Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA Samvel Babayan ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayanning Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubida ish boshlashi yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.  

Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng iste’foga chiqarilgandi. Keyinroq tashkilot Samvel Babayanning bosh jamoadagi faoliyatini alohida o‘rganib chiqish talab etilgan o‘n mingdan ziyod maktubni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining portali orqali qabul qilib oldi. Aynan mana shu so‘rovlarga asosan 2018 yilning 15 yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ish ochdi hamda mazkur ish yakuniga qadar O‘FA Ijroqo‘mi murabbiyni futboldan chetlatdi.  

O‘rganishlar Samvel Babayan milliy terma jamoadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangandi degan xulosaga olib keldi. Shuning o‘ziyoq uning uchun terma jamoalar eshiklarini yopish uchun yetarli bo‘ldi. Biroq keyinchalik O‘FA Ijroqo‘miga  “Bunyodkor” futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikasiyani olib tashlash so‘ralgan.   “Bunyodkor” futbol klubi S.Babayanga shaxsiy kafil bo‘lish tashabbusini bildiradi va unga qo‘llanilgan intizomiy chorani yengillashtirishni so‘raydi. Zero so‘nggi vaqtlarda davlat rahbarining shaxsan o‘zi bilib-bilmay aybli qilmish qilgan va o‘z aybidan chuqur pushaymon bo‘lgan shaxslarni afv etmoqda. O‘z navbatida aybini tan olgan va uni yuvish uchun mehnat qilishga tayyor turgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik prinsipini qo‘llagan holda yordam qo‘lini cho‘zish zarur deb hisoblaymiz”, — deyiladi  yozilgan bildirgida.   

O‘FA Ijroqo‘mi a’zolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. Shu tariqa O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ochilgan ish 2018 yilning 1 fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikasiyasi bekor qilindi.      

Samvel Babayan termada faoliyat olib borgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, uning termaga bosh murabbiy etib tayinlanishi borasidagi qarorning uzviy davomidir. Bu holat O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga xulosa o‘rnida xizmat qilib, milliy terma jamoa bosh murabbiyi javob berishi kerak bo‘lgan aniq talablar ishlab chiqilishi vazifa sifatida O‘FA Terma jamoalar bo‘limiga topshirildi. Unga ko‘ra, milliy terma jamoani keyingi o‘rinlarda Yevropa va Lotin Amerikasi futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan, ulardagi ustun jihatlarni o‘zbekistonlik futbolchilarga o‘rgata olish salohiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, faoliyati davomida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritgan mutaxassis boshqarishi kerak edi. O‘FA shundan kelib chiqqan holda milliy terma jamoaga taniqlik argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni olib keldi.   O‘FA bundan buyon Samvel Babayan O‘zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:18, 27.02.2019. O'qildi: 7586 marta. Fikrlar: 27 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик