Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Murabbiy Karter»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Odamning saviyasini bilmoqchi bo‘lsang, ko‘rgan filmlariga qara», – degandi Erik Kantona. Fransiyalik yulduz ham futbolchi, ham kinoaktyor. Futbol olamidagi odamlarga uning bu iqtibosi juda mos tushadi. 

Safarda Ektor Kuperning ko‘p jihatlarini o‘rganishga, unga yaqin bo‘lishga harakat qilyapman. Taktik qarashlari-ku o‘z yo‘liga, lekin uning jamoa ichida o‘zini qanday tutishi, ruhiy yordamni qay yo‘sin bermoqchiligi borasida ko‘p o‘ylangan edim. Oxiri topdim.

Kecha terma jamoamiz futbolchilarini to‘plab, 2005 yili efir yuzini ko‘rgan, bizning «Sport» kanalimizda ham o‘zbekcha tarjimasi ko‘p martalab aylangan «Murabbiy Karter» filmini qo‘yib berishdi. Murabbiylar shtabi meni ham taklif qilgandi, kirdim. Oldin ko‘rgan bo‘lsam ham oxirigacha kuzatib o‘tirdim. Maqsadim – futbolchilarni va ko‘proq Kuperni kuzatish edi. Lekin film tomoshasi asnosida boshqa jihatga e’tibor qaratdim. Nega endi aynan shu film?

Filmning mazmunini qisqacha eslataman: Sobiq basketbolchi Karter Richmond maktabiga murabbiy bo‘lib ishga kiradi. Basketbol jamoasi murabbiyning professionalligi va ko‘rsatmalari tufayli mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlaydi. Lekin Karter ikkinchi mavsumga jamoasini olib tushmaydi, basketbol zalini yopib qo‘yadi. Sababi, sportchilar murabbiy bilan tuzilgan shartnomaga amal qilmay, maktabdagi o‘qishlariga bee’tibor qaray boshlaydilar va darslarga bormay qo‘yishadi. Murabbiy ikki tur o‘tsa ham zalni ochavermagach, Richmond ahli e’tiroz bildiradi. Karter hatto jurnalistlar bilan tortishishiga ham to‘g‘ri keladi. Maktab o‘qituvchilari uni sudga topshirishadi. Sud esa, arz qiluvchilar foydasiga hukm chiqaradi – basketbol zali qulflari sindiriladi. Lekin murabbiyning antiqa qaroriyu qat’iy prinsiplaridan hayratlangan Richmond o‘quvchilari zalga kitob va daftarlari bilan kirib kelib, o‘qishlarini to‘g‘rilashga kirishadilar. Maktab ishlari yo‘lga solingachgina basketbolga o‘tiladi.  

Filmning oxiri qiziq hammasidan – sport kinolarida bo‘lgani kabi bosh qahramonning jamoasi chempion bo‘lmaydi, o‘yin oxirida allambalo mo‘’jizalar kuzatilmaydi, klub qiyin kechgan bahsda yengiladi. Ha, yengiladi. Lekin film tomoshabini beixtiyor bu mag‘lubiyatdan ranjimaydi. Chunki Karter kiyim almashtirish xonasida mahzunlik libosida qolgan yigitlaridan mamnun ekanligini, muhimi ularning ruhiyatiga yengilmaslik tuyg‘usini jo eta olganini aytadi. Sportda chempion bo‘lish muhim emas, hayotda g‘olib bo‘lish muhim, deydi. Sizlar avvalo o‘zlaringni yenga oldinglar, endi sizlarni sport zallaridagi mag‘lubiyatlar ham sindira olmaydi, deb boshni yuqori ko‘tarishga taklif etadi.

«Murabbiy Karter» bo‘lgan voqea asosida ishlangan film. Film mazmuni va g‘oyasini o‘ylab o‘tirib, Kuper nima uchun terma jamoamiz vakillariga shu filmni qo‘yib beryapti ekan, deb o‘yladim. Maktab bolalari emas, o‘qishlarini yaxshilasin desa. Noprofessionallar emas, mushkul ahvolda qolganda nima qilishni o‘rgatay, desa. Menimcha, ularga oddiy insoniylikni uqtirmoqchi bo‘ldi. Futboldan ham yuqoriroq tuyg‘ular borligini tushuntirmoqchi, inson o‘z-o‘zini yengishi lozimligini eslatmoqchi bo‘ldi, xolos. 
Chempionlik esa, bo‘ladigan hodisa. Filmda ko‘rsatilganidek, bir mavsum shohsupaga chiqish mumkin – buni eplasa bo‘ladi –  ammo bunday g‘oliblikka ruhan tayyor bo‘lmasa-chi, oqibati nima kechadi? Kibr, maishat, o‘ziga bino qo‘yish va hokazolar. Inson qachonki o‘zini mahv etar ekan, sport maydonidagi mag‘lubiyati ham g‘oliblik ruhini sindira olmaydi, har qanday natijani o‘zgartira oladigan darajadagi g‘ururga burkanadi.  Karter shularni film orqali uqtirmoqchi bo‘ldi, shekilli.

Yana bir narsani o‘ylab qoldim: Film oxirida jamoaga chempionlik nasib etmadi, ikki ochko farqi bilan yutqazdi. Kuperning murabbiylikda bosib o‘tgan uzoq yo‘li ham shunga o‘xshash – chempionlik ostonasida to‘xtayvergan. Xoh kubok o‘yinlari bo‘lsin, xoh davraviy turnirlar. Balki argentinalik murabbiy ham Karterga o‘xshab o‘sha chempion bo‘la olmagan jamoalarini tark etganida, ularni yaxlit bir oilaga aylantira olganidan mamnun holda ketgandir? Balki. Men bunga ishonaman. 

Va yana bir narsaga ishongim keladiki, taqdir insoniylikni futboldan ustun qo‘ygan murabbiyni faoliyati oxirlab qolganida bi-i-ir mukofotlab, futbol maydonida ham chempionlik taqdim etsa va uning ko‘z yoshlarini bir chetda jimgina kuzatsa, nima dedingiz?! Axir, u bunga allaqachon haqli bo‘lib ulgurgan. Murabbiy Karter, ee, uzr, Kuper...

Xayrulla Hamidov

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 12:15, 20.12.2018. O'qildi: 3459 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик