Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • AFC U-23
      • 06.01.2026 16:00
      • Vyetnam
      • 2:0
      • Iordaniya
      • 06.01.2026 19:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 1:0
      • Qirg‘iziston
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      •   O‘zbekiston
      • 3:1
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • -:-
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • -:-
      • Xitoy
  • «A» Seriya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • 0:3
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • 0:2
      • Roma
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • -:-
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 17 39
2 Milan 17 38
3 Napoli 17 37
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Bolonya 17 26
8 Atalanta 18 25
9 Lasio 18 24
10 Sassuolo 19 23
11 Torino 18 23
12 Udineze 18 22
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 17 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 18 12
19 Verona 17 12
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘z iqtidorini tungi klublarga ko‘mgan yulduzlar. top-4

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Afsuski, futbol olamiga kirib kelayotgan yosh iqtidorlarining hammasi ham o‘z talantini boricha ko‘rsatib bera olmayapti. Bunga ularda ikki sabab bor. Biri motivasiyaning qolmagani yoki ko‘proq uchraydigan ikkinchi holat, katta miqdordagi maoshlarni noto‘g‘ri sarflashgani. Bugun shunday futbolchilar top-4ligini baholi-qudrat taqdim etamiz.

4-o‘rin. Memfis Depay

«PSV» jamoasidan «Manchester Yunayted»ga kelgan iqtidor egasiga afsonaviy 7-raqam topshiriladi. Afsuski, Depay katta miqdordagi pullardan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Murabbiylarning qayta-qayta ogohlantirishlariga e’tibor bermay, futboldan chalg‘ib qoladi. Mashg‘ulotlarga «Rols-Roys» markasidagi mashinalarda kelib ketar, doim «Guchchi» brendidan kiyinardi. Asta-sekinlik bilan uni tungi klublarda tez-tez ko‘ra boshlashadi. Eng achinarlisi shundaki, Depay bora-bora haftada 6 kun klublarda ko‘rinish beradi. Vaziyat shunchalikka borib yetadiki, Depay tungi klublar uchun mashhur brendlardan o‘ta qimmat kiyimlar xarid qila boshlaydi. Ularning orasida hatto shaxsan Maykl Jeksonninig liboslari ham bor edi. Oqibatda, Mourinyo unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuboradi. Hozirda Depay «Lion» jamosininig o‘rtamiyona futbolchisi. Unda superyulduz bo‘lish uchun hamma imkoniyat bor edi, afsus.

3-o‘rin. Velliton.

2009 va 2010 yilgi mavsumlarda Rossiya premyer-ligasi to‘purari bo‘lgan qahramonimiz Braziliyaning chekka qishloqlaridan birida tavvalud topadi. O‘rtamiyona hayot kechirayotgan hujumchi Moskvaninig «Spartak» jamoasiga o‘tgach, bir mavsumdan so‘ng uning o‘yinlari keskin tushib ketadi. Uni tez-tez klublarda ko‘ra boshlashadi. U bilan birga kelgan oilasi esa bu vaziyatga izoh berishdan bosh tortishadi. Vaziyat shu darajagacha yetib boradiki, Velliton klubda tanishgan model Vika Boniya bilan ishqiy munosabatlarga kirishib ketadi. Bundan xabar topgan uning turmush o‘rtog‘i farzandlarini olib yurtiga qaytib ketadi. Tez orada Velliton model qizga uylanadi. Bu orada «Spartak»da asosiy tarkibdagi o‘rnini ham yo‘qotib qo‘yadi. Keyingi mavsumni esa ijarada o‘tkazgan Vellitonning xotini Vika futbolchini tashlab, multimillionerga turmushga chiqib ketadi. Hozirda Velliton 29 yoshda. Afsuski, Arab amirligi klubi bilan uning yarim yillik shartnomasi qolgan. Keyingi manzil qayer bo‘lishi noma’lum.

2-o‘rin. Jek Uilshir.

16 yoshida hammani o‘ziga qarata olgan tayanch yarim himoyachisi mashhurlikni ko‘tara olmaydi. "Arsenal" bilan tuzilgan professional shartnoma bandlariga ko‘ra olinadigan maosh uninig ko‘zlarini qamashtirib yuboradi. U 19 yoshidayoq termada debyut qilgach, o‘zi uchun kurashmay qo‘yadi. Sekin-astalik bilan uni ham, afsuski, tungi klublarda ko‘ra boshlashadi. Eng achinarlisi, bir safar uni sigareta chekib turgan holda suratga olishadi. Bu surat esa tezlik bilan internetda tarqalib ketadi. Bu ham yetmaganidek, boshqa bir tungi klubda janjal chiqadi. Uning bosh sababchisi Jek Uilshir edi. Uni polisiya 21 kunga qamab qo‘yadi. Shuncha ishdan keyin ham futbolchi bu shashtidan qaytmaydi. Uning o‘yinlarida asta-sekinlik bilan ishonch yo‘qola boshlaydi. Bora-bora jarohatlarga o‘ralashib qoladi. «Bormunt»da ijara asosida o‘tgan mavsumdan so‘ng hozirda «Arsenal»ninig 2-jamoasida to‘p surmoqda. Angliyaning eng iqtidorli futbolchisi 26 yoshida hech kimga kerak bo‘lmay qoldi.

1-o‘rin. Jermeyn Pennant

16 yoshidayoq juda katta tezlik va jismoniy kuchga ega futbolchi bilan «Arsenal» shartnoma tuzadi va uni asosiy tarkibga o‘tkazadi. Pennant esa o‘zidan ketishni boshlaydi. Muhojirlar oilasida tavvalud topgan Jermeyn «Arsenal» akademiyasiga kelgan payt hatto o‘qish-yozishni ham bilmaydigan bola edi, deya uni eslashadi. Pennant «Arsenal»da o‘zini ko‘rsata olmaydi. Yana o‘sha kasofat klublar uning boshini yeydi. U ba’zida mashg‘ulotlarga kelganida bechora Venger uni ko‘p bor qaytarib yuborgan ekan. Chunki u tuni bilan uxlamagani uchun mashg‘ulotlardagi yuklamalar unga og‘irlik qilishi xavfi bor edi. Keyinchalik, «Arsenal» uni «Birmingem»ga sotib yuboradi. Pennant esa hayot tarzini o‘zgartirmaydi. Birin-ketin klublar almashtiraverib, oxirida klubsiz ham qolib ketadi. U hozirda Angliyaning 7-divizionida harakat qilmoqda. Eng achinarlisi shundaki, u 22 yoshidayoq futbol o‘ynashdan to‘xtagan edi.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:52, 16.12.2018. O'qildi: 19380 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 6
4 Наполи Rasmus Xeylund 6
5 Ювентус Kenan Yildiz 6
6 Комо Anastasios Duvikas 6
7 Милан Rafael Leau 6
8 Интер Xakan Chalxanoglu 6
9 Болонья Rikkardo Orsolini 6
10 Торино Djovanni Simeone 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.