Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      • Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      • Andijon
      • 4:0
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:1
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Jenoa
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • 2:0
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Paxtakor 1 3
3 Buxoro 1 3
4 Bunyodkor 0 0
5 Dinamo 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Mash’al 0 0
8 Nasaf 0 0
9 Navbahor 0 0
10 Neftchi 0 0
11 OKMK 0 0
12 Surxon 0 0
13 Xorazm 0 0
14 Qo‘qon-1912 1 0
15 Qizilqum 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

28/02/26 Neftchi - Mash’al
28/02/26 Lokomotiv - Surxon
28/02/26 Dinamo - Navbahor
01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo Kubogi kundaligi, 5-kun: Telba teskari Osiyo Kubogi

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Osiyo kubogi-2019
Rukn: Yangiliklar
A A A
Osiyo Kubogi sensasiyalar bilan boshlandi. Mezbon BAAning Bahraynga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan arang qutulib qolganini birinchi o‘yindagi hayajonga yo‘yish mumkindir, ammo Osiyo grandi hisoblangan Avstraliyaning Iordaniyaga mag‘lub bo‘lishi... Buni izohlash qiyin. Hindiston-chi? Tailandga naq to‘rtta gol urdi! Yaqin-yaqingacha Hindiston deganda sport turlaridan faqat kriket ko‘z oldimizga kelardi... Endi uning yoniga futbol ham qo‘shiladi, shekilli.

Bugun peshindan keyin biz joylashgan mehmonxonaga Birlashgan Arab Amirliklarida har kuni 100 ming nusxadan ko‘proq tirajda chop etiladigan “Al-Ittihod” gazetasi muxbirlari kelishdi. Futbolchilarimizan intervyu olish niyatlari borligini ma’lum qilishdi. Men ularga hozir futbolchilar o‘z xonalarida hordiq chiqarishayotganini, bezovta qilish mumkinmasligini, faqat mashg‘ulotga ketishdan bir oz avval ulardan intervyu olish imkoni bo‘lishini aytib o‘tdim. Kelishganimizdek, soat 17:20da “Al Ittihod” gazetasi jurnalistlari yana kelishdi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubi a’zosi Fozil Musayev intervyu beradigan bo‘ldi.  Fozil mahalliy muxbirlarga intervyuni sof ingliz tilida berganini ham alohida ta’kidlash kerak. Gazeta xodimlari ajoyib intervyu uchun tashakkur bildirib, bizga omad tilagancha xayrlashishdi.


Mashg‘ulotga ketishda qiziq voqe ro‘y berdi. Avvalgi kundaliklarda aytib o‘tganimdek, biz bilan Suriya terma jamoasi ham bir mehmonxonada joylashgan. Biz mashg‘ulotga ketayotganda ular o‘yinga yo‘l olishayotgandi. Aytish kerakki, Suriya terma jamoasini o‘yinga kuzatib qo‘yish uchun mehmonxona oldiga anchagina muxlis yig‘ildi. 


Bizni mashg‘ulotga olib borish kerak bo‘lgan haydovchi O‘zbekiston terma jamoasining avtobusi jo‘nab ketganini ko‘rmay qoldi. Qarasak, suriyaliklar avtobusi yurishini poylab yo‘l chetida turibdi. Biz unga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari joylashgan avtobus allaqachon ketib bo‘lganini tushuntirganimizdan keyin yo‘lga tushdi. Natijada mashg‘ulotga biz – O‘FA Matbuot xizmati xodimlari bir oz kechikib yetib bordik. 

Borsak, mashg‘ulotlar avjida ekan. Kuper himoyachilar bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda. Ularga zarurat tug‘ilganda bir-birlarining pozisiyasini yopish uchun qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. Qolgan futbolchilar esa avvaliga o‘zaro pas o‘ynashdi. Keyin ikkiga bo‘lingan holda maydonning yarmida futbol uchrashuvi o‘tkazildi. Rasmiy o‘yin boshlanish sanasi yaqinlashgan sari mashg‘ulotlardagi yuklamalar ham yuqoridan pastga qarab kamayib boryapti. Maqsad — futbolchilarning jismoniy holatini bir me’yorga tushirib olish. 

Mashg‘ulot o‘tkazayotganimizda maydon chetida suratga olayotgan fotograflarni ko‘rib qoldim. Soatga qarasam, 15 daqiqa o‘tib bo‘libdi. Reglamentga ko‘ra, mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo‘lishi shart. Keyin esa terma jamoa mashg‘ulotni yopiq o‘tkazishga haqqi bor. Kuper har kungi mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasidan tashqari qolgan qismi yopiq bo‘lishini aytib o‘tgandi. 

Shu sababli fotograflarning oldiga borib, ulardan maydonni tark etish kerakligini tushuntirdik. Bittasi indamay ketti, ikkinchisi Ummondan kelgan ekan. “Hm, shpion”, - deb qo‘ydim ichimda. U mendan O‘zbekiston terma jamoasi haqida ma’lumotlarni so‘ray boshladi. Ataylab “six ham, kabob ham kuymaydigan” qilib javob berdim. Ummon terma jamoasini nihoyatda hurmat qilishimizni aytib o‘tdim. Aslida ham shu. Raqibni mensimaslik haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas. Avstraliya – Iordaniya uchrashuvidan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak.

Mashg‘ulotda barcha astoydil mehnat qildi. Hamma birinchi o‘yin mas’uliyatini his qilib turibdi. Faqat g‘alaba, boshqa fikr yo‘q xayolda! Mashg‘ulot davomida bir-biridan chiroyli gollar kiritildi. Bunday gollarning takrorini rasmiy o‘yinlarda ham kutamiz endi.    Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i Sharja, BAA
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 07:54, 07.01.2019. O'qildi: 12379 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Бухоро Sherzod Esanov 1
6 Андижон Nemanya Chalasan 1
7 Андижон Martin Boakye 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.