Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:1
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Espanyol
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Selta
  • AFC U-23
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • 1:0
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • 1:1
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Napoli 19 39
4 Roma 20 39
5 Yuventus 19 36
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 19 22
14 Parma 19 21
15 Kalyari 19 19
16 Lechche 19 17
17 Jenoa 19 16
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantiriladi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat sheriklari etib belgilanadi.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat yurituvchi hududiy Tanlov komissiyalari tomonidan o‘tkaziluvchi tanlov natijasiga muvofiq tuziladi.

Hududiy Tanlov komissiyalari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari vakillari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish boshqarmalari vakillari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari.

Tanlov Komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo‘lishi kerak.

Davlat sheriklariga:

jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘rib chiquvchi Komissiyalari tuzilsin. Belgilansinki, Komissiya: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘rib chiqadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ma’qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qiladi;

ma’lum bir davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshlash va zaruriy hujjatlarni (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslantirilishi, davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasi va moliyaviy model) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligiga (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) taqdim qilish;

davlat-xususiy sheriklik loyihasini texnik-iqtisodiy asoslantirilishini e’tiborga olgan holda sportni rivojlantirish loyihasini Agentlik bilan birgalikda keyinchalik Komissiyaga kiritish maqsadida baholash;

davlat-xususiy sheriklik loyihasini Komissiyaga kiritish;

Komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma’qullanganidan so‘ng, loyihani amalga oshirish haqida qaror tayyorlash. Bunda loyihani amalga oshirish haqida qarorda loyihaning barcha muhim moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari belgilanishi lozim;

loyihani amalga oshirish haqida qarorga muvofiq tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;

tanlov tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish: tanlov komissiyasi tomonidan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish va baholash, g‘oliblarni hamda, ikkinchi o‘rin egallaganlarni aniqlash;

g‘oliblarni aniqlash  mezonlar bo‘lmagan davlat-xususiy sheriklik bitimi nizomlarini aniqlash uchun tanlov g‘oliblari bilan yakuniy muzokaralarni o‘tkazish;

xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik bitimini hamda, mavjud bo‘lsa moliyalashtiruvchi tashkilot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimni imzolash.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi haqida, uni tayyorlash va amalga oshirilishi haqida, hamda xususiy sheriklarni tanlash haqida axborot Davlat sherigining rasmiy saytida hamda Agentlikning rasmiy saytida joylashtirilishi lozim.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida, qo‘shimcha shtat birliklarini kiritilishini ko‘zda tutgan holda:

3 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi sport muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi;

2 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi bo‘limilari tashkil etiladi.

Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik sub’ektlariga topshirilgan ob’ektlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi lozim bo‘lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning ro‘yxatini tuzish;

har yili 1 fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan ro‘yxatlarini O‘zbekiston  Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etish;

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi lozim.

Manba: Qalampir
Kiritildi: 15:02, 22.12.2018. O'qildi: 2163 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
8 Комо Niko Pas 6
9 Рома Matias Soule 6
10 Парма Mateo Pellegrino 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.