Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 29 64
2 Manchester Siti 28 59
3 Man. Yunayted 28 51
4 Aston Villa 28 51
5 Liverpul 29 48
6 Chelsi 28 45
7 Brentford 29 44
8 Everton 29 43
9 Bornmut 29 40
10 Fulhem 28 40
11 Sanderlend 29 40
12 Brayton 28 37
13 Nyukasl 28 36
14 Kristal Pelas 28 35
15 Lids 29 31
16 Tottenhem 28 29
17 Nottingem Forest 28 27
18 Vest Xem 28 25
19 Byornli 29 19
20 Vulverhempton 30 16

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Aston Villa - Chelsi
05/03/26 Fulhem - Vest Xem
05/03/26 Brayton - Arsenal
05/03/26 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03/26 Nyukasl - Man. Yunayted
06/03/26 Tottenhem - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arrigo Sakki: «Gattuzo - Fenomen»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

La Gazzetta dello Sport nashri muxbirlari «Milan»ning «A» seriyasida «qirol»ga aylangan «Yuventus»ga qarshi o‘yini arafasida «rossonerlar» bilan Chempionlar kubogi turnirida 2 marta zafar quchgan afsonaviy murabbiy Arrigo Sakkini suhbatga chorlashdi. Jurnalistlar tabiiyki, avvalo, faxriy mutaxassisning Jennaro Gattuzo - Massimiliano Allegri jangi mavzusiga doir fikrlari bilan qiziqishdi.

- Arrigo, bir tasavvur qiling, hozir yana «Milan» murabbiylar shtabidasiz. Ayni holatda «Yuventus»ga qay yo‘sinda munosib qarshilik ko‘rsatish mumkin?

- Eh, zimmamga mushkul ish yukladingiz-ku. Axir hozir «Milan»da jarohatlanganlar juda ko‘p. Klub mavsum doirasidagi eng muhim o‘yinlardan birini shunday murakkab holatda qarshi olmoqda. Buni aslo unutmaslik kerak.

- Ha, shunday, ammo har qanday vaziyatda maydonga tushib, kurashish talab etiladi, ortga yo‘l yo‘q.

- Bilasizmi, qo‘rquv - bu raqib uchun eng yaxshi sovg‘a. Maydonga raqibidan cho‘chib tushadigan jamoani yengishdan osoni yo‘q. Shunday ekan, «rossonerlar» nima bo‘lishidan qat’iy nazar, «Yuve» futbolchilari ko‘ziga tik boqishlari, hech narsadan qo‘rqmay, dadil harakatlanishlari shart.

- Garibaldiya partizanlari kabi hamma olg‘a intilishi kerak, shundaymi?

- Yo‘q-yo‘q, shoshilmang... Shaxsan men «Milan»dan bor kuchi bilan hujumga o‘tishni talab qilmasdim aslo, shuning barobarida jamoaning o‘z jarima maydoni ichida qamalib olishini ko‘rishni ham istamayman. Milanliklar bu borada balansni ushlashlari kerak. Demoqchimanki, to‘psiz harakatlanish balansi o‘yinda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

- «Milan» bunga qadar YEL doirasida «Betis»ga qarshi kechgan bahsda rosa qiynaldi. Bu jamoa ruhiyatiga nechog‘li ta’sir qiladi?

- Ta’sir ko‘lami juda katta. Hafta o‘rtasida safarda o‘ynab, ortga qaytish hamono yana maydonga tushish - bu og‘ir. Bir o‘ylang, Sevilyadagi o‘yin-dan keyin yigitlar to‘g‘ri Milanelloga kelishdi va ertalab soat 4da yotishdi. Bunday sharoitda sarflangan quvvatni qanday tiklash mumkin? Oddiy aytganda, muhim o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun 48 soat vaqt oz, juda oz.

- Lekin «Yuventus» ham CHL o‘yinida ishtirok etdi.

- Ha, faqat o‘z maydonida, qolaversa, bir kun oldin. Tushunarliki, uyda o‘ynash va safarga chiqish o‘rtasida katta farq bor. Yana shunisi borki, «Yuventus» tarkibi boshqa, ixtiyorida munosib futbolchilar ko‘p.

- Muxlislar Jennaro Gattuzo jamoasiga yordam bera olishadimi?

Motivasiya nuqtai nazaridan hech qanday muammo yo‘q. Bunday o‘yinlar futbolchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Muxlislar bilan to‘lgan stadion - har bir o‘yinchi uchun sifatli yoqilg‘i. Meni boshqa masala ko‘proq qiziqtirmoqda: «Milan» raqib xurujiga jismoniy taraflama dosh bera olarmikan? Tan olish kerak, Gattuzo jamoada katta hajmda ish bajardi, ayniqsa, ruhiy tayyorgarlik ustida. Ko‘ryapmizki, «Milan» endi yana avvalo, o‘z qadri va g‘ururi uchun kurasha boshladi, futbolchilar ham jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish nimaligini tushunishdi. Biroq...

- ...Sizni aynan qaysi jihat xavotirga solmoqda?

- «Yuve» ulkan salohiyatga ega. Tarkibida mustaqil ravishda natijani ta’minlaydigan ijrochilar yetarli. Bunda faqat Ronaldu emas, balki Dibala, Kuadrado, Manjukich kabi yigitlarni nazarda tutyapman. Agar kimnidir esdan chiqargan bo‘lsam, kechiringlar. Xullas, «keksa sinyora» fantastik chempionlarga to‘la.

- Nima, «Yuventus»ni to‘xtatish imkonsizmi?

- Turinliklarga jiddiy muammolar tug‘dirish uchun o‘yinni mukammal tarzda yo‘lga qo‘yish kerak. Oddiy aytganda, ajoyib jismoniy tayyorgarlik, to‘p bilan tez ishlash salohiyati va ozgina tajovuzkorlik talab etiladi. Tabiiyki, pressing ham suv va havodek zarur, biroq «Milan» afsuski, shu masalada oqsamoqda. Yana turinlik futbolchilarni imkon qadar jarima maydonidan uzoqroqda to‘xtatish muhim. Aytishadiku, dushmanni uyingga olib kirishing yaxshilik bilan tugamaydi. Aslida «Yuve» raqib darvozasidan 70 metr uzoqlikda ham xavfli, lekin bu holatda uning hamlalarini to‘sish mumkin. Bordiyu, «Yuve» vakillari Donnarumma darvozasiga yaqinlashishsa, xavfni bartaraf etish juda-juda qiyin.

- Pressing, pressing va yana pressing...

- Xuddi shunday, agarda imkoni topilsa, albatta. «Milan» keng qamrovli pressing qo‘llashga qodirmi yoki yo‘q - buni bilmayman. Menga ayni payt jamoaning ishtiyoqi, oxirigacha kurashayotgani yoqmoqda. Lekin to‘p raqibda bo‘lgan vaqtda «Milan»ning rosa qiynalayotgani ham ayni haqiqat. Demakki, hujumchilar ham pressing harakatiga qo‘shilishlari lozim. Agar ular «Yuve» himoyachilarini maydon markaziga qadar kuchli ta’qib ostiga olishsa, turinliklar nisbatan tang ahvolga tushishadi.

- Yana bir masala - Ronalduni zararsizlantirish.

- Buning uchun butun jamoa kurashishi lozim. Vaqtida men boshqargan «Milan» Diyego Maradona yetakchiligidagi «Napoli» bilan o‘ynaganida, yigitlarga argentinalik tomon uzatmalar yo‘lini kesish juda muhimligini qayta-qayta uqtirgandim. Qanday qilib? Faqat o‘ta jiddiy va qat’iy pressing hisobiga! Qisqasi, agar Ronaldu to‘psiz qolsa, shunchaki. o‘yindan chiqib qoladi. Boshqa iloji yo‘q.

- «Milan»ning hujumga qo‘shilishi ham muhim...

- Albatta. Lekin keling, real manzaradan ko‘z yummaylik - «Yuventus» futbolchilari yaqqol kuchli. Shuning uchun «Milan» avvalo, jamoaviy o‘yin ko‘rsatishi, yorqin g‘oyalarni amalda namoyish qilishi kerak. Tushunarliki, hujumda rang-barang harakatlanish maqsadga muvofiq - qanotlar va markaz bo‘ylab galma-gal oldinga o‘tish natija berishi mumkin. Agar Iguain to‘liq tiklansa, katta rol bajaradi, menimcha.

- Qiziq, undan qaysi pozisiyada foydalanish maqsadga muvofiqroq?

- Gonsaloga to‘pni yuqoridan uzatish uncha samara bermaydi - «Milan» vakillari tez-tez shunday yo‘l tutishmoqda. Vaholanki, argentinalik hujumchi to‘pni pastda qabul qilishga odatlangan, u ko‘pincha shunday uzatmalarga tayyor turadi.

- Gattuzodan nimalar kutyapsiz?

- Rino - fenomen, menga ishonaveringlar. Mana, u «Milan» qalbini tikladi, jamoa qadriyatlari va g‘ururini qaytardi. Muhimi, Gattuzo yaxshigina hujumkor futbolga tayanmoqda. To‘g‘ri, «Milan»ga ozgina tezkorlik va pressing qo‘llash salohiyati yetishmayapti. Quvontiradigan tomoni, Rino yigitlar miyasiga oldindan taslim bo‘lmaslik xislatini singdirdiki, jamoa hattoki, oxirgi soniyalarda ham g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirmoqda. Murabbiy futbol va shogirdlari uchun hayotini qalqon qilishga ham tayyor - asosiysi shu.

- Taxmin?

- «Yuventus» - favorit, negaki, «Milan» murakkab holatda. Lekin futbolda nima bo‘lishini xuddi hayotdagi kabi hech qachon oldindan bilolmaysan...

----------------------------------------

P.S.: Italiya futboli ixlosmandlari yaxshi bilishadi, «Milan» - «Yuventus» o‘yinida kutilganidek, turinliklar g‘alaba qozonishdi (2:0). Xullas, Sakkining o‘yin oldidan bildirgan fikrlari asossiz emasligi amalda tasdiqlandi. Shularni hisobga olib, qolaversa, dongdor murabbiyning mulohazalari diqqat-e’tiborga molikligi tufayli intervyuni to‘liq holda berdik. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 19:55, 21.11.2018. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 18
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 14
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
5 Челси Joao Pedro 11
6 Брайтон Denni Uelbek 11
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 10
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
9 Фулхэм Xarri Uilson 9
10 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.