Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rivojlanish yo‘lidagi O‘zDJTSU

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlashda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘rni beqiyos. Ushbu ta’lim dargohida amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Belorussiya davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan o‘zaro memorandum imzolagan edi.

Joriy yilning 12 mart kuni Belorussiya davlat jismoniy tarbiya universiteti rektori, professor Sergey Borisovich Repkin boshchiligidagi delegasiya universitetga kelib, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida ikki universitet rektorlari tomonidan jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro ta’lim aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Sergey Repkin universitetga tashrif buyurib professor-o‘qituvchilar va talabalarga zamonaviy sportning rivojlanish tamoyillari xususida ma’ruza o‘qidi. Universitet sport maneji, gimnastika zali va binolari bilan yaqindan tanishdi.

* * *
Joriy yilning 5 mart kuni universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi “Murabbiylar ta’limi” departamenti direktori Shavkat Imamov, FIFA va AFC instruktori Islom Ahmedov, “Lokomotiv” yoshlar futbol jamoasining bosh murabbiy Temur Kopadze ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mutaxassislarning futbol bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish oid firk-mulohazalari tinglandi, mahorat darslari o‘tkazildi.



* * *
Joriy yilning 3 mart kuni yengil atletika bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi Isinbayeva Yelena Gadjiyevna bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yelena Gadjiyevna ishtirokchilarga o‘zining hayotiy tajriba va xulosalari haqida ma’lumotlar berib, mazkur sport turini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashdi. Tadbir oxirida Yelena Gadjiyevna Isinbayevaga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.



* * *
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilg‘or tajribasini inobatga olgan xolda tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, tizimli asosda pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, sport muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev , O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Boltabayev Maxmudjon Rustamovich 25 fevraldan 1 martga qadar Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi. Safar davomida vazirlik delegasiyasi Pekin jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Shanxay sport universitetidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv yakunida Pekin jismoniy tarbiya va sport universiteti va Shanxay sport universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.



* * *
Malakali, jismoniy tarbiya va sportning nazariy hamda amaliy sir-asrorini chuqur o‘rgangan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan boxabar, jismonan va ma’nan barkamol yoshlarni tarbiyalash muhim vazifalardan sanaladi. Mazkur masala ilg‘or tajribalarni tahlil etish, malakali murabbiy-trenerlardan mahorat darslarini olish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali hal etiladi. Sport o‘yinlari fakultetining “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda hakamlikni rivojlantirish va hakamlikka saralash” mavzuida davra suhbatini tashkil etdi. Unda Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, 11 uchrashuv o‘tkazib Jahon chempionatidagi eng sermahsul referega aylangan Ravshan Ermatov, universitet rektori, professor Maxmudjon Rustamovich Boltabayev, Futbol musobaqalarida hakamlik qilish va nazorat departamenti direktori Ma’mur Saidqosimov ishtirok etdi. Suhbat jarayonida Ravshan Ermatov hakamlik darajalari, unga erishishdagi mezon va talablar, xalqaro andozalardagi me’yoriy talablar, O‘zbekistonda murabbiylarni saralash va tanlash, ularni qabul qilishdagi talablar xususida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida R.Ermatov va M.Saidqosimov talabalarning savollariga batafsil javob berishdi. Mazkur uchrashuv universitetda yosh, iqtidorli hakamlarni saralash, tanlash, tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashda o‘zaro hamkorlikning dadil qadami sifatida baholanadi.



* * *
O‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishiga keng imkoniyatlar yaratish, sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan malakali, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi sport ustalari va trenerlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Og‘ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 23 fevral kuni og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Turkiya milliy terma jamoasi murabbiyi, Turkiya davlat qahramoni Jafar Topchu, Slovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Yevropa chempioni, Slovakiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Rudolf Lukach bilan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida xorijlik mutaxassislar mahorat darslarini o‘tkazishdi.



* * *
Joriy yil 21 fevral kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Boltabayev Mahmudjon Rustamovich Koreya Respublikasi taekvondo sport turini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Li San Vuk bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Li San Vuk janoblariga universitet “Faxriy professor” unvonini tantanali topshirdi. Uchrashuv davomida ikkala tomonning kelgusi taekvondo sportini rivojlantirish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hamda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishilari xususida muzokaralar olib borildi. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Manba: http://uzdjtsu.uz
Kiritildi: 22:33, 18.03.2019. O'qildi: 3289 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик