Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Mustafo Bayramov: «Biz albatta, maqsadimizga yetamiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jahon futbolida o‘z faoliyatini faqatgina bir klubda o‘tkazgan sodiq futbolchilar anchagina topiladi. Italiyaning “Milan” jamoasi himoyachisi Paolo Maldini, Angliyaning “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Stiven Jerrard kabi futbolchilar shular jumlasidan.

Mamlakatimizda esa nafaqat futbolchilik davrida, balki undan keyin ham o‘z klubiga fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan insonlar bor. Bugun biz e’tiboringizni ana shunday jonkuyar insonlardan biri - Namanganning “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Mustafo Bayramovga qaratmoqchimiz.

Zero, mazkur mutaxassis mana salkam 40 yildan buyon faqatgina bir klub, ya’ni “Navbahor”da faoliyat yuritmoqda. Ta’kidlash lozim, “Navbahor”da oldin futbolchi, keyin esa murabbiy sifatida ishlayotgan Mustafo Jeferovich ancha kamtar va kamsuqum inson. Shuning uchun bo‘lsa kerak, undan hamkasblarimiz kam intervyu olishgan.            Navbahor 1991 yilgi sostavi

Futbolga kirib kelishi, birinchi murabbiylari, havas qilgan futbolchisi   

- Namangan shahridagi 31-o‘rta maktabda tahsil olganman, - deya so‘z boshlaydi suhbatdoshimiz. - Maktabimiz yaqinida “Spartak” stadioni joylashgandi. Esimda bor, taxminan 10 yasharligimdan boshlab mana shu o‘yingohda futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman. O‘shanda bizning mashg‘ulotlarga Pavel Konstantinovich Kim, Anvar Izzetovich Suleymanov kabi yaqin o‘tmishning taniqli mutaxassislari boshchilik qilishardi. Shu tariqa, avvaliga shunchaki, havas bilan boshlangan mashqlar yildan-yilga takomillashib, jiddiylashib, 1980 yili Namanganning “Navbahor” klubiga qabul qilindim. Bilasizmi, bolaligimda, ayniqsa, futbolga qiziqish boshlangan ilk davrlarda Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” klubi himoyachisi Frans Bekkenbauerning o‘yinlariga havas qilardim. Shu bois, tanlash vaqti kelganida aynan himoyachi ampluasini tanladim va shu pozisiyada faoliyatimning oxirigacha to‘p surdim.

Navbahor klubi va terma jamoadagi faoliyati, jamoadoshlari 

- Tarixni yodga olsak, “Navbahor”dagi 17 yillik faoliyatim davomida jami 600 ga yaqin uchrashuvlarda maydonga tushganman. Garchi o‘zim himoyachi bo‘lsamda, raqiblar darvozasiga har mavsumda eng kamida 5 tadan to‘p kiritardim.  1995 yili esa omadim kelib, naq 10 ta gol urdim va oliy ligadagi himoyachilar orasidagi eng yaxshi natijaga erishdim. Gollarimni asosan standart vaziyatlardan, ya’ni burchak hamda jarima zarbalaridan keyin, ko‘proq boshim bilan urardim. Buning sababini bilasiz: bo‘yim yetarli darajada baland, 1,85 metrlar atrofida. Shuning uchun havolatib uzatilgan to‘plarga ko‘proq ega chiqardim. Umuman olganda,

2-qavatda yaxshi o‘yin namoyish etardim.

1991 yilgi xotiralar ayniqsa, men uchun qadrli… O‘sha yili jamoamiz sobiq ittifoq 1-ligasida ishtirok etgan va men “Navbahor” tarkibida barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, 4 ta gol urganman. 1982 yili esa Tanzaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etganmiz. “Navbahor” mazkur mamlakatdagi xalqaro turnirda  5 ta o‘yin o‘tkazib, ularning  4 tasida g‘alaba qozondi va  1 ta uchrashuvda durang qayd etgandi. 1989 yilda “Navbahor” bilan Liviya va Bangladesh mamlakatlaridagi musobaqalarda ishtirok etib, 1-o‘rinni egallaganmiz. 1990 yilga kelib, Polshaga safar tashkillashtirildi va mazkur mamlakatning mashhur klublaridan biri – “Lex” (Poznan) bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganmiz.

Futbolchilik faoliyatim davomida darvozabonlardan Anatoliy Tananakin, Dmitriy Bashkevich, Saydullo Jabborov, Oleg Sirovashko, Anvar Jabborov, himoyachilardan esa Igor Belov, Igor Bliznyuk, Aleksandr Pasko va Aleksandr Ivanov bilan yelkama-elka o‘ynaganmiz hamda ularning o‘yinlari menda yaxshi taassurot qoldirgan.    

O‘zim shaxsan qarshilik ko‘rsatishga uringan hujumchilardan esa “Rotor”dagi Aleksandr Ledyaxov, “Tekstilshik”dagi Sergey Natalushko, hamyurtlarimizdan esa Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Oleg Sinelobov, Bahodir Rahmonov, Rustam Do‘rmonovlarni yaxshi eslayman. Chunki bu futbolchilarni to‘xtatib qolish anchagina qiyinchilik tug‘dirgan.

O‘zingizga ma’lum, futbolchilik faoliyatim davomida faqatgina bir jamoa – “Navbahor” sharafini himoya qildim va bundan doim faxrlanaman. Butsalarni mixga ilgan paytimda hisoblab ko‘rsam, ushbu klub safida 17 yil to‘p suribman. Kaminani yanada xursand qiladigan jihati - 6 mavsum davomida, ya’ni 1989-1994 yillarda jamoa sardori bo‘lganman.

Boshqa klublardan takliflar ham bo‘lgan, albatta. Aytaylik, 1988 yili “Neftchi”, 1989 yili esa “Paxtakor” klublari meni o‘z saflariga chorlagan. Lekin “Navbahor”ga fidoyilik sabab, bu jamoani tashlab ketishni xohlamaganman. Asosiysi, “Navbahor”da ham o‘zim istagan natijalarga erisha oldim. Jumladan, jamoa bilan O‘zbekiston chempionligi (1996), O‘zbekiston kubogi (1992, 1995), bronza medallari (1993, 1994, 1995) ni qo‘lga kiritganman.  

“Navbahor”dagi faoliyatim davomida Sergey Volchok, Viktor Jalilov va Usmon Asqaraliyev kabi murabbiylardan ko‘p narsa o‘rgandim.

E’tiborlisi, “Navbahor” safida o‘ynab ham terma jamoa murabbiylari e’tiborini o‘zimga qarata olganman. Umuman olganda, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 7 yil, ya’ni 1982-1989 yillari to‘p surdim.  Terma tarkibida sobiq ittifoq xalqlari Spartakiadasi, xalqaro musobaqada qatnashib, xalqaro turnirda 3-o‘rinni olganman, O‘zbekiston terma jamoasining sardori bo‘lganman.

Navbahor 1995 yilgi sostavi

Murabbiylik faoliyati, yetishtirgan shogirdlari

- Istaysizmi-yo‘qmi, har qanday futbolchi ham bir kun kelib albatta, katta futbol bilan xayrlashadi. Men ham shular jumlasidan… Xullas, 1997 yilga kelib, butsalarni mixga ilish vaqti kelganini tushunib yetdim va o‘zimni murabbiylik sohasida sinab ko‘rishga ahd qildim. Kechagidek esimda, dastlabki vazifam – “Navbahor”ning o‘rinbosarlariga ustozlik qilish bo‘lgan. Bu jamoani boshqarish asnosida O‘zbekiston chempionatida 3 marta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdik. Shuningdek, vaziyat juda qaltis bo‘lsa-da, uch marta “Navbahor”ni oliy ligada olib qolishga muvaffaq bo‘ldim. Umuman olganda, murabbiylik faoliyatimda bir necha bor “qutqaruvchi” vazifasini bajarishga ham to‘g‘ri kelgan (kuladi).

Murabbiylik sohasini tanlaganimdan buyon Viktor Jalilov, Gennadiy Nedelkin, Rahim Qurbonmamedov, Usmon Asqaraliyev va Baxtiyor Ashurmatov singari mutaxassislar bilan birga faoliyat olib bordim. Ayrim mavsumlarda “Navbahor” yoshlar jamoasi, ba’zi yillarda esa asosiy tarkibning murabbiylar shtabida ishladim. Joriy mavsumda avval “Navbahor” yoshlar jamoasida murabbiy Shuhrat Qoraboyev bian birga faoliyat olib bordim. Hozirgi paytda esa, yaxshi bilasiz, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning murabbiylar shtabidan o‘rin olganman. 

Bilasizmi, inson futbolchilik davrida murabbiylarga boshqacha nazar bilan qaraydi. Ammo o‘zing bevosita murabbiylik faoliyatingni boshlasang, aslida bu ishning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini tushunib yetasan. Bu holat ayniqsa, iqtidorli yoshlarni saralash chog‘ida ayniqsa, seziladi. Bugunga kelib, faxr bilan baralla aytamanki, Dilshod Jabborov, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Akmal Ortiqov, Azim Ahmedov hamda Islom Isoqjonov singari futbolchilarning kashf etilishiga erisha oldim. Chunonchi, bu o‘yinchilar avval “Navbahor” yoshlar jamoasi tarkibida toblanib, keyin asosiy tarkib a’zosiga aylanishgan. Endilikda esa barchalari o‘z jamoalarining yetakchi futbolchilari hisoblanishadi.

Fursati kelganida ta’kidlash joizki, yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri, ayni paytda “Metallurg” murabbiylar shtabida ishlayotgan Fevzi Davlatovni ham Sergey Volchokka men tavsiya qilgandim. Xabaringiz bor, Davletov O‘zbekiston milliy terma jamoasi, shuningdek,  mamlakatimiz va Qozog‘istonning bir qator klublarida samarali faoliyat yuritgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Fevzi 1994 yili terma jamoa safida Xirosimadagi Osiyo O‘yinlarida g‘olib chiqqan va men o‘shanda Fevzining muvaffaqiyatidan cheksiz xursand bo‘lganman.

Qisqasi, “Navbahor”dagi futbolchilik faoliyatim qanchalik ajoyib, yoqimli kechgan bo‘lsa, hozirgi vaqtdagi ishlarimdan ham shunchalik mamnunman. O‘z nomi va tarixiga ega jamoa safida to‘p surganligim hamda ayni paytda ham shunday klubning murabbiylar shtabida ishlayotganimdan xursandman.

 Bugungi Navbahor

- “Navbahor”ning yangi ustozi - Andrey Antanasovich Kanchelskis haqida to‘xtalsak, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, shaxsan menda bu mutaxassisning ish uslubi ijobiy taassurotlar uyg‘otdi. Jumladan, u mashg‘ulotlarni yevropacha uslubda olib boryapti va futbolchilarni ham o‘zgacha ruhda ruhlantirmoqda.

Shuningdek, joriy mavsumdagi jamoamizning muvaffaqiyatida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashevich Sarikov va “Navbahor” PFK direktori Rasuljon Rahimovich Akramovning munosib hissalari bor. Ushbu shaxslar “Navbahor”ni har taraflama qo‘llab-quvvatlashmoqda va jamoa a’zolariga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda.

Aynan shuning evaziga bu yil “Navbahor” 14 yillik tanaffusdan so‘ng, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu sababli, “Navbahor” PFK rahbariyatiga jamoamiz murabbiylar shtabi nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘g‘ri, biz asosiy vazifa – OCHL yo‘llanmalaridan biriga ega chiqa olmadik. Ammo umid qilamanki, “Navbahor” bu yilgi o‘yinlari orqali yetakchilarga qanday qarshilik qilishni o‘zlashtirib oldi va kelgusi yillarda biz albatta, o‘z maqsadimizga yetamiz!        

Navbahor 2016 chempionlik sostavi

Ma’lumot uchun:

Mustafo Bayramov - 1964 yil, 7 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiylari: Pavel Kim, Anvar Suleymanov.

Ampluasi: himoyachi.

Oilali, 2 farzandning otasi, 4 nabiraning buvasi.

Muxlislik qiladigan klubi: “Barselona” (Ispaniya).

Ulug‘bek Umarov suhbatlashdi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:09, 22.11.2018. O'qildi: 4344 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик