Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Feliks Brix: «Final - bazm uchun yagona bahona»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Germaniyalik taniqli referi Feliks Brix maydonda hamisha o‘zgacha bosiqligi bilan ajralib turadi. U shuning barobarida yaxshi suhbatdosh ham. Sports.ru sayti muxbirlari va JCH hamda CHLdek yirik turnirlarda muvaffaqiyatli ishlagan referi o‘rtasidagi muloqot bu fikrga dalil. O‘ylaymizki, asl kasbi bo‘yicha advokat sanalgan Brixning hakamlik olami va bu ishga taalluqli nozik jihatlar xususidagi fikrlari ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.

- Muhtaram Feliks, so‘nggi yillarda nemis referilari orasida noxolis hakamlikka oid ayblovlar tufayli o‘z joniga qasd qilish urinishlari yuz berganiga izoh bera olasizmi?

- Menimcha, buning sababi oddiy: biz futbol maydonidagi barcha muammolarni uyga olib ketamiz va ke-yin «o‘z yog‘imizda qovurilamiz». Ya’ni biz - hakamlar o‘z kasbimizni haddan ortiq yaxshi ko‘ramiz. Ammo uning o‘ziga xos nozik jihatlari ko‘p: mag‘lubiyatni butun jamoa birga qabul qiladi, futbolchilar bir-birlariga dalda berishlari mumkin. Referi esa ertasiga yolg‘iz qoladi. Ayni shu holat kishini holdan toydiradi va uning shaxsiy hayoti, ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi.

- Aniqroq gapirsangiz...

- Deylik, yakshanba kuni stadionda bo‘laman. Fikrlarni bir joyga jamlash barobarida atrofdagi ortiqcha gap-so‘zlarga e’tibor qaratmaslikka harakat qilaman. Lekin dushanba kuni uyda yonimga hech kimni yaqin yo‘latmayman. Axir birdaniga bag‘ritosh odamga aylanishim mumkin emas-ku...

- Bu holat hakamlarni yolg‘izlikka undaydimi?

- Yo‘q, yolg‘iz qolish shart emas aslida. Biroq referi o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishishni istasa, kuchli va ma’lum darajada o‘jar bo‘lishi kerak. Chunki hakamlar orasida doimiy raqobat mavjud. Oddiyroq ifoda etsam, referilar juda ko‘p. Lekin mamlakat kubogi, jahon yoki qit’a chempionatlari final o‘yinlarini boshqarish eng kuchlilarigagina nasib etadi.

- Demak, hakamlik dunyosida hamma bir-biriga qarshi ekanda...

- Raqobatni bu taxlit talqin qilish yaramaydi, albatta. Misol uchun, Germaniyani olaylik, mana, yurtimizda malakali murabbiylarning yangi avlodi shakllandi, yig‘inlar samimiy va ijodiy ruhda o‘tmoqda. Umuman, insoniy fazilatlar hamisha birinchi masala bo‘lib qolishi kerak.

- Hakam uchun eng og‘ir yumush nima?

- Har bir referi haftada loaqal 1 marta stadionga to‘plangan minglab kishilar va yana teleekranlarga nigoh qadagan millionlab muxlislar ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘lish xavfi ostida maydonga tushadi. Tushunarliki, bu katta bosim, zimmamizdagi mas’uliyat juda og‘ir. Boshqa tomondan qarasak, hakamlik o‘ta faxrli ish. Lekin o‘ta kuchli bosim ta’siri ko‘proq, baribir.

- Ruhshunos ko‘magi nechog‘li muhim?

- Sezilarli darajada, albatta. Germaniya futbol ittifoqida mustaqil ruhshunoslar faoliyat yuritadilar. Demakki, biz xohlagan payt ularga murojaat qilishimiz mumkin. Ammo avvalo, chindan ham, ruhshunos yordamiga muhtojligimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Aks holda, bu boradagi suhbatlar naf bermaydi.

- Uchrashuvlar payti xatolik ehtimolini kamaytirish uchun shaxsan siz qanday choralar ko‘rasiz?

- O‘zi tayyorgarlik jarayoni faqat va faqat xatoga yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi. Hozirgi referilarni qaysidir ma’noda murabbiylarga qiyoslash mumkin - biz ham onlayn-portallar orqali bir necha hafta avval bo‘lib o‘tgan o‘yinlarni takroran ko‘rib chiqamiz, barchasini tahlil qilamiz. Shu tariqa jamoalarning fe’l-atvori, futbolchilarning o‘zaro munosabatlari, hakam qarorlarini qanday qabul qilishlari kabi ko‘pgina jihatlarni o‘rganamiz.

- YECHL uchrashuviga qaratilgan tayyorgarlik jarayoni haqida ham ma’lumot bersangiz...

- O‘yindan 1 kun avval tashkillashtiriladigan videokonferensiyada raqib jamoalar haqida atroflicha ma’lumot olamiz. Agar jamoalardan biri tezkor qarshi hujumni yoqtiradigan bo‘lsa, unda referidan ko‘proq markaz bo‘ylab yugurish talab etiladi. Chunki u voqealar rivojidan ortda qolmasligi kerak. Bordiyu, himoya chizig‘idan hujumga kombinasiyalar bilan o‘tadigan jamoa o‘yinini boshqarsangiz, unda markaziy hududdan olisroqda harakatlanishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki pozision hujum vaqti qoida buzish holatlari nisbatan ko‘proq kuzatiladi.

- O‘yin kuni o‘zingizni qanday his etasiz?

- Avvaliga kayfiyatimni sozlab olishga urinaman: «Oh, qanday ajo-yib kun». Lekin uchrashuv vaqti yaqinlashgan sari bosim darajasi oshib boraveradi, baribir. Yo‘q, bosim menga katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksincha, diqqat-e’tiborni jamlashimga yordam beradi.

- O‘yindan oldingi va keyingi kunlar tartibi qanday?

- Germaniyada hakamlar brigadasi jamoalar bilan bitta mehmonxonadan joy oladi, bitta restoranda ovqatlanadi. Futbolchilardan farq-li jihatimiz - bizda uy yoki safar uchrashuvlari tushunchasi yo‘q. O‘z misolimda aytsam, o‘yin arafasida mehmonxonada yoga bilan shug‘ullanaman. Lekin borlig‘imni bo‘lajak bahs hissiyoti egallab oladi: stadionga borish, xavfsizlikka oid ko‘rsatmalar...

- Soddaroq, anchayin erkin kun tartibini xushlaydigan referilar ham bormi?

- Ha, albatta. Deylik, ba’zi hamkasblarim kiyinish xonasida musiqa tinglashlari yoki o‘zaro hazillashishlari mumkin. Biroq bunaqasi mening tasavvurimga sig‘maydi. Chunki tabiatan sukunatga moyilman, shunda konsentrasiyani yo‘qotmayman.

- Faoliyatingiz davomida ajablanarli voqealar ham tez-tez kuzatilsa kerak...

- Albatta! Qaysidir futbolchi oxirgi 4-5 uchrashuvda o‘zini risoladagidek tutadi, keyin esa birdaniga hakam bilan janjalasha boshlaydi. Bilmadim, u tarkibdagi o‘rin uchun shu tariqa kurashmoqchimi, muxlislar yoki matbuot vakillari e’tiborini tortmoqchi? Zimmamdagi asosiy vazifalardan biri - o‘ta qisqa vaqt ichida 22 nafar futbolchini imkon qadar yaxshiroq bilib olish.

- Sizni qaysidir o‘yinchiga baqirayotgan holda ko‘rishning iloji yo‘q, doimo sovuqqon va xotirjamsiz...

- Uslubim shunday, maydonda hukmronlik qilish va o‘zimni boshqalar yetolmaydigan cho‘qqida turgandek ko‘rsatishni istayman. Aslida o‘yinchilar bilan yaxshi chiqishaman. Lekin o‘ta apoq-chapoq bo‘lib ketmasligimiz zarurligini ham bilaman.

- Nima uchun? 

- Yillar davomida ayrim futbolchilar bilan juda ko‘p uchrashganman va ular qadrdon bo‘lib qolishgan. Futbolchilar bilan ta’til payti, aeroport yoki restoranda ko‘rishishning yo‘rig‘i boshqa, miriqib suhbatlashamiz. Futbol maydonida esa bunday xushmuomalalikka yo‘l qo‘yolmayman. Chunki hakamman, o‘yinni qat’iyat va xolislik bilan adolat asosida boshqarishim shart.

- Qaysi futbolchilar bilan muammolarga duch kelgansiz?

- Hali faoliyati yakunlamagan o‘yinchilar haqida fikr bildirolmayman. Futbol bilan xayrlashganlardan esa Sergey Barbarez va Yannis Amanatidisni alohida ko‘rsatishim mumkin. Ular bilan jiddiy ishlashimga to‘g‘ri kelgandi. Umuman, har qanday jamoada referiga nimanidir tushuntirmoqchi, isbotlamoqchi bo‘ladigan qiziqqon futbolchi topiladi. Lekin adolatni qattiq ushlasangiz, shunday yigitlar ham o‘yin oxirida samimiy tarzda qo‘l uzatishadi.

- Tanaffus payti o‘z qarorlaringizni tekshirib ko‘rasizmi?

- Albatta, agar kiyinish xonasiga yo‘l olgan payt yordamchilarim nimanidir muhokama qila boshlasalar, birgalikda ko‘rib chiqadigan voqea yuz berganini darhol sezaman. Qolaversa, hozir stadionlarga televizorlar o‘rnatilgan, telefonimni tekshirib ko‘raman, ba’zan do‘stlarim o‘z fikr-mulohazalarini  yozib yuboradilar.

- Xatolaringiz orasida hanuzgacha sizga tinchlik bermaydigani ham bormi?

- Shukrki, bunday chuqur iz qoldiradigan xatoga yo‘l qo‘ygan emasman. Hattoki, Shtefan Kissling urgan g‘alati gol ham bunday qusurdan xoli.

- Tanaffus payti yoki o‘yinlardan keyin hakamlar xonasiga kimlar ko‘proq bosh suqishadi?

- Murabbiylar, ularning assistentlari, ba’zan klub prezidenti. Ularni tushunaman, ba’zida o‘zlari tasalliga ehtiyoj sezadilar. Axir omadsizlikdan so‘ng kim bilandir hasratlashish kerak-ku. Umuman, bunday munosabatga allaqachon ko‘nikib ulgurganman. Shunday bo‘lgani ma’qul. E’tirozlarni o‘zimga ochiq aytishsa, bas. To‘g‘ri, «Bugun hammasi juda zo‘r bo‘ldi!» qabilidagi e’tiroflarni eshitishdan yaxshisi yo‘q. Biroq bunday maqtovlar juda kam...

- JCH-2018 doirasidagi Serbiya - Shveysariya uchrashuvida serblarni yaqqol penaltidan mahrum etgan edingiz. Jamoa bosh murabbiyi Mladen Krstaich bunga o‘ta qiziqqonlik bilan munosabat bildirgandi: «Bu hakamni Gaagaga jo‘natib, bizga nisbatan qanday jinoiy ish qo‘zg‘atgan bo‘lishsa, unga ham shunday chora ko‘rishlarini talab qilaman». Sizni harbiy jinoyatchiga qiyoslashlariga qanday dosh bergansiz?

- JCH haqida gapirishni istamayman. U faoliyatimning omadsiz bir qismi - tamom.

- Bundan 2 yil avval «Real» va «Yuventus» o‘rtasidagi CHL finalidan so‘ng alohida bazm uyushtirganingiz rostmi?

- Ha, chunki final - biz uchun oila a’zolarimiz va do‘stlarimiz davrasida bayram qilishning yagona imkoniyati. Kardiffdagi hal qiluvchi bahsdan keyin hakamlar brigadasi bilan birga 40 kishini «Makdonalds»ga, «Big Maki» bazmiga taklif etdik. Bu ayniqsa, men uchun unutilmas bayram bo‘ldi, uzoq yillar davomida yig‘ilgan bosimlar asorati CHL finalidagi ish bilan yuvilib ketdi.

- Endi sizda yo‘qotadigan narsa yo‘q, erkin qushdeksiz.

- Biroq qo‘lga kiritish imkoni bor sovrin ham yo‘q. 25 yoshda ikkinchi Bundesliga bahslarini boshqara boshladim, borimni hakamlik faoliyatiga bag‘ishladim. Yuridik ma’lumotga ega bo‘lsamda, bu ixtisosim bo‘yicha kam ishladim. Ko‘p narsalarga erishdim, lekin bori shu, xolos. Hozirgi maqsadim - shu mavqeni saqlab qolish.

- Do‘stlaringiz ko‘proq nima haqida so‘rashadi?

- Ajoyib savol! Qanday javob eshitishni istaysiz?

- «Feliks, falon o‘yinda to‘p chindan ham, futbolchi qo‘liga tekkanmidi?»

- Qoyil, to‘g‘ri topdingiz. Aslida bu yakuniy yechimi yo‘q o‘ta mushkul savol. Axir penalti bo‘lgan-bo‘lmaganini 100 foiz kafolat bilan aytishning iloji yo‘q. Faoliyatim davomida hakamlar yo‘riqnomalari 5 marta o‘zgardi. Bundan tashqari, TVda o‘ta sekinlashtirilgan videotakrorlar paydo bo‘ldi. Qoida buzilganini aniqlash tobora osonlashmoqda. Shu bois, hakamlar avvalgidan ko‘ra ko‘proq hushtak chalishga majbur bo‘lishyapti.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:52, 22.05.2019. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.