Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

PSJ muammolar girdobiga tushib qoldimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Parijning PSJ klubidagi keskin vaziyatga oydinlik kiritib o‘tadi.

Ochig‘i Parij jamoasining har safar hal qiluvchi o‘yinlar chog‘ida janjallarga o‘ralashib qolishi odat tusiga aylanib bormoqda. Gap PSJning “Borussiya”dan yengilikgan o‘yini haqida bormyapti. Ushbu jamoaning ruhiy holati mavsumning hal qiluvchi pallasida pand berishda davom etmoqda. Nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar ham PSJga kelgach, janjallar bilan o‘ralashib qolmoqda. Xatto PSJ jamoasiga atigi bir mavsum uchun ijaraga olingan Ikardi ham mashmasha ko‘tarishga ulgurdi. Hech qachon futbolchilari bilan san-manga bormagan Tomas Tuxel yetakchi futbolchilar bilan kontakt qilmay qoydi. Shu va boshqa muammolar borasida bugun qisqacha mulohaza yurutamiz.

PSJ juda yaxshi start oldi. Barchasi o‘z o‘rnida va o‘z vaqtida amalga oshishni boshlagach, barcha uzoq kutilgan YECHL kubogining isi kelayotgani haqida tinmay so‘zlay boshladi…

Ikardi mavsum boshida PSJ uchun juda ham foydali edi. Xatto Mbappe, Neymar, Di Mariya singari hujumga javob beruvchi futbolchilari bor jamoa o‘yin uslubiga ham moslashib olgandek edi go‘yo. Har bir o‘yinda maydonga tushishi va gol kiritishi ham odatiy holatga aylangan, klub uni “Inter”dan sotib olishiga hech kimda shubha yo‘q edi. Ikardi nima bo‘lipti? Xatto yozda “Barselona”ga ketaman deb “to‘polon” ko‘targan Neymar ham birdan mashg‘ulotlarga tushib ketdi.Braziliyalik futbolchi o‘z intervyularida klubga sodiq ekanligi, jamoa bilan “oltin to‘p”ni yutmoqchiligi haqida so‘zlab muxlisalarni “eritish”ni uddaladi ham. Ba’zi uchrashuvlarda Neymarning himoyada ter to‘kayotganini ham ko‘rganlar bo‘ldi. Barchasi, yo‘q barcha-barchasi hamirdan qil sug‘urgandek ketayotgan edi, biroq YECHL pley-off o‘yinlari boshlanishi bilan otlar qo‘shilgan arava birdaniga qovoqqa aylandi qo‘ydi.

Jamoadagi ko‘ngilsizliklar Dortmunddagi o‘yindan avvalroq boshlandi aslida. Avvaliga Mbappe va Tuxel o‘rtasida kichik “janjalcha” chiqqani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Keyin Neymar uyushtirgan kecha va uning jarohati vaziyatga jiddiy nazar solishga majbur qildi. Germaniyaga uchib ketish oldidan PSJ ga “Amyen» ustidan g‘alaba qozonish uchun 4 ta gol ham kamlik qildi. 4:4 natija bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar jamoadagi muvozanatning buzilganini darrov payqashdi. Ruhiy bosim borasida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Xolandning Dortmunddagi yakkahon konsertidan so‘ng, futbolchilar birin ketin o‘z noroziligini bildirishni boshladi. Har doimgiday bu ishni Neymar boshlab berdi. Uning PSJ manziliga aytgan so‘zlaridan so‘ng, o‘rtadagi vaziyat yanada keskinlashib ketdi.

Shu o‘rinda, ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolgan vaziyatga to‘xtalib o‘tsak. Ayni damda PSJda qolish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilayotgan Ikardi va “Inter” o‘rtasidagi mojora bejiz chiqmagan ko‘rinadi. Football Insider nashrrining ma’lum qilishicha, “Borussiya”ga qarshi uchrashuvda Ikardi yaxshigina tomosha ko‘rsatgan ekan.

Argentinalik futbolchi “Borussiya”ga qarshi uchrashuv oldidan hech qanday sababsiz asosiy tarkibga kitirilmadi. Bundan xabaringiz bor albatta. Yuqorida nomi zikr qilingan nashrlaring ma’lum qilishicha, Ikardi o‘zining zahirada qoldirilganini eshitgach, kiyinish xonasida janjal ko‘tarishga urungan. Xatto kiyinish xonasidagi bir nechta stullarni sindirishgacha borgan. Biroz o‘ziga kelgach, murabbiydan xafa ekanligni namoyish etgancha, o‘yin tugab, Parijga qaytib kelguncha hech kim bilan suhbatlashmagan.

Qaysidir ma’noda uni tushunish mumkin. Ayni damda jamoadagi eng yaxshi hujumkor futbolchini hisobda 2 ta to‘p farqi bilan ortda qolayotgan pallada maydonga tushurmaslikni yana qanday izohlash mumkin? Ochig‘i Tuxel ham vaziyat qo‘lidan chiqib ketganini yaxshi anglagan ko‘rinadi. Yulduzlar bilan ishlashda tajribasiz nemis murabbiyi o‘sha kuni atigi 1 ta o‘zgarishni amalga oshirdi xolos.

Katta ehtimol bilan Tomas ham keskinlikning paydo bo‘lishida qisman aybdor.
Dortmunddagi alamli mag‘lubiyatdan bir necha kun o‘tib, Neymar va PSJning boshqa futbolchilari tug‘ilgan kun munosabati bilan uyushtirgan kechadagi suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. O‘sha suratlardan so‘ng, PSJ rahbarlari vaziyat naqadar keskin ekanligini anglashdi va jamoaning sport direktori Leonardo favqulotda majlis o‘tkazishga qaror qildi. Manbalarning ma’lum qilishicha, Leanardo deyarli 1 soat mobaynida futbolchilarni insofga chaqirishga urungan. Qaysar Tuxel esa, bu orada jurnalistlarga klubdagi vaziyatni tushuntirish bilan band edi:

“ Hammasi joyida, havotirga o‘rin yo‘q. Biz kutilmagan natijalardan xursand emasmiz. Biz ham Dotmundagi mag‘lubiyatdan sizlar kabi hayron qolganimiz rost. Barchasi borasida futbolchilar bilan gaplashib oldik. Bunday mavzudagi so‘zlari klubning shaxsiy muammosi va u “ichkarida” qolgani ma’qul”.

Aslida bunday muammolar Parijda birinchi marotaba sodir bo‘lmayapti. Jamoa futbolchilari YECHL sovrini uchun qanchalar katta bosimda qolib ketayotgani shundoq ham barchaga ma’lum. Murabbiy hammasi joyida ekanligini ma’lum qilgani bilan, muammo bartaraf etilgani yo‘q. So‘zimizga PSJning “Bordo” bilan bo‘lgan o‘yini yaqqol isbot. To‘g‘ri, bu safar Parij klubi (4:3) g‘alaba qozondi, biroq jamoavit ruh o‘sha o‘yinda ham ko‘rinmadi. Nasir Xelayfi ham vaziyatga qanday aralashishni tushuna olmayapti. Leanardo-ku, umuman arosatda qolib ketdi. Futbolchgilarni yonin olsa, mavsumning eng qizg‘in pallasida jamoani kim boshqaruviga oladi? Agar murabbiy tomonida ekanligini ma’lum qilsa, yulduzli futbolchilar ochiqchasiga o‘yinni berib yubormaydi deb kim kafolat beradi?

“Bordo” bilan o‘yinda Neymarning asablari dosh bermadi. O‘yinning so‘ngi daqiqalarida atayin qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkani oldi. Bir necha hafta ilgari muxlislar mehrini qozongan braziliyalik futbolchi yana o‘z statusiga qaytdi qo‘ydi. Ayni yulduzlar jamoasi mavsumning qiymatini belgilab beruvchi qismiga ichki janjal va ruhiy bosim ostida yetib keldi. Yetmaganiga, jamoadagi yagona kamtarin yulduz Tiago Silva ham jarohat oldi va safdan chiqdi.

Kulgulisi shundaki, PSJ mana bir necha yildan beri mavsumning aynan shu qismida o‘zini-o‘zi jar yoqasiga olib kelmoqda. Yevropaning grandalri esa jar yoqasidagi raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz pastga qulatib yubormoqda. Buning sababi nimda? Tarkibdagi tabaqalanishdami? Hujum va yarim himoyachilarning saviyasida farq kataligidami? Yoki jamoa o‘zi uchun mos murabbiy tanlay olmayaptimi? 19 jamoa 2-o‘rin uchun kurash olib boradigan chempionatdami? Balki Tuxelni “Manchester Yunayted”dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng javobini berish kerak bo‘lgandir? Balki shu sabablarning barchasidir. Balki muammoning sababi umuman boshqa omil bilan bog‘liqdird. PSJ rahbarlari muammodan qanday chiqib ketishlarini kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:01, 25.02.2020. O'qildi: 9647 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.