Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Bornmut 32 45
11 Fulhem 32 44
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shahram, «Neftchi», o‘lim bilan kurash – Shoxjahon Ergashev bilan katta intervyu

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular
A A A

Shoxjahon Ergashev og‘ir zarba yegasi, yuqori mahorat sohibi, jismonan va ruhan kuchli bokschi sifatida sport ishqibozlariga yaxshi tanish. Professional boksda 16 ta g‘alabaga ega charm qo‘lqop ustasi nafaqat O‘zbekiston, balki xorijlik muxlislar qatori yetuk mutaxassislar nazariga ham tushgan.

Worldnews.uz axborot agentligi butunjahon boks assosasiyasi (WBA) reytingida 4–o‘rinni egallab, 63,5 kg vazn toifasida jang o‘tkazib kelayotgan 27 yoshli Shoxjahon Ergashev bilan 9 iyunkuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan musobaqa oldidan internet orqali suhbat o‘tkazildi.

– Faoliyatingizdagi 17- jangga tayyorgarlik jarayoni qanday kechyapti?

– Xabaringiz bor, oxirgi marta fevral oyida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga chiqib ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandim. Bu safargi raqibim esa Puyerto-rikolik kuchli bokschi Daniyelitto Zorilla.

Jangga tayyorgarlik oldingilaridan butunlay boshqacha bo‘lyapti. Murabbiyim Aleksandir Juk bilan haftada 6,7 soat vaqtimizni mashg‘ulotlarga sarflayapmiz. Ushbu jangda ham g‘olib bo‘lib chempionlik kamarimni ona Vatanimga olib boraman.

– Har gal ringga o‘zbek milliy liboslarida chiqishingiz kimning g‘oyasi?

– Dadam 2015 yilning dekabrida o‘tkazilgan ilk professional jangim oldidan “Sen o‘zbek o‘g‘lisan. Har doim ringga o‘zbek do‘ppisi va choponida chiqishing kerak” degan gapni qattiq tayinlaganlar. Shundan so‘ng milliy kiyimlarimizda ringga ko‘tarilganman.

O‘sha-o‘sha bunday kiyimlarda ringga chiqishni odat qildim va bu mening qaysidir ma’noda imijimga aylandi. Boshimga do‘ppi, yegnimga chopon kiyganimda, muxlis O‘zbekistonlik yekanligimni bilishini istayman. Bu qalbimda milliy g‘urur tuyg‘usini jo‘sh urdirib, menga ikki karra kuch bag‘ishlaydi.

– Boksdagi faoliyatingizni boshlashdan oldin ma’lum vaqt futbol bilan shug‘ullanganingiz rostmi?

– Otamning o‘zi bokschi bo‘lganligi bois meni ham kasbiga kichkinaligimdan qiziqtirgan. 6 yoshligimda avtohalokatga uchraganimdan so‘ng shifokorlar boks bilan shug‘ullanishimni qat’iy taqiqlashgan. Jarohat og‘irligi bois meni o‘ladi, deyishgandi ham. Keyin asta sekin oyoqqa turdim. Axvolimni ko‘rgan dadam “Taniqli bokschi bo‘lmasa ham sport orqali salomatligini mustahkamlasin” degan fikirda ko‘p sport turlariga qiziqtirgan.

O‘sha kezlarda futbol ham o‘ynaganman. To‘rt yil Farg‘ona viloyatining turli jamoalarida to‘p surib, O‘zbekiston chempionatining oliy ligasida “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilganman. Boks borasida ko‘proq sir asrorlarga egaligim va qiziqishim kuchliligi sabab shu sport turini tanlaganman. Agar futbolni tanlaganimda ham mendan yaxshigina futbolchi chiqardi deb o‘ylayman (samimiy kuladi).

– Havaskor boksda qanday natijalarni qo‘lga kiritgansiz?

– Profissional ringga ko‘tarilgunga qadar yuzlab jang o‘tkazib, qariyb barchasini nokaut bilan yutganman. O‘z vaqtida O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib chiqqanman. Ammo Osiyo va jahon o‘yinlarida qatnashish nasib qilmagan.

Ayrim omillar ta’siri bilan 2015 yildan professional boksga o‘tdim. Qanday sabablar tufayli havaskor boksni tark etganimni vaqti soati kelsa, albatta, ommaga oshkor qilaman. Lekin professional boksga o‘tganimdan sira afsuslanmayman.

Aytishlaricha bir necha yil xorijda muhojir bo‘lib ham ishlagan ekansiz?

– To‘g‘ri, professional boksdagi faoliyatimni boshlashdan oldin uch yarim yil Rossiyaning turli xududlarida migrant bo‘lib ishlab, qiyinchiliklarni ko‘rganman. O‘shanda qishloqdagi hamrohlarim nima ovqat qilsa yeganman, qancha ish haqqi olishsa menda ham shuncha pul bo‘lgan. Ular bilan turli qiyinchiliklarni boshimdan o‘tkazdim.

Shu tufayli kechagi kunimni sira unutmyman. Ko‘cha-kuyda ham boks muxlislari tanib qolib, rasmga tushishni taklif qilishsa, yo‘q demayman va bundan xursand bo‘laman. Negaki sport muxlislari bilan qiziq. Muxlisi bo‘lmagan bokschi, o‘zini sportchi sanamasa kerak. Lekin o‘zimni mashxur yoki yulduz sportchi deb xisoblamayman.

– Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi Rapqon qishlog‘ida tug‘ulib ulg‘aygansiz. Xorijiy mamlakatlarda bo‘lganingizda ko‘proq nimalarni his qilasiz?

–Albatta Vatan sog‘inchi qiynaydi. Qishlog‘imni ariqlarda cho‘milib yurgan kunlarimni sog‘inaman. O‘z yurtimda ham faoliyatimni davom ettirsam bo‘ladi. Ammo professional boksning qaynoq markazi va jahon chempionlik kamarlari Amerikada bo‘lganligi, unga yaqinroq turish uchun okean ortida shug‘ullanaman.

– Boksdan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqib kuzatib borasiz?

– Futbolning ashaddiy muhlisiman. Vaqt topib, to‘p surib turishga harakat qilaman. Bir paytlar ot sporti bilan ham shug‘ullanishib bir necha karra musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganim uchun hozir bazan bo‘lsa-da ot minaman. It boqishga ham qiziqaman. Ot hamda itning insonga vafodor do‘st bo‘lishiga qattiq ishonaman va ularga mehrim kuchli.

– Shahram G‘iyosov ikkingiz o‘rtangizda jang o‘tkazilishi haqida ancha gap-so‘zlar tarqaldi. Ammo bu spektaklga ham o‘xshadi. Jang bo‘lishi aniqmi?

– Jangga tayyorgarlik boshlangan. Lekin uning qachon o‘tkazilishi ma’lum emas. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

– U bilan hayotdagi munosabatlaringiz qanday?

– Shahramni havaskor boksda yurgan paytlarimdan buyon taniyman. O‘shanda ham bir necha marta ringga tushganmiz. Uning kuchli bokschi ekanligini doimo tan olaman va xurmatim baland. U bosib o‘tgan yo‘l va ko‘rgan mashaqqatlari qadrlashimga asosiy sabab hisoblanadi. Lekin hayotda juda kam ko‘rishamiz.

– Bo‘ydoq sportchilar safini qachon tark yetasiz?

– Nasib qilsa, shu yil kuzda oila quraman. To‘yimni yaqinlarim, qarindosh-urug‘ va yoru birodarlar davrasida shov-shuvsiz, dabdabasiz o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Isrofgarchilik, ortiqcha hashamga ketadigan mablag‘ni boshqa savobli ishlar uchun sarflamoqchiman.

Bugun qo‘limizda bor mablag‘ ertaga bo‘lishi ham mumkin. Shu bois barchamiz o‘zimizdagi imkoniyatni boshqalarning ham farovon yashashi uchun sarflasak, katta savobga erishamiz. Hozir bu borada bir necha loyihalarni amalga oshirishga kirishganman. Sentyabr oylarida bu haqida ko‘pchikini boxabar qilaman.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 13:45, 09.06.2019. O'qildi: 10255 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик