Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Bornmut 32 45
11 Fulhem 32 44
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fantastik tasodif...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliyada shunday ertak bor: agar Aaron Remzi gol ursa, biror mashhur shaxs hayotdan ko‘z yumadi. Albatta, bunda zarracha mantiq yo‘q, lekin The Prodigy guruhi solistining o‘limidan keyin yana shu bo‘lmag‘ur tasodifiy holat haqida gapira boshlashdi. Chunonchi, «Arsenal»ning uelslik futbolchisi 2 mart kuni «Uembli»da «Tottenxem» darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 2 kun o‘tib, OAVda The Prodigy guruhi vokalchisi Kit Flintning hayot bilan vidolashgani ma’lum qilindi. Gap avvalgi asrning 90-yillari afsona darajasiga chiqqan va bugungi kunda ham muvaffaqiyatli gastrollarni amalga oshirayotgan mashhur musiqiy jamoaning ilg‘or vakillaridan biri haqida ketmoqda.

Remzining goli va mashhur shaxslarning o‘limi... Ushbu g‘alati «vobastalik» tarixi anchadan buyon muhokama qilinadi. Gap shundaki, bechora Remzining goli ko‘pincha qaysidir mashhur kishining hayotdan ko‘z yumish vaqtiga to‘g‘ri kelar emish. Mana, joriy mavsum yakunida «Yuventus» safiga qo‘shiladigan uelslik «shporlar»ga qarshi muhim o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi va Angliya mediasi bu safar uning omadli zarbasini taniqli solist Kit Flint o‘limi bilan «bog‘ladi». Xususan, Express nashri zamirida zarracha haqiqat parchasi yo‘q gap-so‘zlarni yana bir bora esga oldi. Bo‘lmag‘ur afsona ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda muhokama qilinmoqda. Hammasi 2009 yili boshlangan: o‘shanda Uels futboli yulduzi «Portsmut» darvozasini nishonga olgan va 3 kundan keyin AQSHda katta obro‘ga ega senatordan biri Ted Kennedi (sobiq prezident Jon Kennedining ukasi) hayot bilan vidolashgandi. Oradan 2 yil o‘tib, «Arsenal» aynan Remzining yagona goli evaziga «MYU»ni «tiz cho‘ktirdi» - 1:0. Ertasiga sayyoramizning bosh terrorchisi Usama Ben Laden o‘ldirilgani e’lon qilindi. Keyin futbolchi «Tottenxem»ga gol «tortiq» etdi va 3 kundan so‘ng Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs hayotdan ko‘z yumdi. O‘sha yili Remzi CHLda «Marsel»ga qarshi kechgan uchrashuvda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, ertasiga mashhur siyosatchi Muammar Kaddafi o‘ldirildi. 2012 yili esa Uitni Xyustonning o‘limi va Remzining «Sanderlend» darvozasini nishonga olishi bir kunga to‘g‘ri keldi. Qarangki, fantastik tasodif Aaronning Uels terma jamoasi libosida urgan goliga ham daxldor. Deylik, futbolchi 2013 yili Shotlandiya termasi darvozabonini ranjitdi, ayni o‘sha kuni basketbol yulduzi Rey Uilyams yorug‘ olam bilan xayrlashdi, shuningdek, milliarder Boris Berezovskiy o‘z joniga qasd qildi. 

Qolgan «qurbonlar» - mashhur musiqachilar va aktyorlar: Devid Boui, Pol Uoker, Robin Uilyams, Alan Rikman, Bryus Forsayt,Ken Dodd va Yuriy Yakovlev. Yana AQSHning 40-prezidenti Ronald Reygan bevasi Nensi, argentinalik diktator Xorxe Videla, darts bo‘yicha afsonaviy o‘yinchi Erik Bristou va olim Stiven Xoking ham bor. Qolaversa, sayyoramizdagi eng keksa kishining o‘limi ham Remzi gol urgan kunga to‘g‘ri kelgan. Xullas, Kit Flintni qo‘shsak, «qora ro‘yxat»dagi familiyalar 20taga yetdi.

Yo‘q, buni qandaydir la’natga bog‘lash bema’nilik. Oddiy aytganda, Remzi goli atrofida shakllangan afsona - oddiy vaziyat taqozosi. Har holda, Remzi gol ursa, qaysidir mashhur shaxsning o‘lishi haqidagi gap-so‘zlarni inkor etuvchi dalillar ham juda ko‘p. Ulardan atigi 2tasi aslida afsona real kartinaga muvofiq emasligini ko‘rsatib turibdi. Oddiygina 2ta fakt:

1). Remzi futbolchilik faoliyati davomida 20ta emas, ancha ko‘p gol urgan. Deylik, «Tottenxem»ga qarshi kechgan «London derbisi»da klub miqyosidagi 79-golini nishonladi. Terma jamoa safidagi 4ta golidan 3tasi esa hech qanday o‘lim holatiga «ulanmagan».

2). Sayyora darajasidagi mashhurlar o‘limi Remzi gol urishidan ancha ko‘p qayd etiladi. Har holda, taniqli kishilar Remzi raqib darvozasini ishg‘ol qilmagan, maydonga tushmagan va mavsumlar oralig‘ida ta’tilga chiqqan kunlarda ham hayot bilan vidolashadilar.

Eng elementar va soddagina faktcha ham bor: Remzi «Totenxem» darvozasini nishonga olishiga qadar oxirgi marta joriy yilning 1 yanvar kuni gol urgandi. Agarda yilning birinchi sanasi hayotdan ko‘z yumgan mashhurlar ro‘yxatiga qarasak, ular orasida butun dunyoga tanilgan biror kishi yo‘q. Bu faktchani boshqacha talqin qilish ham mumkin: yanvar oyining keyingi 30 kunining deyarli har birida qaysidir sohada tanilgan biror mashhur shaxs omonatini topshirgan, Remzi esa bu orada gol urmadi. Shunday ekan, fantastik tasodif o‘z yo‘liga, ertaknamo gaplar - sof safsata.

Munosabat

Tushunarliki, Aaron Remzining o‘zi bu kabi ertaknamo gap-so‘zlardan juda-juda zerikkan. U 2 yilcha oldin ESPNga bergan intervyusida e’tiroz bildirish barobarida barchasini hazilga yo‘ygandi: «Bu hayotim davomida qulog‘imga chalingan eng kulguli gap. Axir gol urganimda, har safar qaysidir mashhur kishi o‘lmagan-ku. To‘xtang, bu borada biroz maqtanishim ham mumkin. Qarang, bir necha yovuz odamlarni ham «o‘ldirgan» ekanman. Ulardan eng asosiysi - Ben Laden...».

Manba: Stadion
Kiritildi: 02:03, 17.03.2019. O'qildi: 5537 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик