo bo‘lsin, maishiy mushohada bilan boshqarmoqda. Ruslar bu iborani “kuxonnoYE, obidennoye soznaniye” deb aytishadi. Boshqa misol. Mirabror Usmonov o‘zbek futbolida shaxs bo‘lib tarixda qoldi. U o‘z davrida, o‘z muhitida voqelikni yarata oldi. Ijrochi bo‘lmadi. Umid Ahmadjonov hozircha shaxs emas. Davlat arbobi darajasidagi boshqa bir odam islohotlarni yo‘lga qo‘yib, futbol voqeligida davr yaratmoqda. Umid ijrochi bo‘lmoqda. U o‘z “rolini” gohida yaxshi, gohida yomon ijro etyapti. Uni tuzatib kelishmoqda. U tizimda yakka hokimlikni o‘rnatgan. Istasa, formatni o‘zgartiraman deydi, ishtirokchilar sonini oshirmoqchi bo‘ladi, istamasa yo‘q. Ijroqo‘m a’zolari qo‘g‘irchoq. Ular hech narsani hal qilishmaydi. Nima uchun shunday bo‘lmoqda? Chunki uning o‘zi ma’lum bir shaxsning, qaysidir yakka hokimning izmida ish bajaruvchi bo‘lib yuribdi, manimcha.

Bugun futbolimiz o‘z boshidan kechiryapgan islohotlar davrida har bir jabhada, maydon ichidayam, maydon tashidayam shaxslar kerak. Mustaqil fikrlovchi shaxslar kerak. Siz aytgan Shaxsiyat so‘zi boshqa narsa. Shaxs so‘ziga qancha qasidalar o‘qisam, shuncha oz. Siz Shaxsiyat deganingizda Oriyat, Hamiyat so‘ziga yaqin ma’noda gapirgandirsiz. Men jamiyatda, avvalo futbolimizda, jurnalistikamizda mavjud bo‘lgan nuqsonli muammolarni yoritaman. Ba’zida bo‘rttiraman. Ammo, yorug‘lantirmayman. Nuqsonlar yorug‘lik emas. Jamiyatdagi nuqsonlar qay bir insonning so‘zi, ishi orqali namoyon bo‘ladi, dersiz. Baribir, gaplarim jamiyatga qaratilgan, insonga emas.. Boshqa gap bor. Sizu biz o‘tib ketamiz. Ilohim yoshimizni yashab o‘taylik. Rahmatullayev, Tazetdinov, Rahimov kabi murabbiylar fojeali o‘lim topishdi. Futbolda aytayotgan qo‘shiqlari og‘zida qolib dunyodan o‘tib ketishdi. O‘tganlarni O‘zi rahmatiga olgan bo‘lsin. Hammamiz o‘tamiz, Futbol qoladi. Har birimiz futbolimiz sha’nini, yurt sha’nini o‘ylamasdan, avvalo o‘z sha’nimizni o‘ylasak, nima bo‘ladi? Dard bo‘ladi.

O.B. Siz haqingizda “Avval boshini silaydi, so‘ngra ketiga tepadi”, deb aytishganini bilasizmi?

H.Q. Eshitganim bor. Jonlantirib, ko‘pirtirib aytilgan hazilomuz o‘xshatma deb qabul qilaman. Xoliqovning “boshini silaganim” yo‘q. Bor gapni e’tirof etdim. “F.E.”da haqiqatan ikki kishidan boshqa muallifning o‘z so‘zi, o‘z yuzi, o‘z yo‘nalishi yo‘q edi. Endi uch kishi bo‘lishdi. Yaqinda Xoliqov yozgan maqolasi tufayli, bir futbolchining hayoti bilan, futbolimizdagi oddiy bir taqdir bilan, Temur Hakimov bilan yaqindan tanishib chiqdim. Bizning “Chempion”da hech unutib bo‘lmas davrni boshimdan o‘tkazganman. Qariya bo‘lsam-da, Roje Millaga o‘xshab besh daqiqaga matbuot maydoniga tushardim. Har bir jurnalistning har bir maqolasi alohida o‘qilar edi. O‘z maqolasi bilan qatnashgan har bir muallif o‘z so‘ziga, o‘z qalamiga ega edi. Bobur Akmalov, yo Muhrim deysizmi, Qahramonni aytmayman, Ikrom deysizmi, har birining yozgan maqolasi alohida voqea bo‘lar edi. Shirinovning statistikalarini aytmaysizmi? Bir davr bo‘ldi. O‘tdi davron, o‘tdi karvon.

O.B. Esingizda qolgani qaysi maqola bo‘lgan edi?

H.Q. Har bir maqola esimda. Bugungi kunda eslashga arziydigan bir maqolani keltiraman. Yevropada bo‘lib o‘tgan bir shov-shuvli voqeaga, Bosman ishiga tovushdosh qilib, “Ro‘zman ishi” deb sarlavha qo‘ygan edik o‘sha maqolaga. Hozir bunday masalani hech kim ko‘tarib chiqmaydi. Bugungi kunda hech kim jurnalistik tekshiruv olib bormaydi. “Chempion” yo‘q deysizmi. Bor bo‘lganida uni yoptirib tashlashardi. O‘sha odamlar, o‘sha jurnalistlar tirik deysizmi? Ular zamona zayli bilan o‘zgarib ketishgan. Tekshiruvlar olib borgan muallif qing‘ir ishlarni fosh qilgan edi. Bugungi kunda bundan besh battari bo‘layotgan bo‘lsada hamma jim. O‘shanda nima bo‘lgan edi? “Paxtakor” rahbari Ro‘zimboy Ahmedov transferi narxining yarmisini to‘lab, uni bir yil o‘ynatadi. Qolgan yarmisini umuman bermaslik uchun nayrang ishlatadi. O‘FF ustavi bo‘yicha to‘lov o‘tkaza olmagan “Paxtakor” Ahmedovni “Xorazm”ga qaytarib yuboradi. Babayan ssenariysi bo‘yicha ish tutgan Ro‘zimboy Ahmedov, o‘yinini o‘stirgan o‘zini butun O‘zbekistonga tanitgan “Xorazm” klubiga nisbatan sotqinlik qiladi. Klubdan ma’muriyat to‘lay olmaydigan astronomik katta summani yangi shartnomaga yozib qo‘yishni talab qiladi. Bunday shartnoma imzolanmagach, Ro‘zimboy Ahmedov erkin agentga aylanib “Paxtakor”ga qaytib keladi. O‘z klubiga nisbatan qilingan bunday sotqinlik tufayli Ro‘zimboy Ahmedovning futboldagi taqdiri o‘xshamay qolgandir, balkim. Balkim ustoz shogirdini duoibad qilgandir. Lekin gap uning taqdiri haqida emas. Bo‘lgan ish bo‘lib o‘tdi-ketdi.

“Ro‘zman ishi”ni yozish uchun tekshiruvlar olib borgan, keyin qabohatni fosh qiluvchi maqola yozgan o‘sha jurnalist qani? Bu yil “Paxtakor” “Nasaf”ni butunlay yechintirib tashladi. “Nasaf”dan olib kelgan o‘yinchilari uchun bir chaqa ham pul bermadi. “Nasaf”ni sindirdi. Nega hamma jim? Nega “Nasaf”ning sport direktori ishdan olindi? Nega “Paxtakor” kirdikorlarini fosh etib hech kim jurnalistik tekshiruv olib bora olmaydi? Oshkoralik faqat Ahmadjonovga yarashadimi? Futboldagi korrupsiya haqida gapirish faqat unga ruhsat etilganmi? O‘sha “Ro‘zman” muallifi kim edi? Bobomurod Abdulla edi. U hozir bor. O‘sha to‘g‘ri so‘z futbol jurnalisti yo‘q. Sohani almashtirgan, shekilli.

Jalolov “Quruvchi”ning rahbari bo‘lganida “Paxtakor”ning barcha asosiy o‘yinchilarini olib kelgan edi. Lekin u katta pul to‘lagan edi. Natijada asosiy o‘yinchilaridan ajralgan “Paxtakor” tezda tiklanib “Quruvchi”ga asosiy raqib bo‘la oladigan yagona klubga aylana olgan edi. Nega “Nasaf”ga transfer uchun aka-ukalar bir chaqa ham bermadilar?

O.B. Hamma o‘yinchilar erkin agent bo‘lib “Paxtakor”ga o‘tishgandir.

H.Q. Balli, xuddi mana shu yerda javobning lo‘ndasini aytdingiz. Birgina “dir” degan gumon qo‘shimchasi barcha savollarimga javob bo‘lmoqda. E’tibor bering, balkim, undaydir, bundaydir”, deb jurnalist aytmoqda. Nega bo‘lgan voqeani biror bir jurnalist tekshiruv o‘tkazib, atroflicha o‘rganib chiqmadi. Bu ikki klubning moliyaviy ishlarini yoritmadi. Bunga “aka-uka”larning bahilligi sabab bo‘lganmidi, yoki katta jinoiy ishlar sodir bo‘lganmidi, bilmaymiz. Bir misol keltiraman. Bultur Kumikov OTMKdan asosiy tarkibidan ikkita o‘yinchisini, Shavkat Mullajonov va Islom Imomovni transfer vaqti kelishini kutib o‘tirmasdan haydab yubordi? Nega ushbu futbolchilarning poymol etilgan xuquqlarini himoya qilayin deb biror bir jurnalist tekshiruv olib bormadi, voqeani atroflicha yoritmadi? Muammoni ochmadi? Nega?

Menga uzunquloq gaplar yetib keldi. Emishki, ikkalasi o‘yinni raqibga sotishganu, shuning uchun haydalishgan emish. Shuning uchun shikoyat qilib o‘tirmasdan jimgina klubdan ketishgan emish. Mish-mishlar vishillab kimsani ahlatga qorib tashlasa-da, jurnalistlar jim yurishdi. Bu bilan hech kimning ishi bo‘lmadi. Ertalabdan kechgacha tele, radio, saytlarning elektron to‘lqinlarida to‘lqinlanib “Arsenal” yo “Real” muammolarini titkilab chiqishimiz mumkin. Masalan bugun Futbol-TVda Davron Fayziyev bilan Otabek Jo‘rayev bir biriga va bizga Yevrofutbol haqidagi bilimlarini ko‘z-ko‘z qilishdi. O‘z futbolimiz bilan ishimiz yo‘q. Ishqibozlarni shunga o‘rgatib qo‘yganmiz. Tag‘in stadionlarimizga ishqibozlar kelmayapti deb til uchida shikoyat ham qilib qo‘yamiz.

O‘xshatib gapirsam, futbolimiz uyi bilan, sopol tovog‘u, yuvg‘on sho‘rvamiz bilan, yon qo‘shnimiz yer ostidagi yo‘lakda tilamchilik qilishi bilan ishimiz yo‘g‘u, uzoqdagi mahallada yashaydigan boydan-boy, hirsdan to‘q falonchining mingan moshinalarini sanab chiqamiz, to‘y dasturxoniga ta’rif beramiz. Biz shundaymiz. Bizni jurnalistlarimiz shunga o‘rgatib qo‘yishgan.

O.B. Butun dunyo odamlari Yevrofutbol bilan qiziqadi.

H.Q. O‘z futbolining targ‘ibotini, obro‘-e’tiborini yerga urish evaziga, o‘z futboliga orqa o‘girish evaziga emas. Yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan kubok final jangini Farg‘onaga surib tashlab, o‘zimiz o‘sha damda “Milliy” stadionga yig‘ilib olib Yevropadan eksport qilingan futbol qoqisiga, turshagiga tikilib, shouda shovullashimiz, safolanishimiz kerak emish. Bu rahbariyat tomonidan futbolimizning xo‘rlanishi bo‘lmadimi? O‘zimizni, o‘z halol nonimizni, o‘z hayotimizni o‘zimiz bilmasak, qadrlamasak, soflamasak, saflamasak bizni ishqiboz qadrlaydimi?

O.B. Hasanali-ota, badiyatni, so‘zni hurmat qilasiz, yaxshi gap. Sport jurnalistikasida badiiy so‘zdan ko‘ra, so‘z o‘yinidan ko‘ra qisqa, lo‘nda ma’lumotga boy so‘z yaxshi emasmi?

H.Q. Badiiy so‘zning ta’sir kuchi ortadi. Man professioal jurnalistlardan yangi ma’lumot taratishda ortda qolaman. Saytga kirishni o‘rgana olmayotibman. Bor ma’lumotim bilan ko‘proq mushohada yuritishga harakat qilaman. Soflanish, saflanish so‘zlarni yonma-yon keltirib, gapga tovush ritmi bilan ma’no ta’sirini oshirmoqchi bo‘ldim. Faqat oltinda emas, hayotning barcha sohalarida soflik juda muhim narsa. Saflanish, chog‘lanish sportda eng birlamchi narsa emasmi? Soflik haqida qancha gapirsak shuncha oz. Ish sofligi, so‘z sofligi, niyat sofligi haqida bir voqea misolida gaplashaylik. Maydon ichida tez-tez nostandart vaziyatlar sodir bo‘lib turadi. Shunda qorishmalarsiz sof mahorat o‘zini ko‘rsatadi. Maydon tashida ham gohida nostandart vaziyatlar sodir bo‘ladi. Shunda ishning, so‘zning, niyatning sofligi sinovdan o‘tadi.

Nostandart vaziyat tag‘in Ro‘zimboy Ahmedov nomi bilan bog‘liq bo‘ldi. Komandadan haydalgan Ro‘zimboy telefonda bir kimsa bilan gaplashar ekan, “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov haqida juda ko‘p achchiq gaplarni gapirib tashlagan. O‘sha kimsa Ro‘zimboy aytgan gaplarini eshitib turib, suhbatni yozib olgan ekanki, keyin ushbu gaplarini ijtimoiy tarmoq orqali barchaga yetkazgan. Uni mandan boshqa hamma o‘qib chiqqan bo‘lsa kerak. Aslida u yozuv emas, ovoz ekan. Bu nostandart vaziyat hamma uchun sinov bo‘ldi.

Bir voqeani esimda saqlab kelmoqdaman. “Chempion”gurkiragan payti edi. Xoliqov taxririyatga kelgan ekan. Uni birinchi marta ko‘rgan edim. U oyna oldida turgani holda menga nima uchundir o‘z fikrini bildirgan edi. “Siz hech narsani bilmaysiz. Hamma narsani qizil rangda ko‘rasiz. Bilganingizda yosh bolaga o‘xshab ko‘tarinki ruxda qizishib, kuyunib maqola yozib yurmagan bo‘lardingiz”, degan ma’noda manga, yozishlarimga o‘z bahosini bergan edi. To‘g‘ri, hech qaysi klub hayoti bilan tanish emasman. Masalan, kecha “F.E.”da o‘qib chiqqanim Temur Hakimovning futboldagi hayoti men uchun yangilik bo‘ldi. Jurnalist haqparvar, haqiqatparast bo‘lishi kerak emasmi? Jurnalist bilib turib, haqiqiy ahvolni yoritmasdan jim yurishi mumkinmi?

Mayli, kimdir jim tursin. Boshqalar-chi? Endi Ro‘zimboy Ahmedovning klub hayoti haqidagi shaxsiy fikri ommaning qulog‘iga tasodifan yetib borganidan keyin kechikib bo‘lsa-da, jurnalistlar voqelikni tahlil qilib haqiqatni yoritisharmikan? Bunday bo‘lmadi. Ular nima qilishdi? Ular bir ovozdan Ahmedovni qoralab chiqishdi. “Ahmedov aytganlari uchun javob berishi kerak. Murabbiy sha’niga tegadigan gaplari ko‘p. Shuning o‘ziga uni sudga berish mumkin” deb PFL amaldori yozdi. Ahmedovning gaplari arzon gaplardan boshqasiga yaramaydi deb, aytilgan gapga isbot talab qilinsa, qonun oldida izza bo‘lib qolishi mumkin, deb Abdulhafiz yozdi. Chunki “hujjatlar gapirishini inobatga oladigan bo‘lsak, klublarda bu tomondan hammasi toza chiqadi”, deb ushbu muallif qo‘shib qo‘ydi.

Bu voqealardan keyin “O‘FA xavfsizlik boshqarmasi Ro‘zimboy Ahmedov bilan, albatta ko‘rishadi... Mo‘minjonovning aslida qanday faoliyat olib borayotgani yuzasidan tekshiruv bo‘ladi”, degan so‘zlari bilan O‘FA amaldori mazkur tashkilot noiloj qolganini, endi tekshiruv o‘tkazishga majburligini tan oldi. Amaldor bekorga tashvish tortgan ekan. Nostandart vaziyat oddiy yechim topdi. Ahmadjonov o‘z “haqoratlari” uchun sudga tortilmadi. Mo‘minjonov faoliyatini hech kim tekshirmadi. Shildir sho‘rva joniga tegib, “go‘sht”ni iste’mol qilgan omma bu voqeani unutib yubordi. Chunki tomonlar kelishib ketishgan edi. Futbolimizda ildiz otib ketgan korrupsiyaga qarshi kurashga “bel bog‘lagan” Rahbar bu voqeaga o‘z munosabatini bildirmadi. Kasbi bo‘yicha haqiqatni oshkor qilish muqaddas burchi bo‘lgan jurnalistlarimiz sof niyatli, sof vijdonli odamlarmi?

Olimxo‘ja, Sizga soflanaylik, saflanaylik degan iboram aslida so‘z o‘yini emasligini tushuntirish uchun shunchalar ezmalanib qoldim. Uzr so‘rayman.

27.10. 2019y. (davomi bor).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:00, 29.10.2018. O'qildi: 5580 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Nasaf Zoran Marushich 9
5 Навбаҳор Toma Tabatadze 8
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.