Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

VAR – bu kosmos

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

REFERI VIDEOASSISTENTINING «FIORENTINA» FOYDASI VA SPAL ZARARIGA ARALASHUVI. Italiya «A» seriyasi 24-turidan o‘rin tolgan SPAL - «Fiorentina» o‘yinida VAR tizimiga doir yana bir qator savollar yuzaga chiqdi.

Diqqat qiling, mezbonlar bu uchrashuvda bemalol g‘alaba qozonishlari mumkin edi, biroq yakunda videoassistent tizimi tufayli 1:4 hisobidagi alamli mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘lishdi.

Qanaqasiga? Axir hisob florensiyaliklar katta tashabbusga erishishganini ko‘rsatib turibdi-ku. Gap shundaki, final hushtagi yangrashiga atigi 15 daqiqa qolganida ham, hisob 1:1 edi va ayni lahzalarda VAR «Firentina»ga penalti tortiq etdi, boz ustiga, SPALni toza goldan mahrum qilgan holda... Sports.ru saytining quyidagi maqolasi shu o‘yin tafsiloti haqida.

Aslida SPAL — «Fiorentina» o‘yini jamoalarning turnir jadvalidagi holati nuqtai nazaridan oddiy maqomga ega edi. Lekin voqealar rivojiga ko‘ra, ayni shu bahs 17 fevral oqshomiga belgilangan uchrashuvlar orasida alohida e’tibor talab qildi. Chunonchi, Italiya chempionati 24-turi doirasidagi ushbu o‘yinda VAR tizimi bosh rolga chiqdi, bor «nyuans»lari bilan bo‘y ko‘rsatdi. Tushunarliki, SPAL nisbatan kuchli «Fio»ga munosib qarshilik qilish uchun ancha ter to‘kdi va o‘yin oxiriga qadar 1:1 hisobini saqlab qolish ilinjida edi. Ammo 74-daqiqada reallikka aslo to‘g‘ri kelmaydigan voqealar kuzatildi.

1. «Fiorentina»ning yosh yarim himoyachisi Federiko Kyeza jarima maydoni ichiga yorib kirdi va raqib himoyachisi bilan to‘qnashib ketib, maydonga quladi. Bosh hakam Luka Payretto bu vaziyatda penalti yo‘qligini bildirib, o‘yinni davom ettirishga ishora qildi.

2. Referi ishorasidan so‘ng SPAL futbolchilari darhol qarshi hujumga o‘tishdi va hattoki, gol urishni ham uddalashdi. «Fiorentina» darvozasini nishonga olgan Mattia Valoti gol quvonchini maydon chetidagi bolakay bilan baham ko‘rishni o‘yladi, chog‘i, unga qarab yugurdi. Xullas, hisob 2:1 - florensiyaliklar mag‘lubiyat yoqasida.

3. Biroq, lekin, ammo... Mehmonlar baxtiga, futbolda endi ko‘p narsaga qodir va hakam qarorini ham bemalol «kesadigan» VAR videotakrorlar tizimi bor. Xullas, SPAL golni tuzukroq nishonlashga ham ulgurmasidan vaziyatga texnik vosita aralashdi va barchasi bir zumda chappasiga aylandi. Ya’ni ma’lum muddatdan so‘ng tabloda 2:1 o‘rniga 1:2 hisobi porladi. Oddiy aytganda, bosh hakam Luka Payretto VAR tizimi ta’sirida mezbonlarni karaxt ahvolga solgan qarorga keldi:

A). SPAL golini bekor qildi.

V). Mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi.

Videotakrorlarni qayta-qayta ko‘rgan Payretto yakunda mezbonlar Kyezaga nisbatan qoidaga zid harakatlanishganiga ishonch hosil qildi. Bu ishonch samarasi - SPAL darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilash va uning golini hisobga olmaslik. Axir mezbonlar golni Kyezaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik evaziga boshlangan qarshi hujum yakunida urishgandi. Keyin fransiyalik Jordan Veretu penaltini golga aylantirib, kimlargadir tushunarli va kimlargadir tushunarsiz holatga nuqta qo‘ydi. Alohida aytish kerak, Kyezaga qo‘pollik qilingan vaqtdan 11 metrli jarima zarbasi tepilguncha 4,5 daqiqa vaqt o‘tdi. Goldan mahrum bo‘lish va penalti ko‘rinishida jazolanish ortidan «shok»ka tushgan mezbonlar qolgan daqiqalarda o‘zlariga kelolmadilar va «Fiorentina» o‘yin yakuniga qadar hisobni 4:1ga yetkazib qo‘ydi. Ammo VAR bo‘lmaganida, «binafsharanglar» ehtimolki, 1 ochko ham ololmasmidilar.

- Odatga ko‘ra, hakamlik haqida sira gapirmayman. Bugun ham sukut saqlayman. Chunki gapirishdan ma’no yo‘q? — bu videotakrorlar tizimidan aziyat chekkan jamoa bosh murabbiyi Leonardu Semplichichining so‘zlari. Uning rahbari - SPAL prezidenti Valter Mattioli aksincha, bor alamini to‘kib solishdan tiyilmadi: «Bu sof o‘g‘rilik! Bizdan g‘alabani tortib olishdi. 90 daqiqalik o‘yin-dagi bitta vaziyatni 100 yildan ke-yin qayta ko‘rib chiqish mumkinmi? Boz ustiga, ikkinchi jamoa gol urishga ulgurgan bo‘lsa... Eng asabni buzadigan tomoni shuki, Kyezaga qarshi qo‘pollik ishlatilgani shubhali... Ushbu futbolchi bunday vaziyatlarda nimalarni o‘ylab topishga qodirligini hamma biladi. Xullas, sharmandalik!» Mattioli so‘zlarida haqiqat ulushi ham bor, albatta. Yo‘q, VARga e’tiroz yo‘q, hakamga esa... Eng asosiy e’tiroz - mayli, u penalti bo‘lganiga shubhalangan bo‘lsa, o‘yinni o‘sha lahzada to‘xtatib, videotakrorni ko‘rmaydimi? Payretto esa «uxlab qoldi», oqibatda SPALning haqqoniy golini bekor qilishiga to‘g‘ri keldi. Shunday ekan, hakamning qaroriga nisbatan mezbonlarda kuchli nafrat uyg‘otgani mohiyatan va mantiqan to‘g‘ri. Ha, hammasi qoidaga mos — Kyeza yiqitilgani videotakrorlarda ko‘rindi va mehmonlar haqli ravishda penalti tepishdi. Ammo SPALning uvol ketgan golichi? Demak, hakamlar VAR bilan hamkorlik qilishga hali ko‘nikishlari kerak. Aks holda, bir tomonning «kuyib» qolishi boshqa kuzatilmasligiga hech kim kafolat berolmaydi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:51, 27.02.2019. O'qildi: 2021 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик