Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida 4-o‘rinni egallab, Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Atalanta» klubi, nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok eta olmayapti.
O‘tgan turda Zagrebning "Dinamo"siga 0:4 hisobida yutqazgan bergamoliklar, bugun Milandagi "San-Siro" stadionida "Shaxtyor"ga yutqazib qo‘ydi.
Bahsning 16-daqiqasida Ilichich penaltidan gol ura olmadi: zarbani Pyatov qaytardi. 28-daqiqaga kelib, mezbonlar baribir hisobni ochishdi. Duvan Sapata gol muallifiga aylandi.
Birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida esa Morayes muvozanatni tikladi.
Ikkinchi taymda xavfli vaziyatlar u qadar ko‘p bo‘lmadi. "Atalanta" ikkita xavfli vaziyatni golga aylantira olmadi. O‘yinga qo‘shib berilgan 5 daqiqada esa "Shaxtyor" qarshi hujum tashkil qilib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Donesklar dastlabki 3 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. "Atalanta" esa guruh autsayderi bo‘lib qolmoqda.
Yevropa chempionlar ligasi, "S" guruhi, 2-tur
Atalanta Italiya – Shaxtyor Ukraina 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 Sapata, 1:1 – 41 Morayes, 1:2 – 90 Solomon.
Atalanta – Gollini, Xatebur (Gosens, 57), Masyello (Muriel, 68), Toloi, Kastan, Gomes, Pashalich, Ilichich (Malinovskiy, 57), de Ron, Palomino, Sapata.
Shaxtyor – Pyatov, Matviyenko, Ismaili, Krivsov, Bolbat (Dodo, 90), Alan Patrik (Solomon, 69), Stepanenko, Tayson, Kovalenko, Marlos (Konoplyanka, 86), Morayes.
Ogohlantirishlar: Krivsov (15), Stepanenko (35), Ilichich (44), Morayes (45), de Ron (49), Bolbat (64), Toloi (80), Malinovskiy (90).