Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajak arenasi yoki yana «Santyago Bernabeu» haqida...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real Madrid»ning uy stadioni hisoblangan «Santyago Bernabeu»ni ko‘pchilik yaxshi biladi. Yaqinda «Qirollik klubi» mazkur arenani yangilash loyihasini taqdim etdi.

Agar u amalga oshsa, afsonaviy stadion sezilarli tarzda o‘zgaradi. «SE» nashri vakillari ushbu yangilik tafsilotlariga atroflicha to‘xtalishdi.

Yangilanish loyihasi

2019 yilning 2 apreli - Madridning «Real» klubi tarixida o‘ziga xos bosqich bo‘ldi. Shu kuni klub prezidenti Florentino Peres hamda Ispaniya poytaxtining meri Manuela Karmena maxsus matbuot anjumanida «qaymoqranglilar»ning uy stadioni - «Santyago Bernabeu»ni yangilash bo‘yicha 2011 yili ishlab chiqilgan loyihani taqdim etishdi.

Tarix: ochilish, JCH-82,

500 mln. yevro

Ilk g‘ishti 1944 yili qo‘yilgan stadion dastlab «Nuevo Estadio Chamartin» deb nomlangan. Hozirgi nomini esa 1955 yili olgan. Yarim asrdan uzoq vaqt mobaynida ushbu arena 12 marta turli ta’mirlash va kengaytirish ishlarini boshdan kechirgan.

Hozirga qadar «Santyago Bernabeu»da amalga oshirilgan eng yirik o‘zgarish Ispaniyada o‘tkazilgan JCH-82ga to‘g‘ri kelgan. Bundan 18 yil avval Yevro-64ning hal qiluvchi uchrashuviga mezbonlik qilgan stadionda mundial finali o‘tkazilishi rejalashtirilgan, shu bois ishga astoydil kirishilgandi: o‘sha paytda stadion sig‘imi 125 000 edi, ammo o‘rindiqlar soni tik holda ko‘radigan joylardan deyarli ikki marta kam edi. FIFA esa bu borada tenglik bo‘lishi lozimligini talab qilgan, boz ustiga, o‘rindiqlarning aksariyati tom ostiga o‘rnatilishi kerakligini aytgan. Shu bois, sig‘im 90 800taga tushgan, tribunalar usti yopilgan.

30 yillik kredit

El Confidencial nashri bergan xabarga ko‘ra, «Santyago Bernabeu»ni qayta ta’mirlashda ishlatiladigan texnologik uskunalar uchun 100 million, qurilish ishlariga 300 million hamda ichki inshootlar va kommunikasiyalarni yaxshilash uchun 125 million kerak bo‘ladi. «Qaymoqranglilar»ga Amerikaning ikkita va bir nechta ispan banklari kredit ajratishlarini ma’lum qilishgan - ma’lumotlarga ko‘ra, 2,5 foizlik (maksimum) kredit 30 yil muddatga beriladi. Shunday ekan, «Real» har yili banklarga 25 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Zarur barcha ruxsatnomalar olingan, ishlarga may oyi oxirida kirishiladi, loyihani amalga oshirish muddati - uch yarim yil. 2023 yili «Qirollik klubi»ning yangilangan saroyi tayyor bo‘lishi lozim. Endi detallarga to‘xtalsak.

«Kimda ko‘p bo‘lsa, boshqalar bilan baham ko‘rsin»

1. Birinchi navbatda «Real» stadionga qo‘shni bo‘lgan savdo markazini buzishga kirishadi, shu tariqa bo‘shagan hududga park va dam olish maskani quriladi. Madrid meri bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Arena atrofidagi ishlarning bari klub hisobidan bajariladi. Kimda ko‘p bo‘lsa, boshqalar bilan baham ko‘rsin».

2. Hozirgi «Santyago Bernabeu»ning balandligi - 45 metr. Yangilangan stadion 12 metr balandroq bo‘ladi - bu tomni yopishda ishlatiladigan maxsus qurilmalarni o‘rnatish imkonini beradi. Shu tariqa usti yopiq arenada tadbirlar o‘tkazilgan paytda yon-atrofdagi aholini bezovta qilmaslik imkoniyati tug‘iladi. Stadion tomi to‘liq ochilishi uchun 15 daqiqa kerak bo‘ladi.

3. Ichki tomondan stadion to‘laligicha maxsus panellar va yarim shaffof plyonka bilan o‘raladi. Bu bir tomondan uzzukun tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlash imkoniyatini taqdim etsa, boshqa tomondan qorong‘u paytda turli ranglar bilan bezatish mumkin bo‘ladi. Xuddi Myunxendagi «Alyans Arena»da bo‘lgani kabi.

4. Tomoshabinlar sig‘imi sezilarli darajada oshirilmasligi bois, stadiondagi asosiy o‘zgarish gigant mediaekran bilan bog‘liq bo‘ladi.

5. Arenaning ichki o‘zgarishlari haqida gapirganda, birinchi navbatda klub muzeyi tilga olinadi. Shuningdek, yangi interaktiv muzey, kibersportga mo‘ljallangan joy, sayr hududi, do‘konlar, restoranlar va dam olish joylari barpo etiladi. Klub rahbariyatining fikricha, bularning bari «Real» g‘aznasiga har yili 25 million yevro keltiradi.

Florentino Peres loyihani taqdim etayotgan paytda shunday dedi: «Yangi «Santyago Bernabeu» kelajakda eng yaxshi stadion bo‘ladi. Siz bilan bizning kelajagimizda».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:27, 28.04.2019. O'qildi: 5527 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик