Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Manchester, Mayami, sportkarlar…yoki «Siti»ning bosh goleadori qanday yashamoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Manchester Siti» hujumchisi yaqinda yana bir bora Angliya chempionati cho‘qqisiga chiqdi. To‘g‘ri, argentinalik forvard bu safar bosh to‘purarga atalgan sovrindan quruq qoldi. Ammo APL-2018|2019da 21ta gol urganining o‘ziyoq katta gap.

Faqat bu gal Muhammad Saloh va Sadio Mane («Liverpul») hamda Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal») undan 1ta golga o‘zib ketishdi. Xo‘sh, Agueroning maydon tashqarisidagi ishlari qanday? Argentinalik goleador futboldan bo‘sh vaqtda ham baxtiyormi? U qayerda yashayapti, qanday avtomobillardan foydalanmoqda va nechog‘li hordiq chiqarmoqda? Demak, championat.com sayti ma’lumotlari asosida Serxio Kun hayotiga zimdan nigoh tashlaymiz. 

Uylar

Serxio hozirda Manchester yaqinidagi «Olderi Eyj» nomli elit maskanda istiqomat qilmoqda. Ushbu hudud Cheshir grafligi tarkibiga kiradi. Umuman, ko‘plab taniqli futbolchilar aynan «Olderi Eyj»dan qo‘nim topishgan. Xullas, Manchesterning ikki klubi vakillari ham negadir shu maskanga talpinishadi. Misol uchun, «MYU» a’zolari - Pol Pogba va David de Xea shu hududda yashashadi. «Menchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rahim Sterling esa «qizil iblislar» afsonasi - ser Aleks Fergyuson bilan yaqin qo‘shni. Endi Aguero tanlagan uyga kelsak, koshona misoli turar-joyning umumiy bahosi taxminan 3 million funtga teng. Uyning tashqi manzarasi ham, ichki ko‘rinishi ham kishini lol qoldiradi. Argentinalik futbolchining hayot tarzi havas qilishga arziydi: u har bir mukofoti va sovrinini alohida burchakda avaylab saqlaydi. Rasmiy o‘yinlardan keyin esa goleadorning shaxsiy garderobi (kiyimxona) ko‘pincha futbolka hisobiga boyiydi. Aniqroq aytsak, Kun agar gol ursa, formasini hech kimga bermaydi va esdalik  uchun o‘zi bilan olib ketadi. Endi Serxio futboldan ketguniga qadar uning garderobida nechta forma to‘planishini bir tasavvur qilib ko‘ring-a... Darvoqe, to‘plar ham bor. Xullas, Serxio gol ursa, nafaqat futbolka, balki to‘pni ham o‘ziniki qiladi. Demak, uyida to‘plardan ulkan «tog‘» paydo bo‘lgani aniq...

Agueroning «Instagram»dagi sahifasiga joylashtirgan suratlarga qarab, yakdil xulosaga kelish mumkin: turar-joy koshona bo‘lsa hamki, kamtarona tarzda bezatilgan. Hujumchi shuning barobarida mehmon kutishni xush ko‘radi, ulardan o‘zini aslo olib qochmaydi. Deylik, futbolchi o‘tgan yili saraton xastaligi bilan kurashayotgan bemor bolakayni xonadoniga taklif qilib, uning ko‘nglini ko‘tardi, yakunda yosh mehmonga butsasini sovg‘a sifatida berdi. Serxioning aytishicha, uyda bitta ulkan fotosurat alohida joyga ega. Aniqrog‘i, Agueroning «Kuinz Park Reynjers» darvozasini ishg‘ol etganidan keyingi xursandchiligi aks etgan surat. Ha-ha, bu 2012 yili o‘yinning 90+3-daqiqasida urilgan va «Manchester Siti»ga chempionlikni taqdim etgan o‘sha qiymati baland gol quvonchi... «O‘sha baxtiyor lahza bir umr xotiramdan chiqmaydi», — deydi Kun. Nima derdik, o‘sha lahza muhri uy devorida ham uzoq vaqt qoladigan ko‘rinadi.

