Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Keldi, ko‘rdi, ketdi» – «hech kim»ga aylangan Babayanni tanqid qilish to‘g‘rimi?

Baho:
+ | -4
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha, 26 fevral kuni O‘zbekistonning "Lokomotiv" klubi terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayanni klub prezidentining maslahatchisi etib tayinlaganini e’lon qildi.

Albatta, futbol jamoatchiligi kutilmagan yangilikni eshitib, hayron qolgani rost! Ammo O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Samvel Babayanni umrbod emas balki, 15 kunga chetlatgani odamni bundan ham ko‘proq ajablantiradi.

Chunki O‘FAning internetdagi rasmiy sahifasida 2018 yilning 15 yanvar kuni: “Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi” sarlavhasi ostidagi rasmiy ma’lumot e’lon qilingan.

Xabarda: “O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirildi” so‘zlari katta harflar bilan yozib qo‘yilgan.

Keyinchalik Babayanning diskvalifikasiya bekor bo‘lganini e’lon qilish, ularning shunchaki, yodidan ko‘tarilgan.

Istaysizmi, yo‘q-mi, O‘FA Samvel Babayanga O‘zbekistonda yana faoliyat olib borishga ruxsat beribdi. Bor gap, O‘FAning umrbod chetlatilish qabilidagi jiddiy so‘zlari asli 15 kunga tatibdi.

Babayan bugun bergan intervyusida diskvalifikasiya umrbod bo‘lmagani, chetlatish O‘FA ijroqo‘mining 2018 yil 1 fevraldagi 5-sonli qaroriga ko‘ra bekor bo‘lganini aytib o‘tdi.

Demak, Babayan O‘zbekistonda yoki boshqa chet el davlatlarda kerakli lisenziya bilan ishlashga haqli albatta. O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" unga ishondi, O‘FA ham unga eshiklarini ochyapti.

Nima demoqchimiz? Babayanning qaytishi bilan ko‘plab internet nashrlarida uning yuzini qoralab, terma jamoadagi faoliyatiga oid ishlarini tanqid qilgan holda ayrim tanqidiy maqolalar e’lon qilindi.

To‘g‘ri, har bir jurnalistning har bir nashrning o‘ziga yarasha pozisiyasi bor, lekin shu qatorda biz 15 daqiqada yozilgan tanqidiy maqolamiz bilan nimaga erisha olamiz? "Lokomotiv" Samvel Babayan bilan kelishib bo‘ldi, "poyezd boradigan joyiga yetib borib bo‘ldi".

Tanqid – rivojlanish, kuchayishga bo‘lgan bir turtki bo‘ladi. Agar qilinayotgan tanqid to‘g‘ri va ta’sirli bo‘lsa, albatta.

Bir jihatga e’tibor qaratishingizni istardik: Babayan O‘zbekiston terma jamoasiga yana bosh murabbiy etib tayinlanmadi. U shunchaki, "Lokomotiv"da rahbar maslahatchisi, hatto rahbar ham emas.

U na terma jamoa ishiga na bir futbolda jiddiy harakatlarga aralasha olmaydi.

Babayanning vazifasi: Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish, "Lokomotiv»" bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish, klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat ekan.

Xo‘sh, bu yerda siz juda ham yomon ko‘rgan, uni mabodo ko‘chada ko‘rib qolsangiz ichingizdagi bor negativ so‘zlaringizni aytib tashlashga tayyor bo‘lgan shaxs endi shunchaki, oddiy maslahatchi.

Babayanning qaytishida O‘FAni ham aybdor qila olmaymiz, chunki O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda olib borayotgan islohotlarini to‘g‘ri yo‘ldan davom ettirishda ishtirok etayotgan faol shaxslardan biri bo‘lishga ulgurib bo‘ldi. Umid Ahmadjonov kabinetida o‘tirmadi, juda ko‘p va xo‘p ishladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan shu vaqtgacha bir necha o‘zbekistonlik mahbuslar muddatidan avval ozod etildi, bir qanchasiga esa berilgan jazo yengillashtirildi. Qamoqqa olingan mahbuslar turli hil jinoyatlar bilan ozodlikdan cheklangan edi.

Ular orasida, afsuski, firibgarlik, o‘g‘rilik, hujjatlarni qalbakilashtirish, odam o‘ldirish kabi mudhish jinoyatlar bilan shug‘ullangan insonlar ismini o‘qishimiz mumkin edi.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham yoshini kichraytirishda ayblangan aynan shu masalada aybdorligi aniqlangach, Nodirbek Teshaboyev, Muhammadjon Abdullayev, Nuriddin Hasanov, Dilshod Ahmadaliyev, Burxon Hasanov kabi futbolchilarni chetlashtirdi.

O‘tgan davr mobaynida ulardan aksari o‘z aybini tushunib yetib, hujjatlar bilan bog‘liq masalalarini to‘g‘riladi. Shuningdek, tashkilotga bir necha bor xat bilan chiqib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi. 

Yakunda Muborak Ramazon oyi yakuni hamda Hayit ayyomi arafasida O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov aybini tushunib yetgan futbolchilarga yana bir bor imkoniyat berish maqsadida Ijroqo‘mga tashkilot ustavining 65-modda 1.2-bandiga asosan aybdor deb topilganlar masalasini qaytadan ko‘rib chiqish taklifini berdi. Shunday qilib, oilasini dumaloq to‘pning ortidan yugurib boqadigan, ota-onasiga faqat futbol orqali yordam bera oladigan futbolchilarga qayta imkon berildi.

Bu sizga yuqorida aytib o‘tilgan Prezident islohotlarining Umid Ahmadjonov tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganidan darak bermayaptimi? Samvel Babayan o‘z yo‘liga, u faoliyati davomida nima qilgan bo‘lsa ham endi O‘zbekiston terma jamoasida ishlamaydi.

O‘FAning bu borada yanada ishonch va sovuqqonlik bilan ishlashiga butun o‘zbek futbol jamoatchiligi ko‘z-quloq bo‘lib turadi. Babayan O‘zbekiston fuqarosi: u hech kimni o‘ldirmadi, u shunchaki bir necha yillardan beri orzu qilib kelinayotgan jahon chempionatiga qo‘l ostidagi terma jamoani olib borishga kuchi yetmadi.

Jahon chempionati orzusi yana to‘rt yilga surildi, terma jamoaga argentinalik mutaxassis Ektor Kuper murabbiy bo‘ldi, Samvel Babayan emas! Tanqid kerak, faqat tanqidni to‘g‘ri qila bila olish kerak. Babayan "Paxtakor"da ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

U rahbarlik qilgan yillari "Paxtakor" 9 bor mamlakat milliy chempionati va 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topildi. "Paxtakor"ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga yetib borishida, 2002 yil mavsum yakunlariga ko‘ra "Osiyoning eng yaxshi futbol klubi" deb topilishida, shuningdek MDH Kubogining 2007 yilgi musobaqasida chempion bo‘lishi hamda keyingi yil finalga qadar yetib borishida Babayanning qo‘shgan hissasi katta edi.

Samvel Babayan qo‘l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida debyutini nishonladi. Asli armanistonlik, ammo O‘zbekistonda voyaga yetgan Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O‘zbekistonning olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga "Paxtakor" menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab berdi. Samvel Babayan o‘zbek futboliga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O‘zbekistonning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi.

Yuqorida keltirilgan faktlarning o‘zi Samvel Babayanga bo‘lgan nafratingizni sal bo‘lsada susaytirishni boshlayaptimi?

"Men professionalman va bularni normal qabul qilaman. Yuqorida aytdim, kim nima desa ham, men vatanimni yaxshi ko‘raman. U uchun nimadir qilgim keladi. Shu sabab O‘zbekistonga qaytdim.

Terma jamoa uchun meni tanqid qilishganini bilaman. Lekin men terma jamoa murabbiyligida maydonda borimni berganman. Qo‘limdan kelganini qildim.

Men terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishdan oldin buning qanchalik katta mas’uliyat ekanini bilardim. Menimcha, biz albatta Jahon Chempionatiga chiqamiz. Bunga ishonchim komil, chunki bizda yaxshi futbolchilar ko‘p", – Samvel Babayan.

"Umid qilamanki, hayotimdagi bu qisqa bosqich, iyun oyida tugaydi. Men o‘zimdan emas boshqalardan xavotir olyapman", – Joze Mourino o‘zining qaytishi haqida shunday deydi.

Ha, Samvel Babayan O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan, O‘zbekistonning musaffo osmoni havosidan nafas olgan va bundan keyin ham nafas olishda davom etadi. Kimningdir uning imkoniyatlarini cheklashi yoki ishonchsizlik ortidan uning manziliga turli nomaqbul so‘zlarni ishlatishi, o‘zbekchiligimizga, ma’naviyatimizga qanchalik to‘g‘ri keladi? Qilinayotgan bu harakatlarimiz ABSURD ekaniga endi ishonch paydo bo‘ldimi?

Bir martalik yashagulik dunyoda hamma xato qiladi: bo‘lishi mumkin kamina ham bu maqolani yozib yana bir katta xatoga yo‘l qo‘yayotgandirman. Lekin birovning fikri, bu men uchun doim birovning fikri bo‘lib qolaveradi.

Yuqorida tanqid haqida mulohaza qilindi, tanqidsiz yashash ham to‘g‘ri kelmaydi. Ammo noloyiq tanqid ortidan, noxolisga aylanib qolish o‘zimizga katta zarar keltirishini tushunib yetganimizda kech bo‘lib qolmasin.

Bandanining qandayligini uning nimalarga mahkum qilinishini bandalar emas aslida yuqorida bizni bilgan yagona zot – Alloh bilguvchidir. U bandasini istaganida rag‘batlaydi, istaganida jazolaydi. Taqdirimizni ham u belgilaydi. Faqat – U!

Taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga qaytgan Babayanning o‘ziga qo‘yib bering, u klubida yuklatilgan vazifalarini oddiy maslahatchi sifatida bajarib yuraversin. Biz esa tanqid qilib, uni yanada ideal bo‘lishiga yordamlashib yubormaylik.

OAVda PR qilib, uni yanada “mashhurlashiga” yo‘l qo‘yib bermaylik... Babayanning qaytishi uning taqdiriga yozilgan, inson o‘z taqdirini o‘zi hal qila olmaydi. O‘ylaymizki, u yetarli jazoni boshidan o‘tkazdi. Qiyin damlarda o‘ziga qilgan xatolarini qaytarmaslikka va’da berdi.

Bir hamkasbimning aytganlaridan foydalanaman: Umid qilamizki, Samvel Babayan bu yog‘iga o‘zbek futboli rivoji uchun kurashadi. «Lokomotiv» rahbariyati bu inson o‘zgarganini, to‘g‘ri maqsad yo‘liga tushib olganini isbotlab beradi. Axir Xudo insof bersa, hech gap emas”.

Hayot o‘zi har bir insonni qo‘lidan keladigan ishga baribir bir kun ro‘baru qiladi: Ektor Kuperga O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyligini, Samvel Babayanga maslahatchilik vazifasini.

Igor Sergeev va Aleksandr Lobanovlarning "status"i endi Babayanning "oltin" davridagidekmi? Lobanov "Metallurg"da, Sergeev qadrdon klubi "Paxtakor"da. Bular terma jamoa haqida hatto o‘ylab ko‘rishlariga ham endi yo‘l qo‘yib berilmaydi?

Aslida, Babayan ham endilikda hamma uchun asosiy “planka”dan allaqachon tushgan, odamlar yodidan chiqib bo‘lgan, omad kelganda O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishni eplay olaman, deya ammo Xalq oldida "hech kim"ga aylangan bir shaxs bo‘lishi kerak emasmi! Babayandan voz kechishning ayni vaqti.

“Manchester Yunayted” ham Mourinyodek murabbiyni bo‘shatdi. Nega?

Chunki Mour "MYU"dagi o‘rnini “Ektor Kuper “Sulsher”ga bo‘shatishi taqdirida yozilgan edi.

Maqoladagi so‘nggi so‘z o‘rnida shaxsan aytishim mumkin, Samvel Babayan sizga o‘zini «benazir» deya atagan Joze Mourinoni eslatmayaptimi?

Xokkey maydonida chilparchin bo‘lgan Mourino va O‘zbekiston termasi bilan orzularni barbod qilgan Babayan. Ikkisining taqdiri naqadar o‘xshash: "keldi, ko‘rdi, ketdi"...

Akmal Eshonxonov

Муаллиф нуқтаи назари Stadion.uz таҳририяти позициясига мос келмаслиги мумкин.

Kiritildi: 03:51, 27.02.2019. O'qildi: 6344 marta. Fikrlar: 32 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.