Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Duoibadmi yo shunchaki irim?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol - irim-sirimlarga boy sport turi. Go‘yoki, XXI asrda turli odatlar va qarg‘ishlar o‘tmishda qoladigandek tuyulgandi, ammo unday emas ekan.

Muxlislar, ba’zan esa klublarning o‘zi ham omadsizliklarda yomonlik alomatlarini sababchi sifatida ko‘rishmoqda. Quyidagi maqola bilan tanishsangiz, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.

1. DREYK

La’nati fotosurat

Joriy yilning martida futbol klublari vahimaga tushib, o‘z o‘yinchilarining rep qo‘shiqchisi Dreyk bilan tushgan suratlarini qidirishdi. Gap shundaki, ushbu musiqachi qaysidir sportchi bilan suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylasa, o‘sha sportchi yoki uning jamoasi mag‘lubiyatga uchragan. Dreyk Konor Makgregorni Habibga qarshi bahsda, Serena Uilyamsni  US Open turnirida, «Toronto»ni xokkey musobaqasida qo‘llagandi... Va mana, rep xonandasi futbolga ham yetib keldi. Dreyk bilan suratga tushish oqibatida Serxio Aguero va «Manchester Siti» (Chempionlar Ligasida), Jeydon Sancho va «Borussiya Dortmund», Pyer-Emerik Obameyang va «Arsenal» («Everton»ga qarshi bahsda), Leven Kurzava va «PSJ» («Lill» bilan o‘yinda, 1:5), «Yuventus» («Ayaks»ga qarshi o‘yinda) va boshqalar jabr ko‘rishdi.

2. «Krus Asul»

Qon qarg‘ishi (Comizzo Curse)

Hammasi Meksika ligasining 1997 yilgi finalida, «Krus Asul» va «Leon» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan boshlandi. O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida «Leon» darvozaboni Anxel Komisso oyog‘i bilan raqib jamoa hujumchisi Karlos Ermosilyoga zarba berdi. Forvard shifokorlar yordamidan voz kechib, boshi qonga belangan holda penaltini ijro etdi va zarba yo‘llashda adashmay, «Krus Asul»ni sakkiz karra chempionga aylantirdi. Shundan so‘ng bu klub biror marta chempionlikni nishonlamadi, KONKAKAF Chempionlar Ligasi hamda Libertadores kubogi finallarida yutqazdi. Jamoa ishqibozlari o‘zlariga «qon qarg‘ishi tekkan» deb hisoblashadi.

3. «Amerika de Kali»

Xo‘jayin duoibadi

1948 yili Kolumbiya klubi rahbarlari yig‘ilishida jamoani professional ligaga o‘tkazishga qaror qilishdi. Xo‘jayinlardan biri Benjamin Urrea ushbu g‘oyaga qarshi chiqib, shunday dedi: «Ular jamoa bilan istaganlarini qilishlari mumkin, ammo qasam ichaman, hech qachon chempion bo‘lolmaydilar». Klub professional darajadagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritishni 31 yil kutdi. 1979 yilda esa jurnalist Rafael Medina va xonanda Antonio Del Vivar jamoaga nihoyat kubok bahslarida omad kulib boqishi uchun, duoibadni yo‘qotish maqsadida o‘ziga xos marosim o‘tkazishdi.

4. Mik Jagger

JCHdagi omadsizlik «sababchisi»

Fanatlarning fikricha, britaniyalik rok musiqachi 2010 yildan buyon qaysi termaga muxlislik qilsa, o‘sha jamoa omadsizlikka uchramoqda. Hammasi JARda o‘tkazilgan mundialda, Gollandiya va Braziliya termalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng boshlangandi. Jagger o‘sha o‘yinga Janubiy Amerika sharafini himoya qilgan jamoa libosida tashrif buyurgandi. 2014 yili Mik guruh bosqichida Italiya va Portugaliyaga, yarim finalda Braziliyaga ishqibozlik qilgandi. Voqealarning keyingi rivoji ma’lum. Rossiyada o‘tgan JCHda Jagger o‘z natijasini mustahkamladi: yarim final doirasida Fransiya bilan bellashgan Belgiyaga hamda Xorvatiyaga qarshi bahs yuritgan Angliyaga muxlislik qildi.

5. Habib Nurmagomedov

Afsonaviy jang ta’siri

Rossiyalik sportchi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng ayrim futbol va xokkey klublariga muxlislik qildi. Ammo bu madad ushbu jamoalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi. Barchasi «Anji» - SSKA o‘yinidan boshlangan, o‘shanda asli kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Habibni irlandiyalik raqibi ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabriklashgandi. O‘sha uchrashuvda «armiyachilar» ustunlikka erishishdi. Keyinchalik Nurmagomedov «Spartak» va «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuvda moskvaliklarni qo‘llab-quvvatladi, biroq tulaliklar favoritni mag‘lubiyatga uchratishdi. Keyinchalik SSKAga qarshi bahsda SKAga ishqibozlik qilish orqali Habib omadsiz muxlis ekanini yana bir bor isbotladi: peterburgliklar yutqazishdi.

6. Aaron Remzi

«Ajal goli»

Yevropaliklar uelslik futbolchining millionlar o‘yinida «ajal elchisi»ga aylanganini ko‘p ta’kidlashadi. 2011 yili jarohatdan qutulib, katta futbolga qayt­gan Remzi ushbu voqeani gol bilan nishonladi. Ertasiga butun dunyoda taniqli bo‘lgan shaxslardan biri vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Oqibatda fanatlar Aaronning gollari va mashhurlar o‘limi o‘rtasida bog‘liqlik bor, degan fikrga kelishdi. So‘nggi 8 yil mobaynida Remzining gollari mashhurlar hayotiga ta’sir o‘tkazgan 19ta holat aniqlandi. «Qurbonlar» orasida Stiv Jobs, Uitni Xyuston, Pol Uoker, Boris Berezovskiy, Robin Uilyams, Muammar Kaddafi, Lyuk Perri va Kit Flint kabilar bor.

7. «Derbi Kaunti»

Lo‘lilar qarg‘ishi

Mazkur jamoa o‘z stadionini qurish maqsadida o‘sha hududdagi lo‘lilarni haydashga majbur bo‘lgandi. Jabrdiydalar esa aybdorni qarg‘ashdi: «Derbi» hech qachon Angliya kubogini qo‘lga kiritmasin». Bunga qadar jamoa turnir yarim finaliga xotirjam yetib borayotgandi. Oradan deyarli 50 yil o‘tib, 1946 yili, kubok finali arafasida klubning ayrim futbolchilari qarg‘ishdan qutulish maqsadida lo‘lilarga murojaat etishdi. Tomonlar nima haqida gaplashishgani noma’lum, ammo final juda quvnoq kayfiyatda o‘tdi: dastlab o‘ynalayotgan to‘p yorildi, keyin esa «Derbi» qo‘shimcha bo‘limlarda uchta gol urib, kubok sohibiga aylandi.

8.«Xibernian»

Arfa sababli...

Shotlandiyaning «Xibernian» klubi mamlakat kubogiga ega chiqishni 114 yil kutdi. So‘nggi marta shunday sharafga uzoq 1902 yili erishgandi. Shu uzoq muddatli «quruq» davr ichida jamoa Shotlandiya kubogi finalida 10 marta imkoniyatni boy berdi, biroq to‘rt marta chempionat va uch marta Liga kubogida zafar quchdi. Muvaffaqiyatsizlikni musiqiy asbobga yo‘yishdi. O‘z vaqtida mahalliy stadion rekonstruksiya qilingan, o‘shanda jamoaning kelib chiqishi Irlandiyadan ekanligini anglatuvchi arfa surati janubiy tribunalardan olib tashlangandi. Buning uchun lo‘lilardan biri klubni qarg‘agan ekan. Uzoq vaqt arfa stadionda ko‘rinish bermadi, vaholanki, duoibad shartlariga ko‘ra, musiqiy asbob bo‘lmasa, Shotlandiya kubogida yutuq ham bo‘lmaydi! 2015 yili «Xibernian» emblemasini rebrendingdan o‘tkazishga qaror qilib, nihoyat, arfa suratini qaytardi va oradan sakkiz oy o‘tib, klub mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

9. Avstraliya termasi

Ruhoniy qarg‘agan

JCH-1970 saralash bahslarida Avstraliya milliy jamoasi o‘zini sug‘urta qilish maqsadida Mozambikdagi ruhoniydan raqib - Rodeziya (Zimbabve) termasini duoibad qilishni so‘radi. «Yashil qit’a» vakillari keyinroq qarg‘ish uchun va’da qilingan ming funtni to‘lamay, juftakni rostlashdi. Juda ayyorona qadam! Keyinchalik kengurular yurti vakillarini 2004 yilgacha mundialdagi omadsizliklar ta’qib etdi. Teleboshlovchi Jon Safari Mozambikka borib, maxsus diniy marosimlar orqali o‘sha ruhoniyning ruhini chaqirib, undan uzr so‘ragach, qarg‘ish bartaraf etildi. Shundan so‘ng Avstraliya termasi JCH-2006ga yo‘l olib, turnirning 1|8 final bosqichigacha chiqishni uddaladi.

10. «Vasko da Gama»

Mavjud bo‘lmagan qurbaqa qarg‘ishi

1937 yili «Vasko da Gama» kamtarona «Andarai» klubi bilan o‘yinga tashrif buyurdi. Mehmonlar garchi uchrashuvdan avval maydon egalarini kamsitmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsalarda, javobsiz 12ta gol urishdi. Shundan so‘ng, fanatlar o‘rtasida gap-so‘zlar tarqaldi: emishki, «Andarai» murabbiyi Arubinyo «Vasko» stadioniga borib, u yerga qurbaqani ko‘mib, klubni 12 yillik qarg‘ish bilan jazolagan - o‘tkazib yuborilgan gollar soniga hamohang tarzda. Braziliya grandi, garchi tarkibi kuchli bo‘lsada, chempionatning bir necha mavsumida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, bundan tashvishlana boshladi. Vaziyatni o‘nglash uchun nimalar qilishmadi deysiz, biroq stadiondagi qurbaqani topishning iloji bo‘lmadi. Shu bois «Vasko» rahbariyati Arubinyoga iltimos bilan chiqdi. «Andarai» murabbiyi esa bu murojaatni tabassum bilan qarshi olarkan, hech qanday qurbaqa voqeasi bo‘lmagani, ammo ko‘ngli tozaligi uchun qarg‘ishni yechishga tayyorligini ta’kidladi. «Vasko da Gama» keyingi mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:29, 28.05.2019. O'qildi: 2777 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.