Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azimjon Ahmedov: “Navbahor”da sovrinlarni yutish uchun qoldim”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan Namanganning “Navbahor” klubi o‘tgan yilgi tarkib o‘zagini deyarli saqlab qoldi. Jumladan, tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedov jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi va bu yil ham “Navbahor” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Xabaringiz bor, namanganliklar ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Turkiyada o‘tkazishmoqda. Mazkur safar oldidan Azimjon Ahmedov bilan suhbat uyushtirib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida tajribali yarim himoyachining fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Mashg‘ulotlar, o‘rtoqlik bahslari, legionerlar borasida

- Namanganda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratildi. Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida esa taktik-texnik tayyorgarlikka ko‘proq urg‘u beriladi. Shuningdek, u yerda o‘tkaziladigan  nazorat-sinov bahslari sport formamizni tiklashimiz, yangi mavsumda namoyish etadigan o‘yinlarimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoamizda ko‘plab legionerlar ko‘rikdan o‘tishdi hamda o‘tishmoqda. Albatta, ulardan eng mahoratlilarini murabbiylar shtabi tanlab olishga intilmoqda.

Ta’kidlash joizki, xorijlik futbolchi mahalliy o‘yinchidan kamida bir bosh baland bo‘lishi kerak. Murabbiylar shtabi shuning uchun legionerlarni astoydil sinovdan o‘tkazmoqda.

Boshqa klublardan takliflar, “Navbahor”da qolish qarori, yetakchilik haqida  

  - Menga shu yil boshida Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy davlatlari, shuningdek, arab mamlakatlari klublaridan moliyaviy tarafdan juda qulay va  yaxshi takliflar bo‘ldi.

Ammo Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov hamda “Navbahor” klubi vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov bilan suhbatlashganimdan so‘ng, bo‘lajak mavsumda jamoaning oldiga yuksak maqsadlar qo‘yilayotgani, jumladan, “Navbahor” Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishi lozimligidan voqif bo‘lganimdan keyin, viloyatimizning bosh jamoasiga ushbu niyatni amalga oshirish yo‘lida yordam berishga ahd qilib, “Navbahor” bilan yangi shartnoma imzoladim, ya’ni jamoada sovrinlarni yutish uchun qoldim.

Fursatdan foydalanib, Namangan viloyati va shahar hokimlari, klub rahbariyatiga biz – futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berishayotgani uchun o‘zim hamda jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yangi mavsumda biz ularning ishonchlarini oqlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.     

Jamoa yetakchilaridan biri sifatida klub rahbariyati menga ishonch bildirdi. Albatta bu nomni oqlash oson emas va butun mavsum davomida barcha og‘irlik yetakchilarga tushadi.

Ammo biz tajribali hamda yetakchi futbolchilar yosh hamkasblarimiz bilan kelishib oldik va yangi mavsumda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsad yo‘lida birlashishga ahd qildik.

Xudo xohlasa, men ham yosh futbolchilarni qo‘limdan kelganicha qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z maslahatlarimni berib turaman.

Tarkibdagi o‘zgarishlar,  Kanchelskis, akasi Odil Ahmedov to‘g‘risida

- Jamoamizning o‘tgan yilgi tarkibi o‘zagi saqlab qolindi va safimizga bir qator tajribali hamda mahoratli futbolchilar qo‘shilishdi. Turkiyadagi yig‘in davomida ham tarkibga yana bir qator o‘yinchilarning qo‘shilishlari ta’kidlanmoqda.

Hozirgi tarkibimiz ham OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir. Lekin yangi futbolchilarga baribir jamoaning o‘yiniga kirishib ketishlari uchun biroz vaqt kerak.

“Navbahor”da tarkibning har yili o‘zgaraverishi jamoaning o‘yinlariga salbiy ta’sir o‘tkazganligi barchaga ma’lum.

Xudo xohlasa, ushbu tarkib bilan o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.

“Navbahor”ning ayni paytdagi murabbiyi  Andrey Antanasovich Kanchelskis ancha qattiqqo‘l va talabchan murabbiy. U o‘z e’tiborini ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka qaratadi.

Andrey Antanasovich Yevropa futbolini ko‘rgan tajribali mutaxassis hamda undan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi.

Kanchelskisning qo‘l ostida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga intilamiz.

Akam Odil Ahmedovni barcha muxlislar yaxshi bilishadi. U shu  darajaga o‘z mehnatlari bilan erishdi. Akam mashhurligiga qaramay, ancha kamtar va mendan ham o‘z maslahatlarini ayamaydi.

Jumladan, milliy chempionatimiz bahslari paytida har bir o‘yindan oldin va keyin qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuvdan oldin qanday o‘ynash kerakligi borasida maslahat beradi, o‘yindan keyin esa kamchiliklarimni aytadi. Uning maslahatlari albatta, futbolchilik faoliyatimda asqotmoqda.

Buning uchun fursatdan foydalanib, akam Odil Ahmedovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.   

                                              Muxlislarga tilaklar

-   Muxlislarga tilaklarim, biz - futbolchilarning baxtiga barchalari sog‘ bo‘lishsin. Bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turishsin.

Yana ishqibozlardan shuni iltimos qilardimki, o‘yinchilarning ortidan yomonlab, ular haqida salbiy fikrlarni bildirishmasin. Bu o‘sha futbolchiga negativ ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, har bir o‘yinchini maqtab, olqishlab, qo‘llab-quvvatlashsa, o‘sha futbolchi bundan ruhlanib, o‘yini yanada ochilib ketadi.

Muxlislardan ushbu fikrlarimni inobatga olib, yangi mavsum bahslari davomida bizni munosib tarzda qo‘llashlarini tilayman.

Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash, quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Baxtimizga ular doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.

Ma’lumot uchun

Azimjon Ahmedov   - 1992 yilning 4 yanvarida Namangan viloyati, Namangan tumanida tug‘ilgan.

Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiyi – Malikjon Turdiyev.

Namangan viloyat 15-sonli futbol maktab-internati, respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan.

Ampluasi – yarim himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan, 2010 – 2015 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2016 – 2018 yillar).

2019 yildan yana “Navbahor”da.

Oilali, 2 farzandning otasi.

Muxlis qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid)

Havas qiladigan futbolchilari: O‘zbekistondan akasi Odil Ahmedov, xorijdan “Real” klubi yarim himoyachilari -  Toni Kroos va Luka Modrich.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:24, 07.02.2020. O'qildi: 2360 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик