Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saudiya Arabistonida O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / kurash
Rukn: Yangiliklar
A A A
Turnirda 20 dan ortiq davlatdan polvonlar mutlaq vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun gilamga tushdi.   O‘zbekiston sharafini jahon va Osiyo chempioni, Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov himoya qildi.   Xalqaro musobaqa Podshoh Abdulaziz nomidagi “Tuyalar festivali” (King Abdulaziz Camel Festival) dasturiga birinchi marta kiritilgan “Ko‘chmanchilar olami” (Nomad Universe) xalqaro etnofestivali doirasida o‘tkazildi.   Festival mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahridan 120 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan Al-Sayohid qishlog‘ida tashkil etilgan. Bu qishloq yuz yillar davomida Arabiston yarim orolining turli nuqtalaridan yo‘lga chiqqan tuya karvonlari uchrashadigan tarixiy hudud hisoblanadi.   “Tuyalar festivali” bir oy davom etadi. Bu yerga har kuni 25-30 ming tomoshabin kelmoqda. “Ko‘chmanchilar olami” xalqaro festivali esa 9-19 mart kunlari o‘tkazilmoqda. Etnofestival turli xalqlar va millatlarning betakror an’analari namoyish etiladigan yirik anjuman, deb baholanyapti. Bu yerda kurash va yakkakurash turlari, an’anaviy intellektual o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar, kamondan o‘q uzish, qushlar bilan ov qilish, uloq va boshqa turdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilmoqda.   Kurash bo‘yicha turnir festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otgan musobaqalardan biri bo‘ldi.   - Kurash bo‘yicha musobaqa festivalimizga o‘zgacha ruh bag‘ishladi, - deydi, Jahon etnoo‘yinlar konfederasiyasi prezidenti Asxat Akibayev. – Unda 20 dan ortiq davlat vakillari qatnashgani ushbu sport turining obro‘si xalqaro ko‘lamda salmoqli ekanidan dalolat bermoqda.   - 2018 yil Indoneziyada tashkil etilgan Osiyo o‘yinlari doirasida kurash bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tgach, dunyoda, xususan, Osiyo mamlakatlarida ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi, - deydi Osiyo va Okeaniya kurash konfederasiyasi vise-prezidenti Mirzaquli Qurbonov (Turkmaniston). – Endi tashkil etilayotgan har bir musobaqani dunyo polvonlari malaka va mahorat oshirish uchun qulay imkoniyat, deb bilmoqda.   - Mongoliya bir marta kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilganidan faxrlanamiz, - deb o‘z fikrlarini bildirdi Mongoliya kurash federasiyasi prezidenti Begz Ganbatar. – Bugun bizning mamlakatimizda kurash bo‘yicha o‘nlab to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Ishonchimiz komilki, ularda bo‘lajak jahon va Osiyo chempionlari, Osiyo o‘yinlari g‘oliblari tarbiyalanmoqda. Bugungi musobaqada ham eng kuchli kurashchilarimizdan biri - Serik Beryedmurat munosib qatnashib, uchinchi o‘rinni egalladi.   Ishqibozlarning qizg‘in hayqiriqlari ostida o‘tgan bellashuvlarda dunyoning turli mamlakatlari polvonlari kurash sirlarini puxta o‘rganib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishga intilayotganini ko‘rsatdi. Kurash Vatani – O‘zbekiston vakiliga Mongoliya, Qirg‘iziston, Bolgariya, Kongo, Uganda, AQSH kabi davlatlarning sportchilari kuchli raqobat ko‘rsatdi.   Asosiy bellashuv – finalda Muhsin Hisomiddinov va turkmanistonlik Gilich Jumayev g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Unda bugun jahon reytingida peshqadamlik qilayotgan o‘zbekistonlik polvonning qo‘li baland keldi.   - Men Muhsin polvonni g‘oliblik bilan tabrikladim va, shuningdek, endi musobaqalarda o‘zbekistonlik kurashchilarga oson bo‘lmasligini ham aytdim, - deydi Gilich polvon. – Chunki dunyoda kurashga mehr qo‘ygan va uning sirlarini o‘rganib, mahoratini oshirib borayotgan polvonlar safi kengayib bormoqda. Xitoyda 2022 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida kurashchilar 15 vazn toifasida va jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlarda gilamga tushishi qit’amiz polvonlari uchun xushxabar bo‘ldi va xursand qildi.   “Tuyalar festivali” doirasida kurash bo‘yicha xalqaro turnirning tashkil etilishi o‘zbek xalqining bebaho qadriyatiga bo‘lgan xalqaro qiziqishning yanada oshayotganidan dalolatdir.
Manba: UZA
Kiritildi: 15:21, 17.03.2019. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик