Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • -:-
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 18 42
2 Milan 17 38
3 Napoli 18 38
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Atalanta 19 28
8 Bolonya 18 26
9 Lasio 19 25
10 Udineze 19 25
11 Sassuolo 19 23
12 Torino 19 23
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 18 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 19 13
19 Verona 18 13
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus
19-тур Bolonya 0-2 Atalanta
19-тур Napoli 2-2 Verona
19-тур Parma 0-2 Inter
19-тур Torino 1-2 Udineze
19-тур Lasio 2-2 Fiorentina

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Manchester Yunayted»ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu jamoaning transfer bozoridagi haridlarini ko‘rib biroz ranjidim. Yaqinlashayotgan mavsumda APL g‘olibligi uchun kurashmoqchi bo‘lgan jamoa birorta «o‘yinni o‘ziga oladigan» o‘yinchi harid qilganicha yo‘q. Bugun «Manchester Yunaytet» va u botib qolgan botqoq haqida so‘z boradi

Aleks Fergusson o‘xshashi boshqa topilmadi

O‘yinlarni saqichni asabiy chaynab tomosha qiladigan murabbiyning  ketishi jamoaga shu qadar ta’sir ko‘rsatishini tahmin qilish juda mushkul edi. Afsuski, shunday bo‘ldi. Fergi bobo chorak asr egallab turgan postini tashlab ketdiyu, o‘z raqiblaridan ilgarilab ketgan «qizil iblislar»ning kemasi botqoqqa botib qoldi. Avvaliga David Moyes va van Gal rosa urunib olib chiqa olmagan kema ko‘lmakka mahkam o‘rnashib oldi. Shu qadar mahkam o‘rnashib oldiki, xatto «Benazir» uni joyidan siljita olmadi. So‘ngra hech kim kutmagan joydan kelgan Sulsher klubni botqoqdan olib chiqdiyu, bepayon okeanda adashib qoldi. Darhaqiqat, adashib qoldi!
Shu o‘rinda bir faktni keltirib o‘tishni istadim. Norvegiyalik murabbiyning jamoa bosh murabbiyi bo‘lishiga Fergi bobo boshidanoq qarshi bo‘lgan va u bilan professional shartnoma tuzmaslikni rahbariyatdan iltimos qilgan ekan. Klub mutasaddilari esa, jamoani botqoqdan olib chiqqan murabbiyga ishonch bildirishdi va futbol olamining otasi aytgan so‘zlarga quloq ilishmadi. Oqibatda klub yuqorida aytilganidek, katta okeanda adashib qoldi va besamar suza boshladi. Uning ortida kelayotgan boshqa kemalar esa osonlik bilan uni ortda qoldirib ketdi. Xatto hammadan kamroq yoqilg‘I ishlatuvchi Pochetino boshchiligidagi «shporlar» ham ulardan ancha ilgarilab ketdi. Ayni damda jamoa ochiq okeanda adashib yuribdi…

Eng qizig‘I shundaki, Fergusson Sulsherning jamoa postiga kelishiga qanchalar norozilik bildirgan bo‘lsa, Pochetinoni jamoa ruli tepasiga kelishini shunchalik istagan edi. Afsuski, futbolni u qadar tushunmaydigan amerikaliklar uning qarashlarini eskilik sarqitiga chiqarib qo‘ydi va hammasi chalkashib ketdi…
Jamoaning asosiy yulduzi Aleks Fergussonning ketishini katta transferlar bilan yopib yuborishni maqsad qilgan jamoa birin-ketin noaniq transferlarni amalga oshirishni boshladi. Klubning egilgan qaddini tiklash maqsadida jamoaga taklif etilgan Falkao, Di Maria, Sanches, Roxo, Depay, Pogba, Ander Errera, Valdez, Fellayni, Ibrahimovich, Bayi va boshqa futbolchilar kuchli mutaxassis yo‘qligi uchun jamoaning o‘yin falsafasiga moslashib keta olmadi. To‘g‘ri, ulardan ba’zilar imkon darajasida harakat qilgan bo‘lishi mumkin, biroq birortasi jamoaning yetakchisiga aylana olmadi. «Qizil iblislar» transferlar uchun hamshaharlaridan kam pul sarflashmagan bo‘lsada, o‘yin sifati va darajasi borasida ulardan ancha ortda qolib ketishdi.

Gap shundaki, transferlarga sarflangan pullar qiymati teng bo‘lsada, murabbiylarni tanlashda adashgan «Manchester Yunayted» «Man Siti»dan ancha ortda qolib ketdi.
Hozirda yosh va g‘alabaga chanqoq Sulsher nimalarnidir o‘zgartirishga urunayotgan bo‘lsada, bu uning qo‘lidan kelmasligi tobora aniq bo‘lib boryapti. Futbolchilarga erkinlik berish va maydonda ular istaganicha sharoit yaratib berish evaziga futbolda kuchli klub tuzib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, yigitlar erkinlik va yaxshi kayfiyat faktori evaziga bir nechta g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, biroq «Manchester Siti» va «Barselona» singari o‘z o‘yin uslubini shakillantirishga muvaffaq bo‘lgan klublar oldida ip esha olamay qoldi. Aynan shu jamoalarga qarshi bahsda Sulsherning naqadar taktika va strategiya borasida tajribasizligi ko‘rinib qoldi. Aslida «PSJ» bilan bo‘lgan birinchi uchrashuvning o‘zidayoq Sulsher shunchaki motivator ekanligi ko‘rinib qolgan edi. Ikkinchi uchrashuvda esa  «PSJ» o‘z kuchiga ortiqcha ishonib yuborishi evaziga mag‘lub bo‘ldi. O‘sha uchrashuvni 10 bor qayta tashkil qilsangiz hammasini «PSJ»ning qo‘li baland kelishini «Manchester Yunayted»ning ashaddiy muxlislari ham juda yaxshi bilishadi.

Afsonaviy 7-raqam egasiz qolib ketdi

«Manchester Yunayted» klubi futbolchisi Jorj Best o‘zining afsonaviy 7 – raqami haqida shunday degan edi :

«Men bu raqamni qanchalar buyuk ekanligini bilar edim. Uni egallab  yanada buyuk g‘alabalarga erishdim. Bir kuni uyqudan turib o‘ylab qoldim. Mobodo o‘yinimda pasayish kuzatilsa, men 7 – raqamga noloyiq bo‘lib qolamanmi?! Bir lahzada yuragimni qo‘rquv egalladi. Ertaga meni muxlislar 7 – raqamga noloyiq edi deb eslashlaridan qo‘rqib ketdim»…
O‘z davrining tengsiz futbolchisi va ajoyib faylasuf Jorj Best bu raqamning klub uchun naqadar chuqur ahamiyat kasb etishini o‘z so‘zlarida ayon qilib ketgan edi…


Undan so‘ng bir nechta yulduzlar 7 – raqamga mos o‘yin ko‘rsatishga qo‘ldan kelgancha urunishdi. Fergusson klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qora rangli butsadan boshqasini kiymaslikni shart qilib qo‘ygan bo‘lsayu, 7 – raqamga hurmatni yo‘qotar edimi? Erik Kontana va Bekhamlar 20- asr so‘ngi va yangi asr boshida orqalarida yozilgan raqamga munosib futbol namoyish etishdi. Ular maydonda g‘alaba uchun qolganlardan ikki hissa ko‘proq harakat qilishdi. So‘ngra bu raqam Ronalduga nasib etdi. Shuni unutmaslik lozimki, Krish  Fergi boboning qo‘l ostiga kelguniga qadar Rikardo Qurejmaning soyasidagi yigit edi. «Sporting» klubidan kelgan ozg‘in o‘spirinni RONALDU qilgan Fergi bobo va klubning afsonaviy 7 – raqami ekanligini unutmasligimiz lozim. «Manchester Yunayted»ning doimo kuchli 7 – raqamli futbolchilari bo‘lgan. Afsuski, Ronaldu ketgach, bu raqam ishdan chiqdi. Uni Depay yoki Valensiya singari futbolchilar ko‘tara olishmadi. Bora – bora bu raqam haqida juda ko‘pchilik unutib ham yubordi.

Xulosa

«O‘z odatlarini unutgan xalq -  yo‘qlikka mahkum» deganlaridek, klub bepayon okeanda yo‘lidan adashgan kemadek yo‘qolib qoldi. Futbol olami okeanlardanda keng bo‘lib, unda yo‘qolgan klublar unutilishga mahkum. Afsuski, «Manchester Yunayted» tobora unutilib bormoqda. Yangi mavsumda jamoaning aksiyali klub tarixida rekord darajada pastlab ketdi. Muxlislarning klub g‘alabasiga bo‘lgan ishonchi pasaygani yetmaganidek, xalqaro bozorda ham jamoaning savdosi keskin tushib ketdi. Avvallari issiq non singari bir zumda sotilib ketadigan klub futbolkalari peshtaxtalarda chang bosib qolyapti. Jamoani yelkasida ko‘tarib yurishi kutilgan Pogba boshqa klubga o‘tish dardida yonmoqda. Afsuski, vaqt o‘z joyida turmaydi. 21 – asrda katta futbolga kirib kelgan «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari hozirgi kunga kelib ulardan o‘yin sifati borasida ilgarilab ketdi. Xatto «Tottenhem» klubi kichik byudjet bo‘lishiga qaramasdan, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan reja va kuchli mutaxassis yordamida YCHL finalida o‘ynadi. Bu esa «Manchester Yunayted»ning asosiy raqiblari ulardan qay darajada uzoqlashib borayotganini bildiradi. Agarda Gleyzerlar oilasi klubdagi ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, kuchli murabbiyni o‘z vaqtida klubga olib kelishni ortga sursa, APL grandlari va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi tafovut kattalashib ketadi. Keyinchalik bu bo‘shliqni  to‘ldirish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi…

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:37, 17.07.2019. O'qildi: 13072 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
5 Комо Niko Pas 6
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Ювентус Kenan Yildiz 6
8 Комо Anastasios Duvikas 6
9 Милан Rafael Leau 6
10 Интер Xakan Chalxanoglu 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.