Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • OChL-2
      • 06.11.2025 15:00
      • Makartur
      • 2:1
      • Kongan Hanoi
      • 06.11.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 1:2
      • Bangkok Yunayted
      • 06.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 1:1
      • Tampines Rovers
  • «A» Seriya
      • 08.11.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.11.2025 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 08.11.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Verona
      • 08.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 08.11.2025 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.11.2025 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Alaves
      • 08.11.2025 20:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Osasuna
      • 08.11.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Levante
  • APL
      • 08.11.2025 17:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.11.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Fulhem
      • 08.11.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Byornli
      • 08.11.2025 22:30
      • Sanderlend
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9101 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2980 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Арам Задоян.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.11.2025

      05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "КОПА 71".
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      16:35 "Страна спортивная".
      16:55 LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд.
      23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд.
      00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары.
      04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.11.2025

      05:00 "Эволюция спорта".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Астрахань.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:25 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция.
      00:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа.
      21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа.
      21:55 LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция.
      23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerlarimiz geografiyasi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Eskidan legioner futbolchilarimiz haqida yozishni yoqtiraman. Xorijdagi vakillarimiz ishtirokidagi o‘yinlarni imkon boricha qoldirmay ko‘rib borishga harakat qilaman. Tan olaman, ko‘p hollarda bu men uchun o‘zimizning milliy chempionatga nisbatanda birmuncha qiziqroq tuyuladi.

Qaysi ma’nodaki, TV translyasiyalari va maydon sifati bizdagidan ancha yaxshi, o‘yin borasida ham hozircha tenglasha olmaymiz ularga. Maydonda birgina Vatandoshing harakat qilayotgan bo‘lsada, u yerdagi muhit (ayniqsa, maydonning sifati) baribir, o‘zgacha bo‘ladi. Hattoki, o‘sha legioner o‘yinchilarimiz zaxirada qolib ketgan o‘yinlarni ko‘rish ham maroq bag‘ishlayveradi (chunki o‘sha jamoaning natijalari - vakilingning ham natijalari-da!).

Bu borada har doim Rossiya yetakchi o‘rinda bo‘lib kelgan, so‘nggi yillarda bu ro‘yxatga ajib bir o‘lkalar qo‘shila boshladiki, ular xususida yozmaslikning iloji yo‘q...

IKKI TERMIN

Ko‘pchilikda kuzatganman va sezganman - futbolga qiziqqanlarning geografiyadan oz-moz ma’lumoti bo‘ladi, millionlar o‘yini orqali shunga qiziqishga majbur bo‘lishadi ham. Aniqroq aytganda, futbolga bo‘lgan qiziqishi unga geografiyani o‘rgatadi. Xullas, bu ikki termin ko‘p holatlarda bir-biriga yaqin yuradi. Mamlakatlar, shaharlar, ularning orasidagi masofalar, futbol o‘yinlari bo‘ladigan shahar yoki o‘lkadagi iqlim, o‘yin kunidagi ob-havo... xullas, ko‘ryapsizmi, har tomonlama bog‘liq taraflari juda ko‘p. Bu mavzuga bugun biroz ko‘proq to‘xtalganimning sababi bor...

PORTUGALIYA

Bu o‘lkani maktabdagi bilimlarimizdan buyuk sayohatchilar chiqqani orqali tanirdik: yerni birinchi bo‘lib aylanib chiqqan Fernan Magellan ham, mashhurlikda undan qolishmaydigan Vasko da Gama ham aynan portugaliyalik bo‘lishgan. Futboldagi Portugaliyada XX asr o‘rtalaridagi Eysebio, keyinroq Luish Figu va nihoyat, so‘nggi 10-15 yil ichida Krishtianu Ronaldu va Joze Mourinyo ikkiligi mamlakat ramzlari bo‘lib qolishdi. Aynan mana shu shaxs­lar mazkur o‘lkaning dunyoga tanilishida yetakchi rol o‘ynaganlar.

OROLLIK KRISHTIANU

2003 yili «Mavsum kashfiyotlari» ruknida maqolalar chop etgandim. Shularning birida endigina «Manchester Yunayted»ga o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida yozilgandi. O‘shanda Ronaldu Yevropaning eng g‘arbiy chekka hududida joylashgan Portugaliyadan ancha uzoq bo‘lgan Madeyra orolidan chiqqan, degan gaplarni yozganim esimda. O‘shanda, odatga ko‘ra, Madeyra orolini xaritadan topib, ancha o‘rganib chiqqandim.

SARDOR RASHIDOV

Osiyo kubogi davom etayotgan payt Rashidovning Portugaliya klubi bilan shartnoma imzolashi barchamiz uchun kutilmagan voqelik bo‘ldi. Rostdan ham, anchadan buyon bunday yoqimli xabar eshitmayotgandik. Men Sardorning «Nasyonal» bilan shartnoma imzolagani haqidagi xabarni eshitgan ilk kezimda o‘sha eski maqolamizdagi Madeyra orolini esladim. Haqiqatanda, Rashidovning yangi klubi mazkur orolda joylashgan Funshal shahri sharafini himoya qiladi.

MADEYRA OROLI VAFUNSHAL SHAHRI

Rosti, Sardor Rashidovga «Nasyonal»ga o‘tishi jarayonida ko‘pchilik ilg‘amagan bir tomondan juda havasim keldi. U nafaqat futbol tomonidan, balki odatiy hayotida ham juda omadli yo‘lga ketdi. Madeyra oroli va u borgan Funshal shahri nafaqat Portugaliya, balki butun Yevropa uchun kurort o‘lka sanaladi. Atlantika okeanining ancha ichkari qismigacha kirib ketadigan Madeyra oroli Portugaliya qirg‘oqlaridan deyarli 1000-1200 kilometr narida bo‘lib, unga Portugaliyadan ko‘ra hatto Marokash va G‘arbiy Sahroi Kabir ham ancha yaqinroq. Rashidov borib o‘ynayotgan Madeyra orolida va aynan Funshal shaharchasida o‘sha buyuk Krishtianu Ronaldu tug‘ilib, ulg‘aygan. Ana shunday ekzotikaga ega Madeyraga borib o‘ynashni kim ham orzu qilmaydi, deysiz?!

OLIS YEVROPADA TO‘PSURGAN VAKILLARIMIZ

Ular barmoq bilan sanoqli. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk yillarda Stepan Atoyan Gresiyaning «Proodeftiki», Usmon Toshev Vengriyaning «Solnok», Igor Shkvirin Isroiling «Xapoel» va «Makkabi» klublarida o‘ynashgani esimda (oxirgi mamlakatni agar Yevropa de­yishning iloji bo‘lsa). Deyarli hech kimga ma’lum va mashhur bo‘lmasada, biz uchun shunisi ham qiziq bo‘lavergan, o‘sha davrlarda.

2001-2004 yillar oralig‘ida «Yuventus» yoshlar jamoasida to‘p surgan va keyinchalik «Redjina»ga o‘tgan Ilyos Zeytullayev mazkur jamoa safida Italiya «A» seriyasida to‘p surgan ilk o‘zbekistonlikka aylangandi. Lekin 2005 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan ana shu debyut uchrashuvidan so‘ng uni yana atigi bitta o‘yinda maydonga tushirishgan, xolos. Keyingi faoliyati davomida Italiyaning «Krotone», «Vichensa», «Verona», «Jenoa», «Peskara» va «Torino» kabi qator taniqli klublari formasida maydonga tushgan bo‘lsada, o‘sha paytlarda bu jamoalar «V» va «S» seriya vakillari sanalishgan.

Keyinchalik Aziz Ibragimov bir muddat «porladi». Slovakiyaning «Slovan» klubi tarkibida ancha muvaffaqiyatli ikki mavsumni o‘tkazgan Aziz o‘sha 2007|2008 yillarda milliy jamoamizning ham asosiy qurollaridan biriga aylangandi. Nima bo‘ldi-yu, u o‘z sport formasini oldingidek ushlab tura olmadi. Chexiyaning «Bogemians» klubi safiga o‘tib, bir-ikki yil u yerda ancha oddiy futbolchi maqomida maydonga tushdi. Bo‘ldi. Hammasi - shu.

U YOQQA BOROLMAGANLAR...

Adashmasam, boshqa hech kim bizdan G‘arbiy Yevropa klublari safida maydonga tushmagan. Aslida, Rossiya, Ukraina, shuningdek, Osiyoning qator mamlakatlari klublari safida to‘p surgan futbolchilarimiz ham yuqorida biz tilga olgan «g‘arbiy» legionerlardan ancha kuchli ijrochilar bo‘lib kelishgan. Masalan, G‘arbiy Yevropa klublarida bemalol o‘ynab keta olishga imkoniyati bo‘lgan Qosimov, Shaskix, Denisov, Jeparov, Ahmedov kabi futbolchilarga ham ana shu o‘lkalarga borib o‘ynash nasib etmadi. Shu boismi, o‘yinchilarimizning «ko‘hna qit’a»ga borib to‘p surishlari biz uchun juda-juda kamyob hodisaga aylanib qolgan.

DOSTON HAMDAMOV HAQIDA IKKI OG‘IZ

Menga Doston Hamdamovning «Paxtakor»ga qaytishi umuman yoqmadi. Boshqalar nima deydi bilmadim-u, 100 foiz noto‘g‘ri qaror, menimcha. O‘zi so‘nggi paytlarda Rossiyada to‘p surayotgan futbolchilarimiz andak ko‘payib qolgandek edi. Bularning ichida, ayniqsa, ikki vakilimiz - Eldor Shomurodov va Dos­ton Hamdamovning ishtirokidan ko‘ng­lim to‘layotgandi. Ikki yosh futbolchimiz - agar ta’bir joiz bo‘lsa, milliy jamoamizning kelajagi, ertasi. «Anji»dagi moliyaviy holat qanday bo‘lmasin, hattoki, u yerdan ketish kerak bo‘lsa ham, Rossiyaning boshqa bir klubiga o‘tishi Hamdamov uchun ma’qulroq yo‘l edi. «Paxtakor»da Doston oldinga qadam tashlashi qiyin kechadi. Qaytadan Rossiya klubiga o‘tishi oson bo‘lmaydi.

JAVOHIR SIDDIQOV QAYERDA?

Javohirning Fransiya oliy divizionidagi klublardan biriga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar yanvar oyi oxirlarida paydo bo‘lgandi. Milliy termamiz Osiyo kubogidan qaytib kelganidan so‘ng futbolchi o‘z jamoasi sanalmish «Qo‘qon-1912» yig‘inlarida ko‘rinmadi. Aftidan, u Sardor Rashidovning ortidan «ko‘hna qit’a»ga ketgandek. Kuni kecha ancha ishonchli manbalardan olingan xabarlarga ko‘ra, Javohirning Janubiy Koreya klublaridan biriga o‘tishi deyarli hal bo‘lgan. Eshitishimcha, ayni kunlarda viza masalalari hal qilinmoqda. Xo‘sh, bunisi endi foydamizgami yoki... U yog‘i endi o‘zingizga havola. Shaxsan men, xuddi yuqorida ta’kidlaganimdek, aynan shu futbolchimizning ham G‘arbiy Yevropa jamoa­laridan biriga o‘tishini juda xohlagandim. To‘g‘ri, Janubiy Koreya varianti ham unchalik yomon emas. Lekin Javohirda katta potensial bor edi. Shunga bu transferning so‘nggi tafsilotlari menga unchalik xush kelmadi.

YANA PORTUGALIYADAGI VOQEALAR XUSUSIDA

Men Sardor Rashidovning Portugaliyaga yo‘l olishidan biroz oldinroq u borib qo‘shilishi kutilayotgan «Nasyonal» jamoasi tarkibini ko‘zdan kechirib chiqdim. Naq 16 nafar legioner bor ekan! Rashidov uchun muhim bo‘lgan yarim himoya va hujum chizig‘idagi futbolchilarning aksariyati xorijdan kelgan. Okasha Hamzaui (Jazoir), Ibrohim Alxassan (Nigeriya), Lazar Rozich va Aleksandr Palochevich (Serbiya), Brayan Roches (Gonduras), Rikardu Gomesh (Kabo-Verde), Brayan Riaskos (Kolumbiya), Kalindi, Felipe Lopes, Diyego Barselos, Xulio Sezar va Kaka (Braziliya), Fernando Tissone (Argentina), Jeraldu Matsimbe va Viti (Mozambik), Giorgi Arabidze (Gruziya). Eng qizig‘i, qolgan barchasi - portugaliyalik. Kulishni ham, kulmaslikni ham bilmay qolasan.

Bularning tarkibini ko‘riboq, istalgan o‘zbekistonlik Sardorga oson bo‘lmaydi, deyayotgani aniq edi. Men Rashidovni ilk lahzalardayoq «Benfika»ga qarshi asosiy tarkibda ko‘rib, ochig‘i, ancha ajablandim. Sababi, oldinlari shunga o‘xshash holatlarga duch kelganman. Oxiri baxayr bo‘lmagan, afsuski. Masalan, Ja’far Irismetovning «Spartak» tarkibida mehmonda «Bavariya», «Arsenal» va «Lion»ga qarshi (yana Yevropa Chempionlar Ligasida deng) o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizligini eslayman. U maydonga tushgan 4 o‘yindan 3tasida «Spartak» yutqazgan, bittagina bahsda durang qayd etilgan. O‘sha turnirdan keyin Irismetovni deyarli maydonga tushirmay qo‘yishgan. Shu-shu bu hujumchi haqidagi afsonalar ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi. Xullas, shunga o‘xshash tarix yana takrorlandi. Bu galgisi endi judayam ortiqcha edi. Debyut bahsidayoq jamoasi 0:10 hisobida mag‘lubiyatga uchrashini har qanday futbolchi ham ko‘tara olmasligi aniq. Lekin...

NOKAUTDAN KEYINGI BAHS

O‘sha o‘yindan keyin menga jamoa bosh murabbiyi Koshtinya aytgan gap juda yoqdi: «Bunday hisobni ko‘tarish judayam og‘ir. Dahshatning o‘zginasi bu! Maydonda «Nasyonal» futbolchilari bugun yo‘q edilar, desam to‘g‘ri bo‘lardi. Albatta, murabbiy sifatida hamma aybni o‘zimga olaman. Bunday hisobdan keyin jamoadagi faoliyatimni davom ettiramanmi-yo‘qmi? Buni klub prezidenti hal qiladi. Shaxsan meni bu hisob sindira olmaydi. Biz bugun atigi 3 ochko yo‘qotdik, xolos». So‘nggi jumlalarga e’tibor berdingizmi? Jamoaga keyingi o‘yinda psixologik jihatdan kuch bergani aynan mana shu iboralar bo‘lgan, deb endi bemalol ayta olaman. Haqiqatan ham, «Nasyonal» Lissabondagi o‘sha o‘yinda atigi 3 ochko yo‘qotgandi, xolos. O‘zi aytganidek, Koshtinya keyingi o‘yinda ham shogirdlariga ishonishda davom etdi va eng muhimi, oldingi bahsda mag‘lub bo‘lganlarning deyarli barchasini yana maydonga tashladi! Ana sizga portugalcha psixologiya! «Nasyonal» yigitlari ham bunga qarab turishmadi va 4:0 hisobidagi g‘alabani Koshtinyaga taqdim etishdi. Ayni damda madeyraliklar ochko borasida turnir jadvalining o‘rta qismidagi jamoalar bilan deyarli tenglashib olganlar.

YANGI ATAMA

CR7 - buni hamma biladi, Cristiano Ronaldo, raqami - 7. Lekin menga «Nasyonal» futbol klubi muxlislaridan birining saytda qoldirgan atamasi yoqdi. Sardor Rashidov «xet-trik»ka erishgan o‘yindan so‘ng, «Bizdan ketgan Krishtianu Ronaldu CR7 edi, endi bunisi SR77 ekani rost bo‘lsin», deya post qoldirgan. Darhaqiqat, boshqa tuzukroq raqam topilmagani uchunmi, ishqilib «77»ni tanlagan Sardor uchun o‘sha «xunuk» 0:10dan so‘ng yangi kunlar boshlangani rost bo‘lsin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:35, 06.03.2019. O'qildi: 5320 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.