Hammasi ajoyib, ammo Aguero yolg‘iz yashash juda zerikarli ekanligini bot-bot tilga oladi. Chunonchi, o‘g‘li - Benjamin ayni payt onasi qaramog‘ida Argentinada ulg‘aymoqda. To‘g‘ri, kichik Aguero har oy bir hafta otasi yonida bo‘ladi. Serxio uyda jigarbandi uchun alohida xona ajratib qo‘ygan va tabiiyki, unda barchasi muhayyo etilgan. Jamoadoshi Nikolas Otamendi va «MYU» darvozaboni David de Xea argentinalik to‘purarning doimiy mehmonlari. Nega de Xea? Axir u ashaddiy raqib vakili-ku. Serxio buni oddiy izohlaydi: «Ha, to‘g‘ri, men «Siti» uchun o‘ynayman, David esa «Yunayted» sharafini himoya qiladi. Lekin biz oldindan do‘stlarmiz, axir vaqtida Madridning «Atletiko»sida birga o‘ynaganmiz». Uyda agar mehmon bo‘lmasa, Aguero shunchaki, ekran oldiga yotadi va miriqib kino tomosha qiladi. Unga mafiya haqidagi va fantastik kartinalar yoqadi, asosiysi, filmlarni yolg‘iz o‘zi ko‘radi. Qo‘rqinchli kinokartinalarga esa aslo tobi yo‘q. 

Angliya tabloidlari xabariga ko‘ra, Aguero yaqin orada yangi uy sohibiga aylanadi. Har holda, hujumchi chamasi 4 million funt sterling to‘lab, Manchester markazida qad ko‘tarayotgan binodan xonadonga buyurtma bergan. To‘g‘ri, Serxio kelajakda yashashi mumkin bo‘lgan uy endi qurilmoqda. E’tiborga molik tomoni, Kunning yangi qo‘nimgohi binoning 65-qavatida joylashgan bo‘lib, oynasidan «Manchester Siti» stadioni - «Ittihod» shundoq ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, uzoq Mayamida ham Kun ixtiyorida hashamatli qasr bor. Bunisi ancha qimmatbaho - 9 million yevro. Ki Biskeyn ko‘rfazi (Saut-Bich va Dauntaun Mayamidan 20 daqiqalik yo‘l uzoqlikda joylashgan ajib orolcha)dagi uy 5ta yotoqxona va bir necha mehmonxonani o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi - ochiq dengiz, xushhavo tabiat. Hujumchi ta’til kunlarini aynan Mayamida o‘tkazishga odatlangan.

Aguero uylaring taxminiy bahosi - 15 million funt

Avtomobillar

Qimmatbaho mashinalar - taniqli futbolchilar uchun oddiy xarid. Aguero ham temir «toychoq»qa pul sarflashdan cho‘chimaydiganlar toifasidan. Argentinalik to‘p-urarning avtoparkida turli rusumli avtolarni ko‘rish mumkin -Lamborgini Avantador, Range Rover, Audi R8, Nissan GTR...

Aguero avtogarajining taxminiy bahosi - million funt

Xobbi

Aguero vaqtini o‘g‘li bilan maroqli o‘tkazish, kino ko‘rish va qimmatbaho mashinalarda sayr qilishdan tashqari, suv bilan bog‘liq har narsani juda-juda qadrlaydi. Deylik, katerda yoki yaxtada dengiz bo‘ylab suzishi mumkin. To‘g‘ri, katta suv transporti o‘ziga tegishli yoki yo‘qligi ma’lum emas. Faqat shunisi tayin: go‘zal yaxtadan 1 kun ijara asosida foydalanishning bahosi - 9 ming dollar. Futbolchi ixtiyorida yana suv motosikli ham bor. Kun bunisida yayrab «uchadi». Uning asosiy xobbisi - ba-liq ovi. Serxio qarmoqda baliq tutishga charchoq yozish manbai sifatida qaraydi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 17:10, 26.05.2019. O'qildi: 4368 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.