Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirzohid G‘ofurov: «Chempion bo‘lmoqchimiz...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ma’lumki, Namanganning «Navbahor» klubi 14 yillik tanaffusdan keyin yana sovrindorlar safidan o‘rin olib, bronza medali sohibiga aylandi.

Albatta, ushbu muvaffaqiyatda jamoa yetakchilaridan biri Mirzohid G‘ofurovning ham munosib hissasi bor. Chunonchi, G‘ofurov bu yilgi Superliga bahslarida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. Ammo  aynan Mirzohidning mazkur yagona goli evaziga   «Navbahor» 10-tur doirasida safarda «Buxoro» ustidan g‘alaba qozondi (1:0). Biz yakunlangan mavsum borasida tajribali xavbek bilan suhbat uyushtirib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat etdik.  

- Mirzohid, yakuniga yetgan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ajoyib va o‘zgacha... Superliga bahslarini qisqa va lo‘nda qilib shunday ta’riflasak bo‘ladi. Ayniqsa, jamoamizning 14 yillik tanaffusdan keyin 3-o‘rinni qo‘lga kiritganligi barchamizga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

- Bu yilgi natijalar va shaxsiy faoliyatingizdan qoniqdingizmi?

- «Navbahor» qayd etgan natija ijobiy bo‘lganligi bois, jamoaviy o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Ammo o‘zim haqimda bunday deya olmayman. Chunki yanada yaxshiroq ko‘rsatkichlarga erishishim mumkin edi, aslida. Menimcha, futbolchi hech qachon o‘z o‘yinidan qoniqmasligi lozim. Shunda u o‘sishdan to‘xtamaydi.

- Superliganing yangi formatiga munosabatingiz...

- Klublarning 2ta guruhga ajratilganligi bahslarning yanada keskin hamda qiziqarli, kurashlarga boy tarzda o‘tishini ta’minladi. Umuman olganda, mazkur format to‘g‘risida fikrim ijobiy. Lekin ushbu format ilk marta qo‘llanilganligi uchun ayrim kamchiliklardan ham bor, menimcha. Bu borada O‘FA va PFL mutaxassislari  bamaslahat ish olib borib, o‘tkinchi o‘yinlarning bo‘lmasligiga erishishadi, degan umiddaman.

- Muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar va «onlayn» teletranslasiyalar haqida nima deysiz?

- Muxlislar to‘la stadionda to‘p surishning gashti va zavqi o‘zgacha bo‘ladi, albatta. Maydonda o‘zingni bosh­qacha his qilasan. Bundan tashqari, Superliga bahslarining televideniya orqali jonli tarzda namoyish etilishi futbolchidan o‘zgacha mas’uliyat talab qiladi hamda futbolimiz rivojiga ham ulkan hissa qo‘shadi.

- Jamoangiz uchun Superligadagi eng qiyin bahs qaysi bo‘ldi?

- Menimcha, «Navbahor»da oson ­o‘yinning o‘zi bo‘lmadi, hisob. Ayniqsa, mag‘lubiyatga uchragan bahslarimizda ancha qiyinchilikka uchradik.

- Jamoa legionerlari va yangi murabbiy - Andrey Kanchelskis haqida fikrlaringiz qanday?

- O‘zim futbolchi bo‘lganim uchun jamoadoshlarim to‘g‘risida faqatgina iliq fikrlar bildirishim mumkin. Andrey Kanchelskis esa o‘z dunyoqarashi va uslubiga ega murabbiy. Asosiysi, u yevrofutboldan bahramand inson. Shu bois, «Navbahor»ga ham  «qo‘hna qit’a» havosini olib kirishga harakat qilmoqda.

- Bronza medallar - bu yilgi «Nav­bahor» uchun maksimal natijami yoki jamoa bundan ham yuqoriroq o‘rinni egallashga qodirmidi?

- O‘ylashimcha, yakuniy natijamiz qoniqarli bo‘ldi. Negaki, uchinchi o‘rin ham uzoq tanaffusdan keyin qo‘lga kiritildi. Axir, narvonga ham birdaniga emas, pog‘onama-pog‘ona chiqiladi. O‘tgan yili  jamoamiz 5-o‘rinni egallagandi, bu yil esa 3-pog‘onani band etdi. Ehtimol, keyingi mavsumda chempionlikka ham erisharmiz.

- Aytingchi, akangiz Rashid G‘ofurov futbolni tanlashingizda qanday o‘rin tutgan?

- Futbolchi bo‘lishim va shu darajaga yetishimda albatta, Rashid akamning hissasi katta. Aynan akam tufayli millionlar o‘yiniga qiziqish orttirganimni ham alohida e’tirof etish joiz. Akam hatto hozir ham o‘yinlarimni kuzatib, o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda, maslahatlarini berib turadi. Uning maslahatlariga amal qilib, kam bo‘lmadim. Fursatdan foydalanib, buning uchun Rashid akamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Qiziq, o‘z davrining eng kuchli futbolchilaridan bo‘lgan Rashid G‘ofurov ayni paytda nimalar bilan band?

- Ochig‘ini aytsam, akam hozirda futboldan ancha yiroqda, aniqrog‘i, biznes sohasida faoliyat yuritmoqda. Lekin bo‘sh vaqt topsa, albatta, butsalarini qidirishga tushadi (kuladi). Xullas, uning tadbirkorlikdagi faoliyatida ham futboldagi kabi omad yor bo‘lishini tilayman.

- Xabaringiz bordir, 14 dekabr kuni mavsum laureatlari nomiga oydinlik kiritiladi. Sizningcha, kimlar Superliganing «eng yaxshi»lari bo‘lishga munosib?

- Shaxsiy fikrimcha, eng yaxshi murabbiyga atalgan sovrin Mirjalol Qosimovga berilishi kerak. Chunki bu mutaxassis «Bunyodkor»dagi moliyaviy muammolarga qaramay, jamoa bilan mavsum so‘nggiga qadar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi va Superligada o‘ziga xos «intriga»ni ushlab turdi. Eng yaxshi futbolchi sifatida esa «Lokomotiv» klubi va milliy terma jamoamiz hujumchisi Marat Bikmayevni ko‘rsatish mumkin.

- Kelgusi rejalar qanday? Sizni yangi mavsumda ham «Navba­hor»da ko‘ramizmi?

- Shak-shubhasiz. 2019 yili ham «Navbahor»dagi faoliyatimni davom ettirib,  jamoamiz bilan birga uzoq kutilgan chempionlik unvonini qo‘lga kiritaman, degan umiddaman.

 

Ma’lumot uchun

 

Mirzohid G‘ofurov - 1988 yil 22 avgustda Namangan viloyati Chortoq shahrida tug‘ilgan

Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullana boshlagan

Birinchi murabbiyi: Abdullo Jo‘raboyev

Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan

Ampluasi: yarim himoyachi

Oilali, ikki nafar farzandning otasi

O‘ynagan jamoalari: «Navbahor» (Namangan) - 2006 yilning 2-davrasi - 2007 yil, 2009 yil; «UzDongJu» (Andijon) - 2008 yil; «NBU- Osiyo» (Toshkent) - 2010 yil; «Mash’al» (Muborak) - 2011 - 2014 yil, 2016 yil; «Bunyodkor» (Toshkent) - 2015 yil , 2017 yildan yana «Navbahor»da

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:53, 15.12.2018. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик