Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: «Medallar uchun kurashish imkoniyatimiz bor»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Intervyular
A A A

Cuperliga 23-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahsning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori.

Ushbu uchrashuv arafasida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bo‘lajak o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bo‘lajak bahsga tayyorgarlik juda yaxshi kechmoqda. Shug‘ullanyapmiz, mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Bu Superligada FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga keladigan katta tanaffus oldidan so‘nggi o‘yin bo‘ladi. Shu bois, yigitlarda ishtiyoq ancha yuqori va “Nasaf” ustidan g‘alaba qozonib, tanaffusga yuqori kayfiyatda chiqib ketishni niyat qilganmiz.

— O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Nasaf” “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, kubok bahslaridan chiqarib yuborgandi. Bo‘lajak o‘yinda shogirdlaringiz o‘sha mag‘lubiyat uchun ham revansh olishadimi?

— O‘sha paytda jamoani men boshqarmaganman va shu bois, revansh borasida hech narsa deya olmayman. Maqsadimiz esa joriy mavsumni munosib tarzda yakunlash. Bu yilgi milliy chempionat bahslariga yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 4ta tur qoldi hamda bo‘lajak uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashmoqchimiz.

Oldimizda maksimal vazifa turibdi, ya’ni qolgan barcha bahslarda g‘alaba qozonish. Buni esa aynan “Nasaf”ga qarshi kechadigan o‘yindan boshlash kerak.

— Sizningcha, “Navbahor”da sovrindorlar safidan o‘rin olish imkoniyati bormi?

— Albatta, nazariy jihatdan jamoamizda medallar uchun kurashish imkoniyati bor va buni amalga oshirish uchun so‘nggi pallagacha harakat qilamiz. Futbolda esa hamma narsa yuz berishi mumkin. Ammo bunga ko‘p e’tibor qaratmay, o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz hamda qolgan bahslarda zafar quchishimiz shart.

Sovrindorlar safidan joy olish yo‘lidagi ilk g‘alabani esa qarshiliklarga qarshi kechadigan uchrashuvdan boshlashni niyat qilganmiz. Yutuqlar esa asta-sekin davom etaveradi. Umid so‘nggi pallada o‘ladi hamda medallar uchun oxirigacha kurash olib boramiz.

Muxlislar esa “Navbahor”ni doimgidek, munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani. Yigitlar ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:20, 29.10.2019. O'qildi: 2368 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик