Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Karim Benzema: «Krish ketdi, endi gol urish - mening vazifam»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Maxsus so‘rov yakunlariga ko‘ra, fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi va Marca nash-rining maxsus sovrini bilan taqdirlandi. 30 yoshli Karimning «Real Madrid TV» telekanaliga bergan intervyusida oshkora ta’kidlashicha, Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin uning «Qirollik klubi»dagi roli chindan ham, ancha oshgan. Hujumchi shuning barobarida klub sardori Serxio Ramosni alohida maqtadi, Santyago Solarining murabbiylik ishiga yuqori baho berdi.

 Umumiy holati

- Hamon aynan shu klubda o‘ynayotganimdan behad baxtiyorman. Umid qilamanki, Madriddagi faoliyatimni shu ruhda davom ettiraman.

Maydondagi kayfiyati

- Maydonda hamisha a’lo kayfiyatni saqlab qolishga urinaman. Ayniqsa, to‘pni nazorat qilish jarayonida qandaydir yengillikni his etaman. Gol urgan yoki samarali uzatma amalga oshirgan lahzada esa, mendan baxtiyorroq kishi topilmaydi.

Joriy mavsumda urgan gollari

- Ayni payt hammasi zo‘r. Bunga maydonda nechog‘li harakatlanayotganimni ko‘rib, ishonch hosil qilishingiz mumkin. Qisqasi, saviyam chakki emas, o‘zimni tobora kuchliroq sezyapman. Ishtiyoq va g‘ayratim ham oshib bormoqda. Joriy mavsum hammamiz uchun o‘ta muhim sanaladi. O‘ylashimcha, jamoaviy harakatlarda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda: himoya va hujumda birdek hamjihat holda o‘ynayapmiz. Buning samarasi o‘laroq, raqib jamoalar darvozasi ancha ko‘p vaziyat yaratyapmiz.

Yetakchilik roli

- Muxlislar doimo yaxshiroq natija talab qiladilar. «Real» - dunyodagi eng kuchli klub. Hujumchilar oldiga har yuksak talablar qo‘yiladi: gollar, samarali uzatmalar, sermazmun kombinasiyalar... Bu «Madrid» uchun tabiiy hol, albatta. Muhimi, hozirda ishtiyoqim har qachongidan ko‘ra, balandroq. Bor e’tiborim mavsumning jamoam uchun muvaffaqiyatli kechishiga imkon qadar hissa qo‘shishga qaratilgan.

Yuksak mas’uliyat

- Krishtianu Ronaldu jamoamizdan ketgach, zimmamdagi mas’uliyat hissi yanada oshdi. Axir u yo‘q, demak, endi gol urish - mening vazifam. Asosiysi, bunga o‘zim ham ehtiyoj sezyapman, mas’uliyat yukini ko‘tarib yurishga tayyorman.

202ta gol

- «Real» libosida shuncha gol urganim baxtiyorlik va faxr tuyg‘ularini bermoqda, albatta. «Real»da o‘tgan umrim, amalga oshirgan ishlarimni o‘ylar ekanman, mashaqqatli mehnat va uning samarasi ko‘z oldimda gavdalanadi. Ha, baxtiyor damlar barobarida omadsiz vaqtlarni ham boshdan kechirdim. Quvontiradigan tomoni, ishtiyoq masalasida hamon o‘sha Karimman.

Mavsum uchun reja

- Imkoni boricha ko‘proq gol urishimiz kerak. Zero, mahsuldorlik qancha oshsa, sovrin yutish ehtimoli shuncha ortadi. Shaxsan men har bir uchrashuvda yanada samaraliroq to‘p surish uchun bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Lekin gol urish bobida muayyan marraga intilmayman.

35-raqam

- Ha, menda bu raqamga nisbatan qandaydir muhabbat alomati yo‘q emas. Biroq maydonga tushgach, raqamni unutaman. Chunki diqqat-e’tiborim o‘yin, gol urish va samarali to‘p surishga qaratiladi.

Sardorlardan biri

- Bu maqomning ham o‘ziga yarasha ahamiyati bor. Jamoamizda birinchi sardor - Serxio. U o‘z vazifasini a’lo darajada uddalamoqda. Ramosga xos xotirjamlik shaxsan menga ishonch bag‘ishlaydi. Maydonda barcha jamoadoshlarim bilan yaxshia chiqishaman, kimdir yordamga ehtiyoj sezsa, uni iloji boricha qo‘llab-quvvatlayman.

Serxio Ramos

- Bu yigit anchadan buyon jamoa yetakchisi rolini bajarmoqda. Safga qo‘shilgan kunidan boshlab, katta manfaat keltirayotgani tahsinga sazovor.

Sevimli uslubi

- To‘pga 1-2 marta teginish bilan amalga oshiriladigan kombinasiyalarni yoqtiraman. Doimiy harakat, vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkor yoki xotirjamlik bilan uzatiladigan to‘plar - jonu dilim. To‘pni qabul qilishdan oldin hammasini e’tiborga olib, to‘g‘ri yechim topish lozim.

Tovon bilan berilgan

samarali uzatma

- Ko‘pchilik shunday uslubda o‘ynashni xohlaydi, ammo hamma ham uddasidan chiqavermaydi. Guti - daho! U «Riasor»dagi o‘sha o‘yinda ortidan men yaqinlashayotganimni ham bilmagandi. Lekin ichki tuyg‘usiga tayanib, to‘pni menga uzatdi. Garov o‘ynashga tayyorman - har qanday befarq kishi o‘sha lavhani ko‘rsa, shundoq futbol shaydosiga aylanadi!

Murabbiylik istiqboli

- Nega urinib ko‘rmasligim kerak? Futbolni sevishim hech kimga sir emas. To‘g‘ri, murabbiylik tamoman boshqa soha va hozir aniq javob berolmayman. Bu borada yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim.

Santyago Solari

- Solari - ajoyib inson. U o‘zini munosib nomzod sifatida ko‘rsatishga ulgurdi. Santyago xuddi Zidan kabi yetuk futbolchi edi, o‘yinning barcha ikir-chikirlaridan xabardor. U bizdan to‘pga ko‘proq egalik qilish, tezkorlik bilan hujumga o‘tish va xotirjam harakatlanishni so‘ramoqda. Ayni holatda jamoamizda hammasi a’lo darajada, ruhiyatni yanada ko‘tarsak, bas.

Garet Beyl

- Nima deyish mumkin? Yuqori tezlik va sehrli chap oyoqqa ega kuchli hujumchi. Jismoniy holati talab darajasida bo‘lsa, jamoaga katta manfaat keltirishi tayin. Qisqasi, Garet - o‘z uslubi, dunyoqarashiga ega o‘zgacha yulduz. Ajoyib ijrochi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:04, 13.12.2018. O'qildi: 7565 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик