Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxodir Nasimov faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Tajribali hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini yana O‘zbekistonda davom ettiradi. Namanganning “Navbahor” klubi bilan kelishuvga erishgan samarqandlik futbolchining so‘nggi jamoasi Ozarbayjon oliy ligasi ishtirokchisi “Keshla” bo‘lgandi.

Nasimov o‘tgan yili mazkur klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan, lekin kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingandi.

Bunga hamyurtimizning murabbiy tomonidan maydonga tushirilmayotgani, asosan zaxirada qolib ketayotgani sabab bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Bahodir o‘z vaqtida Ozarbayjon futboli bayroqdori – “Neftchi” tarkibida chempionlikka erishgan. Endi esa “lochinlar” sharafini himoya qiladi.

- Bahodir, Ozarbayjon jamoasini shartnoma yakuniga yetmay tark etdingiz...

- Jamoaning zaxira o‘rindig‘ida qolib ketganim bunga sabab bo‘ldi. Oxirgi paytlarda murabbiy umuman maydonga tushirmay qo‘ydi. Natijada o‘yin amaliyotisiz qolib ketdim. Klub rahbariyati bilan uchrashganimdan keyin ketishga qaror qildim.

- Sizning maydonga tushirilmayotganingiz bosh murabbiy bilan o‘rtadagi kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan holatmidi?

- Olti oy ichida uch marta murabbiy almashdi. Eng yomoni, klub rahbariyati murabbiylarning ishiga aralashardi. Ko‘pincha tarkibni ham rahbarlar belgilashardi. Menga 5-10 daqiqa, ko‘pi bilan bir bo‘lim maydonda to‘p surish imkoni taqdim etilardi. Oxiri bunga chiday olmadim va klub rahbaridan shartnomani bekor qilishni so‘radim.

- Klubning qarzi bormidi?

- Yo‘q. Kelishimdan oldin hamma pulimni berishdi. Shartnoma bekor bo‘lgani haqidagi hujjatlarni oldim.

- Bu safargi Ozarbayjon safari ham o‘zingiz kutgandek yakunlanmadi. Qanday xulosa chiqardingiz?

- Ochig‘i, jamoaga moslasha olmadim. Boz ustiga, «Keshla» men kutganchalik kuchli emas ekan. To‘g‘risi, bu savolingizga qanday javob qaytarishga ham hayronman. Agar murabbiy hech bo‘lmasa, 4-5ta o‘yinda imkoniyat berganida, o‘zimni ko‘rsatardim. Aks holda, gol talab qilish to‘g‘rimi? Boshqa tomondan, futbolchi aybni o‘zidan ham izlashi kerak. Xullas, bu galgi safarim omadsiz yakunlandi.

- Ozarbayjonning boshqa klubida qolish varianti yo‘qmidi?

- Taklif bo‘lmadi. O‘ylashimcha, «Keshla» bilan hali amalda yarim yillik shartnomam bo‘lgani uchun ham agentlar murojaat qilishmadi.

- “Navbahor” yig‘inlarida ishtirok etdingiz, o‘rtoqlik uchrashuvlarida gol ham urdingiz. Umuman, Namangan klubidan taklif qachon va kim tomonidan bo‘ldi?

- Bosh murabbiyning chorlovi bilan «Navbahor»ga keldim. Ozarbayjondaligimda Andrey Kanchelskis qo‘ng‘iroq qilib, «Jamoaga yordam berishga tayyormisan?», deb so‘radi. Baribir, ozar klubida o‘ynamayotganim uchun ham bu taklifga rozi bo‘ldim. O‘z gollarim bilan namanganlik muxlislarga quvonch ulashishni maqsad qilganman.

- “Navbahor” mashg‘ulotlarida ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanaqa?

- Ko‘tarinki kayfiyatda shug‘ullanyapmiz. So‘nggi xorij yig‘inimiz Antaliyada o‘tkazildi. Asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi. Umuman olganda, taassurotlar kutganimdek bo‘lib chiqdi.

- Kanchelskisni futbolchi sifatida yaxshi bilamiz. U murabbiylikda qanday ekan? Alohida ajralib turadigan jihatlari bormi?

- Faqat kuch va tezlikka asoslangan mashg‘ulotlarga e’tibor qaratarkan. Bir joyda turib qolishingiz kerak emas.

Doimiy ravishda harakatda bo‘lishingiz lozim. Futbolchilik davrida Angliya chempionatida o‘ynagani uchun ham tezkor futbol tarafdori. Dam olishga fursat berilmaydi. Mashg‘ulotlari shu bilan ham ajralib turarkan. Shaxsan menga Kanchelskis qo‘l ostida shug‘ullanish juda yoqdi.

 “Navbahor” bilan qancha muddatga shartnoma imzolaysiz?

- Bir yillik bitim tuzish bo‘yicha kelishib olganmiz. Agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, kelishuv uzaytirilishi mumkin.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Navbahor” chempionlik uchun kurasha oladimi?

- Nima uchun yo‘q? Jamoa o‘tgan yili ham chempionlik poygasida ishtirok etgan. Bu yil ham klub rahbariyati chempionlik vazifasini qo‘ymoqda. Hozirgi tarkib va murabbiylar shtabi bilan bu maqsadga erishish mumkin, deb o‘ylayman. Qolaversa, klub rahbarlari ham barcha sharoitlarni yaratib berishyapti.

- Terma jamoamizning Osiyo kubogidagi o‘yinlarini ko‘rdingizmi?

- Ha, albatta. Oldinlari Yaponiya va Avstraliya bilan o‘yinlarimiz juda murakkab kechardi. Yirik hisoblarda yutqazardik. Hozir vaziyat ancha o‘zgaribdi. Avstraliya bilan o‘yinda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Yaponiyaga kichik hisobda yutqazgan bo‘lsak-da, yigitlar o‘zlaridan juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Shaxsiy fikrim, Ektor Kuper termamiz o‘yinini o‘zgartira olgan. Argentinalik mutaxassis jamoamizni mundialga olib chiqishiga ishonaman.

Kiritildi: 15:56, 02.03.2019. O'qildi: 3979 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик