Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: «Benazir»ga atalgan sovrin

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Anchadan beri qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan voqea - Joze Mourinyoning iste’fosi nihoyat yuz berdi. Lekin bu futbol bilimdonlari o‘rtasidagi tortishuvlarning barham topishi yoki hech bo‘lmaganda pasayishini anglatmaydi. Aksincha, munozara yanada avj olishi ehtimoli ko‘proq. Boz ustiga, portugaliyalik mutaxassis yaqin yillar ichida o‘z faoliyatini yakunlamasligi ham aniq.

«O‘qimay uqqan» «Benazir»ning malakasi va insoniy fazilatlari haqida bahslashish ham noo‘rin. Yaxshisi, Mourinyoning bugungi holatiga uning o‘zi bergan izoh bilan tanishsak, vaziyat oydinlashadi: «Men yangi olamga, yangi avlodga moslashishga majbur bo‘lyapman. 23 yoshida chinakam erkakka aylangan Lempard bilan shu yoshdagi g‘o‘r bolakay o‘rtasidagi farqni aniqlashim lozim. Frenk asl professional edi va o‘z vazifasini yaxshi bilardi. Bugungi yoshlar esa o‘z rejalarini ham bilishmaydi».

Bir tomondan, murabbiy haq: Lempardga o‘xshagan futbolchilar muxlislardan haqorat emas, faqat olqishlar eshitishgan. Ammo boshqa tomondan, bugungi noxush holatga «Benazir» ham aloqadordek: shu paytgacha ishtiyoqsiz sudralayotgan jamoa u ketishi bilan mavsumdagi eng yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi. Xullas, bu - hayot. U biz o‘ylagandan ko‘ra ancha beshafqat bo‘lsada, davom etadi. Jumladan, ayrimlar Mourinyo rahbarligida muvaffaqiyatga erishgan yoki aksincha, o‘z o‘rnini topa olmagan futbolchilarning fikr-mulohazalariga ko‘ra maxsus sovrin joriy etishni taklif qilishdi. Ishtirokchilarni 3ta shartli guruhga ajratish mumkin:

1. Jozening o‘tmishi;

2. Jozening buguni;

3. Jozening tanqidchilari.

Birinchi guruhdan asosan Mourinyoning sobiq shogirdlari joy oldilar. Ikkinchisi esa murabbiy bilan hamkorlik qilayotgan futbolchilarga ajratildi. So‘nggi guruh tarkibi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Marhamat, mulohazalar bilan tanishing:

Jozening o‘tmishi

Petr Chex: - Mourinyo va Venger - turlicha tabiat sohiblari. Ammo ular o‘rtasida umumiy jihat ham yo‘q emas - ikkovi ham mag‘lubiyatni yoqtirishmaydi. O‘ylashimcha, bu ular erishgan muvaffaqiyatlar ta’siri. Chunki o‘ta kuchli ishtiyoq va fidoyiliksiz mag‘lubiyatdan uzoq yurishga erishib bo‘lmaydi.

Xavyer Zanetti: - Mourinyo xususida shuni aytishim mumkinki, u har qanday ikir-chikirga e’tibor beradigan g‘olib murabbiy. Uning «Inter»dagi 2 yillik faoliyati muxlislar xotirasida abadiy qoladi.

Jon Terri: - Bir nechta mashg‘ulotlardan keyin qo‘limga daftar olib, mashq davomida amalga oshirgan barcha harakatlarimni, murabbiy ko‘rsatmalarini qog‘ozga tushirishga odatlandim. Joze kelganidan keyin menda murabbiylik kasbiga ishtiyoq paydo bo‘ldi.

Marko Materassi: - Mourinyo bilan xayrlashuv o‘ta g‘amgin kayfiyatda o‘tdi. Aynan o‘sha paytda uning bizni tark etishini to‘liq his etdik. Yodimda, Joze menga shunday degandi: «Bu shunchaki bir sport, hayot esa davom etadi». Biz uni oilamiz a’zosi deb bilardik, ota o‘rnida ko‘rardik. Joze men uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiy maqomida edi.

Eshli Koul: - U doimo bitta maqsadni ko‘zlagan - g‘alaba. Menimcha, futbolda nimalar qilganing va nimalarga erishganing unchalik muhim emas. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bor kuch-quvvatingni sarflashingga to‘g‘ri keladi. Joze ana shu fidoyilikni qadriga yetar va shunday shogirdlariga imkoniyat berardi.

Uesli Sneyder: - Mourinyo - haqiqiy jentlmen. «Inter»ni tark etganidan afsusdaman, menga bergan saboqlari uchun undan minnatdorman. U bilan doimiy aloqadaman. Jozega «Real»da muvaffaqiyat tilayman, o‘z maqsadiga erisha olishiga shubha qilmayman.

Deku: - Joze - buyuk murabbiy. Undan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Biz «Portu»da ajoyib ikki mavsumni o‘tkazdik. Yana hamkorlik qilish nasib etsa, mamnun bo‘lardim.

Frenk Lempard: - Mourinyo - fantastik murabbiy. U odamning ko‘nglini ovlashni yaxshi biladi. «Chelsi»ga kelgach, qalbimni zabt etdi. Undan o‘ziga nisbatan ishonch nafasi ufurib turadi. Balki bu takabburlikdir. Faoliyatimda hech kim meni dunyoning eng yaxshi futbolchisi demagandi. Joze esa aytdi: «Sen tengi yo‘q o‘yinchisan. Faqat buni isbotlash uchun bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishing lozim».

Didye Drogba: - U mening hayotimni o‘zgartirib yubordi, eng yaxshi futbolchi maqomiga ega bo‘lishim uchun eng kuchli jamoada eng yaxshi murabbiydan saboq olishim kerakligini aytdi. 24 mln. funtga arzimasligim haqida ko‘p eshitganman. Lekin Londonni tark etayotganimda xarajatlarni to‘la oqladim, deb o‘ylayman.

Samyuel Eto~O: - Joze - tengsiz mutaxassis. Agar u raqib jamoa ustozi bo‘lsa, har qancha nafrat kamlik qiladi, jahlingizni jilovlay olmaysiz. U siz tomonda bo‘lsa, motivasiya borasida tashvishlanmaysiz. Bu masalada undan o‘tadigan murabbiy yo‘q.

Zlatan Ibrohimovich: - Nima uchun Mourinyo benazir? Chunki unda g‘oliblik ruhiyati bor. G‘alaba uchun hech narsani ayamaydi, o‘yinni yaxshi tushunadi. Joze o‘yindagi vaziyatlardan emas, shogirdlarining aql-zakovatidan unumli foydalanadi.

Bugungi Joze

Sesar Aspilikueta: - G‘amgin kun. Jamoaga ko‘rsatgan yordami va menga bergan saboqlari uchun Jozega rasman minnatdorlik bildirishni istayman. Kelajakda omad unga yor bo‘lishini tilayman. Mourinyo bilan muhim sovringa erishib, muxlislarga unutilmas onlarni hadya etdik. Uni hech qachon unutishmaydi. Rahmat, mister!

Rafael Varan: - «Real»dagi ikkinchi mavsumimda Mourinyo menga dakki bergandi. Chunki maydonda o‘zim istagan o‘yinni ko‘rsata olmayotgandim. U mendan nima uchun mashg‘ulotlarda yugurmay qo‘yganimni so‘radi. Jo‘yali javob topolmagach, ming‘irlab qo‘ya qoldim. Ammo uning haq ekanligini, tanbehga loyiqligimni sezib turardim. Mourinyoga ko‘p gapirish shart emas. U ham bor gapni qisqa va lo‘nda qilib yuzingga aytib qo‘ya qoladi. Lekin doimo bizning foydamizga gapirishi aniq.

Bayi: - Kim nima deyishidan qat’iy nazar, «Old Trafford»da maydonga tushishimga imkon bergan bu insondan bir umrga minnatdorman.

Branislav Ivanovich: - U sening o‘zing ham bilmaydigan fazilatlaringni kashf etadi. O‘yin bobida ham, insoniy nuqtai nazardan ham. Jozega nisbatan befarq bo‘lishning umuman iloji yo‘q. Sen uni hurmat qilishga yoki nafratlanishga majbursan. Aynan shu xususiyati uning benazir ekanligini tasdiqlaydi. Mourinyo bilan hamkorlik qilganimdan baxtiyorman.

Matich: - Mourinyo bilan doimo, jumladan, «Chelsi»da ham yaxshi munosabatda bo‘lganman. Ba’zida u bilan til topishish qiyin bo‘ladi. Chunki Joze doimo yaxshiroq to‘p surishimizni talab qiladi. Uning nazdida faoliyatingdagi eng yetuk o‘yin ham imkoniyatlaringga to‘la baho bera olmaydi.

Fabregas: - Jozeni qattiq hurmat qilaman va o‘zimni undan qarzdor deb hisoblayman. Meni «Chelsi»ga u olib keldi, jamoa yetakchisi bo‘lishimga ko‘maklashdi. Londondagi so‘nggi kuniga qadar menga ishonch bildirdi. Undan bir umrga minnatdorman.

Villian: - Mourinyo bilan bog‘liq ko‘pgina yorqin xotiralarni hikoya qilishga tayyorman. U nafaqat men, balki barcha jamoadoshlarim va muxlislar uchun buyuk murabbiy maqomida bo‘lgan.

Ozil: - Men uchun Mourinyo ota qatorida. U - tengi yo‘q ustoz, yorqin shaxs va g‘amxo‘r murabbiy.

Di Mariya: - Avvalgi mavsumda Mourinyo menga ko‘p yordam bergandi. O‘shanda ketma-ket jarohatlar meni holdan toydirgandi. Endi oyoqqa turganimda yana jarohat olardim. Albatta, rafiqam doimo yonimda bo‘lib, ko‘nglimni ko‘tarib turdi. Lekin murabbiyning har kungi daldalari kuchimga kuch qo‘shdi. Ta’kidlash joizki, Joze shikastlangan shogirdlariga sog‘lom futbolchilardan ko‘ra ko‘proq e’tibor beradi.

Diyego Kosta: - Mourinyo menga ko‘p yordam bergani va undan minnatdor ekanligimni juda ko‘p e’tirof etganman. Har qanday futbolchi eng yaxshi murabbiydan saboq olish va mahorat cho‘qqisiga tezroq ko‘tarilishni istaydi. Joze shunday mutaxassislardan biri. «Chelsi» taklifini ko‘rib chiqayotganimda, Mourinyoning Londonda ekanligi hal qiluvchi rol o‘ynagandi.

Mourinyoning tanQidchilari

Iker Kasilyas: - O‘ylashimcha, Mourinyo bilan shaxsan o‘zim orani ochiq qilib olsam yaxshi bo‘lardi.

Valensiya: - Kecha suratga ilova qilingan matnni o‘qimagan holda mulohaza bildirgandim. U mening fikrim emas, buning uchun uzr so‘rayman.

Serxio Ramos: - Mourinyo? «Selta» prezidenti xususida hech narsa deya olmayman.

David Luiz: - Agar Joze endi unga men yetishmayotganimni aytsa, o‘zini-o‘zi inkor etgan bo‘lardi. U nima deyishi kerak bo‘lsa, shuni aytdi.

Felipe Luis: - Ispaniyaga qaytish taklifini olgach, qaytdim. Aslida Angliyadagi faoliyatimni davom ettirishni istardim. Biroq menga hozirgi sharoit Mourinyo davridagidek emasligi yoqmadi.

Aleksis Sanches: - Nazarimda, «MYU»dagi har bir uchrashuvda jamoa uslubiga moslashish men uchun qiyin kechdi. Lekin yangi jamoadoshlarimga ko‘nika boshladim.

Pol Pogba: - Yangicha imzo o‘ylab top...

Genrix Mxitaryan: - «MYU»ni «Arsenal»ga almashish mumkinligi haqida eshitganimda, darrov rozi bo‘ldim, ikkilanib o‘tirmadim. Men uchun eng muhimi hujumkor jamoada to‘p surish edi.

Eden Azar: - Mourinyo rahbarligidagi oxirgi mavsum biz uchun og‘ir bo‘ldi. Biz g‘alaba qozona olmadik, mashg‘ulotlar, o‘yin-kulgilarni yig‘ishtirib qo‘ydik. U ketishi bilan hammasi joyiga tushdi. Ammo mendan qaysi murabbiy bilan ishlashni xohlaysan, deb so‘rashganida, albatta, Mourinyoni tanlagan bo‘lardim.

Ronaldu: - Joze Mourinyo haqida gapirishni istamayman, bunga vaqtim yo‘q. Ammo ser Aleks Fergyuson xususida istagancha suhbatlashishga tayyorman, Mourinyo meni mutlaqo qiziqtirmaydi.

Karim Benzema: - Mourinyo bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lganman. Biroq uning o‘sha monologi xolis fikrlardan yiroq edi. U mening ustimdan kuldi. Bunday vaziyatda unga bo‘lgan hurmatimni saqlab qola olmasdim.

Ro‘yxatda Shevchenko, Krespo, Raul, Shvaynshtayger, Saloh va De Bryuynelarga o‘rin berilmadi va shunday bo‘lishi lozim edi. Chunki bu umuman o‘zgacha tarix. Mayli, g‘alaba «Benazir» tomonida bo‘la qolsin!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:33, 30.12.2018. O'qildi: 4308 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик