Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kambek»laringdan aylanay, YECHL…

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

CHLning oxirgi 2 mavsumida kuzatilgan «kambek»lar - bu xayolotga sig‘mas qandaydir metafizika. To‘g‘risi, Yevropa klub futbolining bosh turniri oxirgi vaqtlarda kuchli sehr ichida qolganini mantiqan tushuntirib berish umuman imkonsizdir. Buni na VAR (ushbu tizim faqat «MYU» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlar - dramalarga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazdi), na ilk o‘yinda g‘alaba qozongan jamoalarning qo‘rqoqligi va na murabbiylarning taktik noshudliklariga bog‘lab bo‘ladi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, metafizika eng ishonarli izohdek ko‘rinmoqda...

CHL tarixida hali hech qaysi mavsumda bu qadar ko‘p «kambek» qayd etilmagandi. Ya’ni ilk o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan jamoalarning javob bahsida kurashish huquqini qutqarib qolishi shunchalik ko‘p kuzatilgan emasdi. O‘zi murakkab «kambek»lar Chempionlar Ligasi uchun hech qachon me’yor sanalmagan. Misol uchun, 2004-2012 yillar oralig‘ida ilk o‘yinni 2ta yoki 3ta gol farqi bilan boy bergan biror jamoa vaziyatdan chiqib ketolmagan. Demakki, turnirda naq 8 yil davomida chinakam «kambek» ro‘y bermagandi. Bundan oldingi ikki holatni eslaymiz:

Mavsum-2003|2004. Chorak final. «Deportivo» «San Siro»dagi 1:4dan keyin La-Korunyada «Milan»ni 4ta javobsiz gol bilan «siyladi».

Mavsum-2003|2004. Chorak final. «Real Madrid» o‘z maydonida «Monako»ni 4:2 hisobida yengdi, keyin Fransiyada «kuyib» qoldi - 1:3.

Mavsum-2011|2012. Ushbu uzoq jimlikni «Chelsi» va «Napoli» klublari Londondagi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlari vositasidagina buzishdi - «ko‘klar» Italiyada 1:3 hisobida yutqazishganidan keyin o‘z maydonlarida 4:1 ko‘rinishida ustun kelishdi. «Hayotda tez-tez mo‘’jizalarga yuz tutishing mumkin. Lekin ular odatda mutlaqo kutilmagan joyda bo‘y ko‘rsatadi. Har holda, tabiiy ravishda kutganing amalga oshsa, u mo‘’jiza hisoblanmaydi», - degandi safarda 1:4 hisobida yengilganiga qaramay, o‘z maydonida «Milan»dek o‘z davrining yaqqol kuchli klubiga 4ta javobsiz gol «tortiq» etgan «Depor» bosh murabbiyi Xavyer Irureta. Demakki, La-Korunya jamoasi ustozi milanliklar to‘sig‘idan o‘tishga umuman ishonmagan yoki buni aslo kutmagan...

Yevropa Chempionlar Ligasining oxirgi ikki mavsumi «pley-off» raundlarida ro‘y bergan voqealarni faqat qandaydir ruhiy formula asosida sharhlash mumkindek. Mutlaqo tushunarsiz yechimlar....

***  «Liverpul» - «Barselona» - 4:0. Kataloniyadagi 0:3dan keyin, boz ustiga, Muhammad Saloh va Firmino kabi klub yetakchilari aralashuvisiz...

***  «PSJ» - «MYU» - 1:3. Manchesterdagi 0:2dan keyin, oxirgi daqiqalar, VAR aralashuvi, penalti...

***  «Yuventus» - «Atletiko» - 3:0. «Vanda Metropolitano»dagi 0:2dan keyin. Qirol Krishtianu Ronaldu na’ra («xet-trik»)si...

***  «Real» - «Ayaks» - 1:4. Amsterdamdagi 1:2dan keyin. Bir ko‘rishda «Santyago Bernabeu»ga nisbatan alanga olgan muhabbat ta’siri.

***  «Manchester Siti» - «Tottenxem» - 4:3. Londondagi 1:0dan keyin. Yana VAR aralashuvi va 90}3-daqiqada Rahim Sterling tomonidan urilgan qutqaruv golining bekor qilinishi...

***  «Ayaks» - «Tottenxem» - 2:3. Londondagi 1:0dan keyin. Sehrli 90}6-daqiqa, Lukas Moura...

***  «Roma» - «Barselona» - 3:0. Kamp-Nou»dagi 1:4dan keyin. Umidsiz «bo‘rilar»ning qo‘qqisdan tashlanishi...

***  «Real» - «Yuventus» - 1:3. Turindagi 0:3dan keyin. Hisob 0:3 bo‘lib turgan bir pallada «Yuve» darvozasi tomon penalti belgilanishi (qo‘shib berilgan daqiqada) va Janluiji Buffondan achchiq ta’rif: «Hakam yurak o‘rniga axlat qutisini ko‘tarib yurgan ekan...».

***  «Roma» - «Liverpul» - 4:2. Angliyadagi 2:5dan keyin. Umumiy hisob - 6:7, yana yarim finalda-ya...

***  Ha, ming-minglab izoh va tushuntirishlarga bo‘ysunmaydigan ruhiy tebranishlar... «Barselona» - «PSJ» o‘yini (6:1) CHLga katta ta’sir o‘tkazgani haqidagi teoriyada jon borga o‘xshaydi. Mart oyidagi o‘sha «jinni»lik qandaydir qo‘llanma-kitob, abadiy namuna bo‘lib qolgandek. Unda nima yozilgan? Hammasi oddiy gaplar: «Oldindan taslim bo‘lish ahmoqlik, hattoki, uyat ham...». Kechagina «Enfild Roud» vajohati oldida ojizona bosh egishga majbur bo‘lgan «Barselona»ning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Luis Enrike so‘zlaridan iqtibos keltiramiz: «Serji Robertoni maydonga tushirar ekanman, bitta gapni qayta-qayta takrorladim - faqat jarima maydoniga intil, albatta, gol urasan». Natijani bir eslang, Parijdagi 0:4dan keyin 6:1 va oxirgi hal qiluvchi gol muallifi aynan Serji Roberto. «To‘g‘risi, ancha vaqtgacha tushunmaganman - uxlayapmanmi yoki hammasi real hodisa? Hayotimda biror marta bunday baland shovqinni eshitgan emasdim», - deya kulib eslagandi Roberto keyinchalik o‘sha sehrli oqshom voqeligini. «Kamp Nou»da ro‘y bergan g‘alati «kambek»dan bir hafta o‘tar-o‘tmas «Monako» o‘zgacha kuch olib, «Manchester Siti»ga nisbatan «surbet»lik qilganiyu, bamaylixotir chorak finalga yo‘l olgani esingizdami? Ha, fransuzlar ehtimolki, Kataloniya mo‘’jizasidan o‘zgacha ilhom olishgandir.

***  Voqealarning keyingi rivoji esa hammaning yodida. «Hech kim bizga ishonmagandi, - dedi «Roma» xaloskori Edin Jeko bir yil oldin «Barselona» 3:0 hisobida dog‘da qoldirilgan o‘yindan keyin. - Hamma-hamma jamoamizning keyingi raundga chiqish imkoniyati ko‘pi bilan 5 foizga tengligini ta’kidladi. Ochig‘i, maydonda yuz bergan voqealarni ta’riflashga til ojiz. Aqlga sig‘maydigan va imkoni yo‘q qandaydir telbavorlik. Endi yarim finaldan rohatlansak, bas. Shaxsan men buyog‘iga hech narsadan qo‘rqmayman».

***  Qisqasi, shu cho‘chimaslik sindromi oxirgi 2 yilda butun CHLni qurshab olgandek. Oddiy aytganda, endilikda hech qaysi jamoa hech qaysi raqib yoki hisob oldida qo‘rquvni his qilayotgani yo‘q. Eng muhimi, cho‘chimaslik xislati aksar jamoalarga qo‘l kelmoqda ham. «Barchasi kishini esankiratib qo‘yadigan darajada. Agar o‘yindan oldin kimdir menga shunday bo‘lishini aytganida, aslo ishonmasdim, uni telbaga chiqarib qo‘yardim balki... Har holda, bunday qilishning iloji yo‘qligini ta’kidlardim, - dedi Klopp «Enfild» markazidagi xursandchilik onlaridan bir necha daqiqa o‘tib. - Quloq solinglar, hozir soat 10 daqiqa kam 23:00, demak, bolalar krovatda uxlab yotgan bo‘lishlari kerak. Yigitlar shunchaki, ko‘rsatib qo‘yishdi. Kuchli shaylanish... Agar xohlasangiz, menga jarima solavering, biroq bu ona tilim emas va bugungi voqealarga boshqacha tavsif berolmayman».

***  «Ayaks» - «Tottenxem» o‘yinidagi voqealar rivojini qanday izohlash mumkin? 3ta bo‘limdan ke-yin 3:0 - Amsterdam klubi oldinda. Oxirgi 45 daqiqa natijasi - 0:3 va «Tottenxem» CHL finalchisi! Umuman, «shporlar» joriy mavsum dramalar qiroliga aylanishdi: 85-daqiqada urilgan gol evazigagina guruh bosqichidan chiqishdi, 1|4 final raundida ularga VAR tizimining 90+3-daqiqadagi aralashuvi qo‘l keldi, Amsterdamda esa 90}6-daqiqa (!)da gol urib, «Ayaks»ni «ko‘mishdi». Aytingchi, bu qanday mo‘’jiza? «Tottenxem» bunday omadni qayerdan va qanchaga sotib olgan...?

Ha, faqat sayyoramizning eng zo‘r turniridagina shunday bo‘lishi mumkin...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:10, 17.05.2019. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.