Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • 0:3
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8875 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2947 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixidagi eng chalkash transfer. «Real» di Stefanoni «Barselona»dan qay tariqa tortib olgani haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolga befarq bo‘lmagan ko‘pchilik Alfredo di Stefano nomini eshitgan. Quyidagi maqola esa 50 yillar afsonasining «Real»ga qanday kelib qolgani haqida hikoya qiladi.

Bu transferda shaxsan general Frankoning qo‘li bo‘lganmi?

Alfredo di Stefanoning Janubiy Amerikadan Ispaniyaga kelib qolishi zamonaviy transfer bozoridagi har qanday voqelikni ortda qoldiradi. Bunday chalkash transfer futbol tarixida na undan avval va na undan keyin bo‘ldi.

Futbolchining transferiga to‘rtta mamlakatning beshta klubi nima sababdan aralashgani, yarim yil ichida 10 kilogramm vazn yig‘gan di Stefano, uni deb «Barselona» prezidenti ishdan ketgani va argentinalik futbolchining ilk «El-Klasiko»si qanday kechgani haqida hozir siz bilan suhbatlashamiz.

Di Stefano Janubiy Amerikada: Argentinadagi isyon va Kolumbiyaga qochish

Hujumchi faoliyatini 1944 yilda «River Pleyt»da boshlaydi. U tezda yetakchi futbolchi, to‘purarga aylandi va butun mintaqada dong taratdi. Debyutidan besh yil o‘tib di Stefano professional futbolchilar qo‘zg‘oloniga qo‘shildi. Ular maoshlari oshirilishi va shartnoma yakunida istalgan klubga yo‘l olish huquqini talab qilardi. Uzoq tortishuvlardan so‘ng klublar talablarning bir qismini bajarishga rozi bo‘ldi, biroq futbolchilar hali ham transferlarga ta’sir o‘tkaza olmasdi.

O‘sha yili «River Pleyt» aviahalokatga uchragan «Torino» futbolchilari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Safar vaqtida di Stefano klub prezidenti uni futbolchilaridan ayrilgan klubga transfer qilmoqchi bo‘layotganini sezib qoldi. Turinliklar futbolchini sotib olishni uddasidan chiqa olmadi va muzokaralar barbod bo‘ldi. Argentinaga qaytgach Alfredo «River Pleyt» rahbariyati bilan qattiq tortishib qoldi va Kolumbiyaga qochib ketdi. U vaqtlari Kolumbiyada futbolni targ‘ib qilish siyosat darajasiga ko‘tarilgan, futbolchilarning maoshi baland va ular istalgan klubda to‘p surish imkoniyatiga ega edi.

Mamlakat futbol assosiasiyasi FIFAdan chetlatilgan, ammo professional liga alohida tashkilot singari harakat qilar edi. Shu sabab Kolumbiyaga chet ellik futbolchilar oqimi to‘xtamas edi, futbolchilar amaldagi shartnomalari tugamasidan va o‘z yurtida uzoq yillarga diskvalifikasiya qilinishini bilsa-da bu yerga tashrif buyurishdan to‘xtamasdi. Di Stefano «Milionarios» bilan shartnoma imzoladi va bu jamoa bilan ketma-ket uch yil chempionlikni qo‘lga kiritdi. Alfredo ikki marta chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi. O‘sha vaqtda mazkur jamoa dunyoning eng kuchli klublaridan biriga aylangandi.

Futbolchining Yevropa grand klublari e’tiboriga tushishi

Kolumbiya klublariga xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqi berildi va bundan «millionerlar» jon deb foydalandi. 1953 yilda di Stefanoning jamoasi kichik Jahon Kubogida g‘olib chiqdi. Venesuelada o‘tgan musobaqada ikkita Yevropa va ikkita Janubiy Amerika klubi ishtirok etgandi. Hujumchi Venaning «Rapid», «Espanyol» va huquqiy tomondan haqiqiy klubi hisoblangan «River Pleyt»ga gol urgan holda musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Bundan biroz avval «Milionarios» «Real»ning 50 yilligiga atab tashkil etilgan musobaqada qatnashish uchun Ispaniyada bo‘lgandi. U yerda di Stefano «Real»ga qarshi final bahsida dublga erishdi. Uning jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va Alfredo musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. O‘yindan so‘ng «Real»ning o‘sha vaqtdagi prezidenti Santyago Bernabeu ofisga qaytgan, billur kuldonni polga uloqtirgan va klub g‘aznachisi Raymund Namiasga baqira ketgandi: «Bu yigit meniki bo‘ladi!».

Biroq uni «Barselona» prezidenti Enrik Marti ortda qoldirdi.

Muzokaralarning boshlanishi va katalonlarning xatosi

Di Stefano bu orada «Atletiko» murabbiyi Elenio Errera va «Barselona» klubi skautlar boshqarmasi rahbari Xosep Samiterdan taklif olishga ulgurdi. Kichik Jahon Kubogidan so‘ng futbolchi «Milionarios»ga qaytishdan bosh tortdi va Argentinada qoldi. U istalgan vaqtda oilasi bilan Yevropaga ravona bo‘lishga tayyor edi.

«Barselona» futbolchining transfer huquqi bilan yuzaga kelgan chalkashliklarni to‘g‘irlash uchun muzokaralarga mashhur katalon advokati Ramon Trias Fargasni yubordi. «Millionerlar» bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramay, di Stefano hali ham «River Pleyt» futbolchisi edi. Shunday ekan, transferni amalga oshirish uchun har ikki klubga pul to‘lash lozim edi. Fargas argentinaliklar bilan tezda kelishuvga erishdi va «Milionarios»dagi masalani hal qilish uchun Kolumbiyada yashovchi kataloniyalik Joan Buskets bilan bog‘landi.

Bu esa katta xato edi, sababi Buskets «Milionarios»ning azaliy raqibi «Independente Santa-Fe» klubining direktorlar kengashi a’zosi edi. Uning muzokaralar stolida paydo bo‘lishi «millionerlar» rahbariyatiga ularning ustidan kulishdek tuyildi. Buning ustiga, futbolchi uchun «River»ga 87 ming dollar (hozirgi vaqtda, taxminan, 900 ming dollar) to‘lashga kelishib qo‘ygan katalonlar «Milionarios»ga shunchalik kam mablag‘ taklif qildiki, buning natijasida kolumbiyaliklar rahbariyati muzokalarni darhol to‘xtatdi.

«Barselona» vakillari «River Pleyt» bilan kelishuvga erishilgani transfer uchun yetarli deb hisobladi va Kolumbiya klubining rad javobini e’tiborsiz qoldirgan holda pulni tayyorlashni boshladi. Ilk pul o‘tkazmalari 10 avgustga qadar argentinaliklar hisobiga kelib tushishi kerak edi.

Ispaniyaga ko‘chish, Bogotadan kelgan telegramma va ikkita shartnoma

1953 yilning 23 mayida Alfredo di Stefano oilasi bilan birga Argentinani tark etdi va Barselonaga yo‘l oldi. Hujumchi tomonidan imzolangan shartnomada quyidagi chalkash band ham bor edi: «26 iyul kuni futbolchi Kolumbiyadagi faoliyati tufayli yuzaga keladigan muammolardan qat’i nazar klub tasarrufiga yetib kelishi shart».

Di Stefano Ispaniyaga ketganidan bir kun o‘tiboq Santyago Bernabeu Raymund Namiasni «Milionarios» bilan kechajak muzokaralarda «Real»ning rasmiy vakili ekanini bildiruvchi hujjatni imzoladi.

Uch kun o‘tib, «River Pleyt» Kolumbiyadan telegramma oldi. Unda «Milionarios» 1954 yilning oktyabriga qadar di Stefanoni «Real» transfer qilish borasida kelishuvga erishgani yozilgandi. Bitimni o‘sha zahoti futbolchining o‘ziga jo‘natishdi. Telegramma ketidan Namias ham Argentinaga yetib keldi. «Real»ning rasmiy vakili «River» bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, katalon klubi 11 avgustga qadar birinchi pul o‘tkazmasini amalga oshirmasa, «River» futbolchini «Real»ga sotishga majbur bo‘lardi. «Barselona» pullarni dedlaynga to‘rt kun qolganida o‘tkazdi.

Di Stefano «Yuventus»da, Ispaniya futbol federasiyasining g‘alati qarori va iste’foga chiqarilgan prezident

Bu vaqtda argentinalik futbolchi Ispaniyadagi hayotga moslashayotgan, Laslo Kubala bilan ko‘k-anorrang libosda birgalikda suratga tushgan va hatto katalonlar safida o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishga ham ulgurgandi. Biroq «Barselona» prezidenti Martiga futbolchi atrofida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlar xush kelmadi va o‘sha yozdayoq di Stefanodan qutulish qaroriga keldi. Iqtidorli futbolchini prinsipial raqibiga berishni istamagan Marti «Yuventus» bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Bundan xabar topgan Alfredo prezident bilan qattiq tortishib qoldi. Bu orada vaziyatni tushunib yetgan turinliklar futbolchining maqomi borasida FIFAning rasmiy xatini talab qilgan holda muzokarlar o‘tkazishdan bosh tortdi.

FIFA bu masalaga aralashdi va Ispaniya futbol federasiyasidan vaziyatga oydinlik kiritishni talab qildi. 1953 yilning sentyabr oyida federasiya g‘alati qaror chiqardi. Unga ko‘ra, di Stefano 1953/54 va 1955/56 yilgi mavsumni «Real»da o‘tkazishi kerak, keyin esa 1954/55 va 1956/57 yilgi mavsumda «Barselona»da harakat qilishi lozim edi. Qaror muzokaralarni diqqat bilan kuzatib borgan Ispaniya hukumati vakili va har ikki klub rahbariyati tomonidan ma’qullandi. Santyago Bernabeu «Real»da o‘tgan birinchi yildan keyin futbolchi Kataloniyaga ketish orzusida yonmasligini juda yaxshi bilardi, Enrik Marti esa federasiya va hukumatning bosimi ostida bunga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi. Bu qadam ishqibozlar va «Barsa» fan klub yetakchilarini g‘azab otiga mindirdi. Yakunda prezident o‘sha oyning o‘zida ishdan haydaldi.

«Barselona» o‘sha zahoti 87 ming dollar evaziga futbolchining transfer huquqini «Real»ga sotib yubordi, di Stefano turmush o‘rtog‘i va ikki qizi bilan tungi poyezd bilan Madridga yo‘l oldi. Futbolchi 7 oy rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan va o‘n kilogramm ortiqcha vazn yig‘gandi. Biroq Madridga kelganidan bir kun o‘tib tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Nansi» darvozasini ishg‘ol qildi.

«Barselona»ning no‘noqligimi yoki fitna? Samiterning ikkiyoqlama o‘yini va diktatorning aralashuvi

Di Stefanoning transfer tarixi juda ko‘p savollar uyg‘otadi. Nima uchun «Barselona» Janubiy Amerikada bu qadar no‘noq muzokara olib bordi? Di Stefanoni birinchi katalonlar sotib olishga uringandi, biroq nima uchun ispan futboli korchalonlari uni avvaliga «Real»da o‘ynaynashini belgiladi? Va nima sababdan «Barselona» iqtidorli futbolchini azaliy raqibiga osongina topshirib qo‘ydi?

Uzoq yillar mobaynida buni fitna deb atagan tomonning fikricha, Ispaniya diktatori Franko tizimli ravishda katalon futbolini sindirishga uringan va «Real»ni qo‘llab-quvvatlagan. Bunday taxmin 1953 yilga qadar juda kulgili ko‘rinardi: Franko Ispaniyani boshqargan 17 yil mobaynida katalonlar besh bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan, madridliklar esa biror marta ham bu baxtga sazovor bo‘lmagan. Bundan tashqari, «Real» prezidenti Santyago Bernabeu bilan suhbat qurib turadigan Franko uzoq yillar davomida «Barselona»ning afsonalaridan biri Xosep Samiter bilan qalin do‘st bo‘lgan. O‘sha vaqtda Samiter «Barselona»ning skautlar bo‘limi rahbari edi. Samiter hatto Franko ko‘klarga ko‘tarilgan filmda ham rol ijro etgandi.

Di Stefanoning Ispaniyaga kelishidan uch yil oldin «Barselona» skautlari rahbari yana bir tortishuvli transferda ishtirok etgan, biroq o‘shanda voqealar rivoji buning ayni aksi bo‘lgandi. Laslo Kubala «Real» bilan kelishuvga erishgan, boshlang‘ich shartnoma imzo chekkan va bitimning so‘nggi bandlarini muhokama qilish uchun Madridga yo‘l olgandi. Biroq Samiter uni vokzalda tutib oladi, mast bo‘lguniga qadar ichiradi va «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndiradi.

Biroq ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xosep Samiter di Stefano transferida ikkiyoqlama josusdek harakat qiladi. Aynan u Fargasni Kolumbiyadagi muzokaralarga Busketsni jalb qilishga ko‘ndiradi, so‘ngra futbolchini «Real»ga berib yuborishga rozi bo‘lganlar orasida bo‘ladi. Bu Samiterning «Kubala ishi» uchun Frankoga qaytargan qarzimi? Buning asl sababini bila olmasak kerak.

Yangi yulduz

Nima bo‘lgan taqdirda ham argentinalik futbolchining «Real»ga o‘tishi futbol tarixini o‘zgartirib yubordi. Yigirma yil La Ligada g‘olib chiqa olmagan klub di Stefano kelishi bilan ketma-ket sakkiz marta Ispaniya chempioni va ketma-ket besh bor Yevropa Chempionlar Kubogi sohibiga aylandi. Di Stefano beshta finalda ham gol urishga erishdi va futbol tarixida bir marta topshirilgan «Super Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rildi. France Football o‘shanda Kroyff, di Stefano va Platini triosidan eng kuchlisini tanlab, bir marta va umrbodga mazkur sovrinni topshirgandi.

«Real»dagi debyutidan bir oy o‘tib Alfredo di Stefano ilk «El-Klasiko»da qatnashdi. Madridliklar unda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi, argentinalik futbolchi esa dublga erishdi.

Shu tariqa buyuk «Real»ning 50 yillardagi afsonasi boshlangandi.

Nodirxon Hamidxonov tarjimasi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:51, 25.01.2020. O'qildi: 14063 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.