Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vadim Abramov: «Yamanni «doska»da mag‘lub etib bo‘ldik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Yaman termasini qabul qiladi. Bugun uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va terma jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

— Ertaga kim bilan o‘ynashimizni hamma yaxshi biladi. Bu o‘yin haqida biror fikr bildirishga ham hayronman. Hamma yigitlar bizni qanday o‘yin kutib turganini yaxshi biladi. Ochko yo‘qotish mumkin emas. Shunday ekan, bor kuch bilan o‘ynaymiz.

— Ertaga O‘zbekiston terma jamoasini mutlaqo boshqacha qiyofada ko‘ramizmi?

— Hozir o‘zimizni oqlash uchun har qanday gapni aytishimiz mumkin. Bu bizning ishimiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatish. Raqibni yengish kerak va biz bu ishni uddalay olamiz, deb o‘ylayman.

— Raqibni o‘rgangansiz, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini ayta olasizmi? Nimadan xavotirdasiz?

— Bizni faqat bir narsa tashvishga qo‘ymoqda. Raqib tarkibida «10» raqamli futbolchi (Muxsin Muhammad - tahririyat izohi) o‘ynaymaydi. Bu yaxshimi yoki yomon, bilmayman. Yaman aynan shu futbolchiga tayanib harakat qilardi. Bu jamoa himoyadan o‘ynaydi, faqat bir kishi oldinda bo‘ladi, qolganlar himoyada. Qiziq tomoni, shunday o‘yin bilan Yaman Saudiya Arabistoniga ikkita gol urishdi. Yana Singapurga ham. Aslida Singapur yaxshiroq o‘ynagandi. Yamanning o‘yini oddiy, ammo samarali. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ham raqibdan «avtobus» himoya kutyapmiz. Raqibning darvozaboni yaxshi o‘ynaydi. Yana u juda omadli ham. Ba’zan haddan tashqari omadli.

— Raqibni o‘rganish orqali va o‘z futbolchilarimizni yaxshi bilgan holda bizning ustun tomonlarimizni ayta olasizmi?

— Yamanda hozir ichki chempionat yo‘q, shu sababli terma jamoa har doim birga shug‘ullanadi. Shuning uchun jamoa sifatida bir-birini juda yaxshi tushunadi. Ammo nima bo‘lganda ham biz — O‘zbekistonmiz. Biz kuchliroqmiz va buni maydonda isbotlashimiz lozim.

— Raqib Ektor Kuper davridagi O‘zbekistonni o‘rgangan. Ammo sizning jamoangizni yaxshi bilmaydi. Bu holat bizga ustunlik berishi mumkinmi?

— Umid qilamanki, ustunlik beradi. Hozircha o‘zim ham ertaga qanday o‘yin bo‘lishini bilmayman. Raqibni o‘rgandik, unga qarshi taktika tuzib qo‘yganmiz. Biz doskada Yamanni yengib bo‘ldik, endi maydonda yutish qoldi (zalda kulgu). Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, bunday vaqtda qadrdon devorlar ham yordam berishi lozim. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashini kutmoqdamiz.

— Siz bilan federasiya necha yillik shartnoma imzoladi?

— Men shu yerda o‘tiribman, shunday ekan, terma jamoani boshqarmoqdaman. Shartnomaga kelsak, avval oldinda bizni kutayotgan ikkita o‘yinni yutib olaylik, keyin shartnoma haqida o‘ylaymiz.

— Odil Ahmedov ertaga maydonga tushadimi?

— Unda jarohat bor. Agar uning holati imkon bersa, ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Menimcha Singapurga qarshi kechadigan o‘yinga qadar to‘liq safga qaytadi.

— Siz har bir o‘yinga bitta taktika bilan tushasizmi yoki terma jamoani kuchaytirish uchun turli qarorlarga qo‘l urasizmi?

— Hozir faqat ikkita o‘yin haqida o‘ylashimiz shart. Guruhdan chiqishga harakat qilishimiz va shu bilan birga chiroyli futbol ko‘rsatishimiz ham kerak. Ba’zan xunuk o‘yin bilan ham g‘alaba qozonish mumkin. Ammo bunaqasi kamdan-kam uchraydi. Shu sababli bir o‘q bilan ikkita quyon urishga harakat qilamiz — ham chiroyli o‘ynab, ham uch ochko olamiz. Singapur kuchli jamoa, yana u yerda iqlim ham og‘ir. Shunday ekan, bu ikki uchrashuvda g‘alaba qozonish shart.

— Jamoani Ektor Kuper uslubidan olib chiqib, o‘z uslubingizni joriy etish qiyin bo‘lmadimi?

— Kuper uchun gapirishni istamayman. Men o‘z qarashlarimni jamoaga yetkazishga harakat qildim. Olimpiya terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida mana shu qarashlarni amalga joriy etishga harakat qildik. Menimcha murabbiy o‘zgarishi og‘riqsiz kechadi. Hammasi yaxshi bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Bunisini endi vaqt ko‘rsatadi.

— Iordaniyani qanday mag‘lub etganimiz yodimda? O‘shanda Sahob Jo‘rayev butun vujudi bilan zarbalarni qaytargan edi. Ammo hozir himoyachilarimiz zarbadan qochadi. Shu ma’noda klub hamda terma jamoa bosh murabbiyi sifatida nima deya olasiz?

— Futbolchini bitta o‘yin bilan baholash qiyin. Terma jamoaga keladigan har bir futbolchi borini tashlab ketishga harakat qiladi. Bir vaqtlar Maksim Shaskix haqida tanqidiy fikrlar bo‘lardi. Hozir mana Odil haqida shunaqa gaplar paydo bo‘ldi. Ammo ishoning, terma jamoaga kelayotgan har bir futbolchi g‘alaba uchun borini beradi. Himoyachilar zarbadan qochadi, deb aytmagan bo‘lardim. Balki biror vaziyatda shunday bo‘lgandir. Ammo har bir o‘yinchi bor kuchi bilan termaga sodiq. G‘alaba va mag‘lubiyatlar taqdirga bog‘liq. Shuni ham unutmaylik.

— Olimpiya terma jamoasi futbolchilari orasida MTJga nomzodlar bormi?

— Bor. Ularni olib qolishimiz ham mumkin edi, ammo olimpiya terma jamoasi foydasini ko‘zlab ba’zilarni berib yubordik. O‘rtoqlik o‘yinida olimpiyachilar o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Biz bu uchrashuvni aynan milliy terma jamoaga nomzodlarni saralash uchun o‘tkazgan edik. Hozirgi tarkibda bizni qiziqtiradigan futbolchilar bor. Afsuski hozir vaqtimiz kam. Shu ikki o‘yinni o‘tkazib olsak, keyin nomzod futbolchilarni ko‘rib chiqamiz. Ularning ro‘yxati ancha uzun.

— Ertaga Yamanga qarshi kechadigan o‘yinga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yganmisiz?

— Albatta. Bunisini maydonda ko‘rasiz.

— Terma jamoa ancha o‘yinlarni «Bunyodkor» stadionida o‘tkazar edi.

— U yerda maysa boshqacha sifatga ega, biroz og‘irroq. Bunday maydonda himoyalanish oson. Biz esa hujumkor o‘ynashimiz kerak. Shuning uchun «Paxtakor» stadionida o‘ynashni ma’qul ko‘rdik.

— Avval ham termani boshqargansiz. Yana boshqaruvga keldingiz. Bu ikki jamoa haqida nima deya olasiz, jamoada potensial bormi?

— Men avvalgi jamoa futbolchilarini juda yaxshi bilar edim. Bunisini o‘rganishim uchun vaqt kerak. Ikki oydan so‘ng sizga jamoada qanday potensial borligini aytaman.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:00, 09.10.2019. O'qildi: 13029 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.