Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • 1:2
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • 2:2
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 4:0
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Inter
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • 2:2
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • 3:2
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Alaves
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 27 35
9 Atletik Bilbao 27 35
10 Osasuna 27 34
11 Xetafe 26 32
12 Jirona 27 31
13 Rayo Valyekano 26 30
14 Sevilya 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prezident qarori, «Malibuli» olimpiyachilar, «Real» bilan kelishuv, formati o‘zgartirilgan Superliga – 2018 yilda qanday ishlar bajarildi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2018 yil ortda qoldi. Yaxshi niyatlar bilan 2019 yilni boshladik. Oldinda katta musobaqa – Osiyo Kubogi kutib turibdi. Milliy terma jamoaga mazkur musobaqada omad tilagan holda, o‘tgan yilga bir nazar tashlaymiz. 2018 yil o‘zbek futboli uchun muvaffaqiyatli boshlandi. 

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, chempionlikka erishdi. Vakillarimiz dramatik tarzda kechgan final uchrashuvida Vyetnam ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zbek futboli tarixidan joy olishdi. Chempionlar yurtimizga qaytib kelgandan keyin Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan munosib taqdirlanib, g‘oliblarga “Malibu” avtomashinalari topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2018 yil 16 mart kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Mazkur qarorda O‘zbekistonda futbol rivojiga katta ta’sir o‘tkazadigan ko‘plab masalalar qatorida, Respublikamizning har bir viloyatida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil etish ham ko‘zda tutilgandi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, 14ta hududiy va Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil qilindi. 

Milliy chempionatimizda ham katta islohotlar boshlanib, chempionat formati o‘zgartirildi. Superliga va Pro-liga tashkil qilindi. Jamoalar soni 12taga qisqartirilib, “oltin ochko” qoidasi joriy qilindi. Buning natijasida chempionat qizg‘in kurashlar ostida kechib, har bir uchrashuvda muxlislar shiddatli bahslar guvohiga aylanishdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov mavsum boshlanishidan avval hududlarga safar uyushtirib, viloyat futbol assosiasiyasilari tomonidan mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishdi. Superliga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan stadionlar, u yerdagi infratuzilmalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyatlardagi stadionlarda o‘tkazilgan mavsumning ochilish uchrashuvlarida qatnashdi.

Milliy terma jamoamiz uchun kuchli sparring-raqiblar tanlash va ular bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish borasida ham ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mart oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokash va Senegal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.

Shuningdek, may oyida Eron bilan, iyunda tarkibida Luis Suares, Edinson Kavani bo‘lgan Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib borildi. E’tiborli tomoni, ushbu terma jamoalarning barchasi JCH-2018ga yo‘llanma olgan bo‘lib, ular mundialga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonga qarshi bahs olib borishdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bolalar futbolini rivojlantirish, bu yo‘lda futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, ulardan unumli foydalanish borasida ham ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, avvaldan tasdiqlangan reja asosida yil davomida ko‘plab musobaqalar, turnirlar, Respublika chempionatlari tashkil qilindi.

Ushbu musobaqalarda qatnashgan yosh futbolchilarga sovg‘alar, Kuboklar va diplomlar topshirildi. O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari a’zolari 5ta yosh toifasida o‘tkazilgan Respublika chempionatlarini diqqat bilan kuzatib borib, mazkur musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarni terma jamoalarga jalb qilishdi.

Shuningdek, futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasidan unumli foylanish maqsadida, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga safar uyushtirib, Ispaniya futbol federasiyasi va Madridning “Real” klubi rahbariyati bilan hamkorlik bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Ana shu kelishuvlarga asosan, “Qirollik klubi” akademiyasi murabbiy va mutaxassislari iyun oyida yurtimizga tashrif buyurishdi. Ular ikki haftaga yaqin vaqt davomida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan yosh futbolchilarga mahorat darslari o‘tishdi. Ushbu kelishuvning ikkinchi qismiga ko‘ra, O‘zbekistondagi yosh futbolchilar orasidan tanlab olingan 40 nafarga yaqin bolakaylar Madridga olib ketildi. Ular “Real Madrid” klubi bilan yaqindan tanishib, klub akademiyasida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Hamkorlikning keyingi bosqichida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutaxassislari O‘zbekistonning turli viloyatlarida bo‘lib, u yerdagi bolalar bilan mahorat darslari va mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar hali davom etadi.

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) tomonidan poytaxtimizda 3ta musobaqa tashkil etildi. 16 va 15 yoshgacha o‘g‘il bolalar va ayollar terma jamoalari o‘rtasida tashkil qilingan musobaqalar yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va O‘zbekiston terma jamoalari qatnashishdi. O‘zbekiston U-16 va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari musobaqa g‘olibiga aylanishganini ham alohida ta’kidlash kerak.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Rossiyadagi Jahon chempionati paytidagi uchrashuvlari chog‘ida OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish uchun kelishib olishgan edi.

Shu munosabat bilan 26 sentyabr kuni poytaxtimizda ilk bor OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari, xususan OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa hamda Bosh kotib Dato Vindsor Jon boshchiligidagi delegasiya a’zolari qatnashishdi. Ushbu tadbir davomida ko‘plab muhim qarorlar qabul qilinganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

O‘zbekiston milliy terma jamoasini bo‘lajak Osiyo Kubogi va Jahon chempionati bahslariga munosib tayyorlash uchun kuchli xorijiy mutaxassisni terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlash borasida ham uzoq vaqt muzokaralar olib borildi. Nihoyat, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga argentinalik taniqli mutaxassis Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlandi. U terma jamoamizni qabul qilib olishi bilan tayyorgarlikni boshlab yubordi. Avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida milliy terma jamoamiz uchun yig‘inlar tashkil qilindi. 

Bundan tashqari, sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlaridan unumli foydalanib, terma jamoamiz uchun Suriya, Eron, KXDR, Qatar, Livan va Janubiy Koreyaga qarshi 6ta o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilindi. Bu o‘rtoqlik o‘yinlarida vakillarimiz 2ta g‘alaba, 2ta durang va 2ta mag‘lubiyat qayd etishdi.

Shuningdek, dekabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Turkiyada yig‘in tashkil qilindi. 15 kun davom etgan yig‘in davomida Ektor Kuper Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Ayni paytda milliy terma jamoa a’zolari Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishdi. Umid qilamizki, biz uchun 2019 yil ham xuddi 2018 yil kabi muvaffaqiyatli boshlanadi!

Manba: Stadion
Kiritildi: 10:35, 02.01.2019. O'qildi: 6709 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.