Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joze Mourinyo: «Messidan faqat qafas qutqaradi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Yevropa CHL chorak finalining hayajonli spektakllaridan keyin RT nashri jurnalistlari tahlilga usta portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo huzuriga oshiqishdi. Chunonchi, betakror hissiyotlarni «Benazir»ning «tesha tegmagan» iboralari vositasida ifoda etish dramaning davomidek tuyuladi.

- Aytingchi, shaxsan siz qachondir «Manchester Siti» -  «Tottenxem» bahsidek o‘tkir syujetli dramani tomosha qilganmisiz?

- Ha, albatta. To‘g‘ri, aynan shunday ssenariy asosida bo‘lgan bahslarni topish mushkul, ammo hattoki, CHLda ham hayratomuz gollar va yechimlar bilan yakunlangan bellashuvlar ko‘p kuzatilgan. Deylik, «Barselona» tomonidan «PSJ»ga qarshi bahsda amalga oshirilgan «kambek»ni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. O‘shanda Kataloniya grandi oldida oxirgi yarim soatda 3ta gol urish zarurati turgandi. Shaxsan o‘zim  «Chelsi» boshqaruvida aynan «Barselona» to‘sig‘idan shunday qiyinchilik bilan o‘tganman. Demoqchimanki, bunday ehtiroslarga boy o‘yinlar o‘ta yirik turnirlarga ham begona emas. Dastlabki uchrashuvlar yakunlangach, asosiy kurash hali oldinda ekanligini aytgandim. Qarang, bir hafta burun 4ta uchrashuvda 6ta gol urilgandi. Endi esa bittasida 7ta gol ko‘rdik.

- Agar VAR Rahim Sterlingning so‘nggi daqiqalardagi golini bekor qilmaganida, yarim final yo‘llanmasi «Siti»ga nasib etardi. Hakamlarning o‘sha qaroriga qo‘shilasizmi?

- Hammasi adolatli. Videotakrorlar ko‘plab musobaqalarda qo‘llanilmoqda. Ba’zida tizim menga yoqayotgandek tuyuladi, goho aksincha, nafratim jo‘shib ketadi. Ko‘pincha VAR futbolcha ehtirosni o‘ldirayotgani haqida o‘ylayman, undan foydalanish xatolikdek ko‘rinadi. Biroq endi VARning hakamga ishonchli ko‘makchi ekanligini inkor etish mumkin emas. Dunyodagi hech bir laynsmen 5 santimetrli «ofsayd»ni aniqlay olmaydi. VAR esa buni yana bir bora uddaladi.

- Qolaversa, Lyorente darvozani ishg‘ol qilgan pallada qo‘lini ishga solgandek ko‘rindi...

- Ha, shuning ortidan kichik mojaro ham yuzaga keldi. O‘ylashimcha, hakam golni inobatga olib to‘g‘ri qildi. Harqalay, shaxsan men o‘yinchining qo‘lidan foydalanmoqchi bo‘lganini ko‘rganim yo‘q. Albatta, takroriy lavhadan keyin referiga e’tiroz bildirish mumkin. Zero, VAR yakuniy qarorni bosh hakam vakolatida qoldiradi. Umuman olganda, Junayt Chaqirning o‘sha vaziyat yuzasidan chiqargan qaroriga to‘liq qo‘shilaman.

- Qiziq, tomonlar nimaning evaziga atigi 21 daqiqada 5ta gol urishga ulgurishdi?

- Muhimi, yuz bergan shoudan muxlislar chinakamiga zavqlanishdi, bunga shubham yo‘q - ajoyib tomosha. Ammo men barchasiga murabbiy nigohi bilan razm soldim - bu CHL saviyasiga xos o‘yin emas. Axir saviyali futbolchilarning qisqa vaqt oralig‘ida shuncha xatoga yo‘l qo‘yishlarini tasavvurga sig‘dirish qiyin!

- Xatolarga kuchli bosim sabab emasmikin?

- Qo‘ysangizchi, yuqori saviyali o‘yin-chilar bosimni tan olishmaydi. Demoqchimanki, ruhiy holat xususida gapirish ortiqcha va xatolarni shunga bog‘lash ham noo‘rin. Chunonchi, aksar gollar himoyadagi xatoliklar ortidan keldi. Demakki, orqa chiziq vakillari raqiblarga juda ko‘p bo‘shliqlar yaratishdi, zarbalarga to‘sqinlik qila olishmadi. Mayli, yarim final bahslari ham shunday sermahsul bo‘lishiga qarshiligim yo‘q. Lekin shuning barobarida jamoalar ijrosida kamroq xato kuzatilishi tarafdoriman.

- Serxio Agueroning golidan keyin «Siti» g‘alabani qo‘ldan chiqarmaydigandek ko‘ringandi...

- «Shaharliklar» raqibga erkin harakatlanish imkoniyatini berib qo‘yishdi. Qolaversa, murabbiylar Leroy Sane, Gabriel Jezus va  Fernandinyo kabi saviyali o‘yinchilarni zaxirada qoldirishdi. «Shporlar» aksincha, eng sara vakillarini jangga tashlashdi. Pochettinoda o‘zgacha variant ham yo‘q edi. To‘g‘ri, Mussa Sissoko o‘yindan chiqqach, «Tottenxem» mag‘lubiyatga uchraydi, deb o‘ylagandim. Chunki Lyorente tezlik bobida Sissokodan zaifroq, uning Son Xyun Minni qo‘llay olishiga ishonmagandim. Aslida o‘yin nazorati mezbonlar tarafida edi. Lekin ispaniyalik hujumchi gavdasi bilan to‘pni darvozaga yo‘llagach, vaziyat tamoman o‘zgardi. Ha, Gvardiola burilish yasashga urinib ko‘rdi. Pochettino esa 5-himoyachini maydonga tushirish bilan javob qaytardi. Hammasi reja asosida ketayotgan bir pallada Eriksen jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo uni VAR qutqarib qoldi.

- Boz ustiga, londonliklar Garri Keynsiz maydonga tushishli.

- Uning yo‘qligi deyarli sezilgani yo‘q. «Tottenxem» o‘ng qanotdagi Lukas Moura va erkin hujumchi Son Xyun Min bilan o‘ta xavfli raqibga aylandi.

- Endi «Tottenxem» Ronaldu va «Yuventus»ni «ofsayd»da qoldirgan «Ayaks» bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Gollandiya klubi yuksak natijaga erishib bo‘lgani haqidagi fikrlarga qo‘shilasizmi?

- Shak-shubhasiz. «Yuventus» - «Ayaks»ga bor kuch-qudratini bemalol namoyish etish imkoniyatini bergan navbatdagi qurbon. Hayronman, ams-terdamliklarni hech kim nazarga ilmay, ularning istagancha to‘p surishlariga to‘sqinlik qilmayapti. Ko‘rinib turibdi, Erik ten Xag o‘z jamoasiga ajoyib ijrochilarni to‘plabdi. Ularning ayrimlari YELda o‘ynash tajribasiga egalar. Yetakchi o‘yinchilar - Dushan Tadich va Deyli Blindda taktik va ruhiy tayyorgarlik a’lo darajada. «Ayaks»ning falsafasi - grandlarga qarshi hech qanday bosimni his etmagan holda, ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surish. Yarim final qanday natija taqdim etishidan qat’iy nazar, «Ayaks»ni hozirning o‘zida mavsum kashfiyoti sifatida ta’riflasak bo‘laveradi. Bu marraga turli yo‘llar bilan kelish mumkin. Gollandiyaliklar esa o‘ta mashaqqatli yo‘lni chiroyli tarzda bosib o‘tishdi.

- Bu jamoani asosiy «qurol»laridan judo qilish, loaqal xavfini kamaytirish uchun nima qilish kerak? Har holda, siz boshqargan jamoa YEL-2017 finalida «Ayaks»ni yengish uddasidan chiqqandi.

- O‘sha uchrashuvdan keyin gollandiyaliklar nimalar deyishganini o‘qisangiz, hammasini tushunib olasiz. Raqib murabbiylari va o‘yinchilari bizning o‘yinimiz ularga yoqmaganidan noligandilar. Aniqrog‘i, taktik uslubimiz, Maruan Fellayni va jismoniy holatimizdan arz qilishgandi. Qisqasi, agar «Ayaks» finalga chiqsa, «Barselona» yoki «Liverpul»ni ham bemalol mahv etishi mumkin.

- «Ayaks»ning g‘alaba golini 19 yoshli Matteys de Ligt urdi. Bu futbolchi haqida qanday fikrdasiz?

- Uni o‘ta noyob iqtidor sohibi sifatida ta’riflamasdim. Hozirda 17 yoshli yigitchalarning bo‘y ko‘rsatishlari tez-tez kuzatilmoqda. Frans Bekkenbauerni eslang, u himoya chizig‘ida juda barvaqt mukammal o‘yin ko‘rsatgan. De Ligt 2 yil avval «MYU»ga qarshi to‘p surgandi. O‘shanda uning yoshini faqat pasporti orqali bilib olish mumkin edi. Ya’ni o‘yinda o‘zidan 10 yosh katta tajribali himoyachidek taassurot qoldirgandi. Matteysning ustun tomoni shuki, u «Ayaks»dek ajoyib jamoada eng muhim pozisiya - markaziy himoyachi rolida maydonga tushmoqda. Uni Virjil van Deykka qiyoslasha boshlashdi, ha, ikkisining o‘yinida o‘xshash jihatlar bor. Ular o‘z klublarida yetakchi, harakatlari sustroq ko‘rinsada, aslida unday emas. Eng muhimi, o‘yinni yaxshi tushunishadi, to‘p bilan risoladagidek muomala qilishadi va zarur payt hujumga qo‘shilib, gol urishni ham o‘rniga qo‘yishadi.

- «Liverpul» sobiq klubingiz -«Portu» qarshiligini osongina yengdi - umumiy hisob  6:1ga yetgani barchasini ko‘rsatib turibdi. Bu to‘qnashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Asosiysi, «Portu» g‘ururini yo‘qotmagan holda o‘ynadi, qandaydir mo‘’jiza ko‘rsatishga urindi. Lekin raqib kuchli edi.

- Umuman, «Liverpul» o‘tgan yilgidan kuchliroqmi yoki...?

- Shaxsiy fikrimcha, kuchliroq. Har holda, jamoa ixtiyorida hujum va qarshi hamla bobidagi salohiyatini oshirish uchun 1 yil vaqt bor edi. Virjil van Deyk shunchaki, mohir futbolchi emas, balki chinakam yetakchi. Tarkib kun sayin uyushqoq va tezkor bo‘lib bormoqda. Agar «Barsa» tarkibida Messi bo‘lmaganida, «Liverpul»ning  finalga chiqishini bemalol taxmin qilardim.

- Hozirgi «Barselona» uchun Messi qanchalik muhim?

- O, Leosi bor va uningsiz «Barsa» o‘rtasidagi farq juda katta. Yo‘q, Messini o‘ta noyob futbolchi sifatida maqtashim shart emas. Chunki barchasini uning o‘zi muntazam ravishda isbotlamoqda. «MYU»ga urgan 2ta goli eng yuksak e’tirof uchun kifoya...

- «Barselona» va «MYU» 2 xil o‘yin namoyish etdi, shundaymi?

- Ha, zero, «MYU» javob uchrashuviga o‘zgacha yondashuv bilan kirishdi. Mankunianliklar maydon markazini egallashlari lozim edi. Messini zararsizlantirish borasida turli rejalar tuzish mumkin, ammo buni amalda ko‘rsatish uchun chinakam qafas hosil qilish talab etiladi. Biroq bu oson emas. Oddiy aytganda, Messini ushlab qolishning iloji yo‘q. Ha, Manchesterda mezbonlar bu vazifani qisman uddalashdi: Leo goh Fred, goh Maktominayga duch keldi. Lekin «MYU» 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, baribir. Natijada o‘yinini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Xususan, Lingard hujumchi ortidan joy olgach, Fred tayanch hududida yolg‘iz qoldi. To‘pni egallab olgan Messini yagona ta’qibchi bilan to‘xtatib bo‘lmasligini ko‘p bora takrorlaganman. Maydonda u qafas ichida qolsagina jamoasiga naf keltirolmaydi. Raqib jamoa o‘yinchilari ko‘pchilik bo‘lib uni qurshab olishlari va erkin harakatlanishiga xalal berishlari shart. Biroq mankunianliklar bu missiyani uddalolmadilar. Xatoga yo‘l qo‘ygan David de Xea mening himoyamga muhtoj emas. Deylik, «MYU» APLdagi oxirgi bellashuvda aynan uning ajoyib «seyv»lari yordamida qimmatli 3 ochko olgandi. Davidning «Kamp Nou»dagi xatosiga kelsak, futbolda hech qaysi kiper bunday holatlardan himoyalanmagan. 

- Xo‘sh, chorak finalda kurashdan chetga chiqqani tufayli «MYU»ga achinish o‘rinlimi? Har holda, jamoa 2 daqiqa ichida 2:0 hisobida oldinga o‘tib olish imkoniyatiga ega bo‘lgandi...

- «MYU» qanday jamoaga qarshi to‘p surganini ham unutmaylik. Hozirda «Barselona» har taraflama yuqoriroq saviyada. Xullas, kataloniyaliklar haqli ravishda ustun kelishdi. To‘g‘ri, «MYU» 1-daqiqadagi vaziyatni golga aylantirganida, uchrashuv ssenariysi butunlay o‘zgarib ketishi hech gap emasdi.

- Oxirgi savol - o‘tgan haftaning asosiy qahramoni kim?

- «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag. U shogirdlarini Turinga olib keldi va «Yuventus»ni yengdi. Yengganda ham, yaqqol ustunlik va oqilona yondashuv bilan! Xullas, men uchun hafta qahramoni - ten Xag!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:14, 25.04.2019. O'qildi: 5510 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик