«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya 31-turi doirasidagi «Djenoa» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«A Seriyadagi 300-g‘alaba men uchun nimani anglatadi? Bu mening ancha qarib qolganimni anglatadi (kuladi).
Yo‘q, jamoa ikkinchi bo‘limda charchab qolgani yo‘q. Kecha va o‘tgan kuni biz mashg‘ulot o‘tkazmadik. Futbolchilar terma jamoalardan qaytishdi, ularda ikki kun dam olish vaqti bo‘ldi, keyin esa bor-yo‘g‘i bir yarimta mashg‘ulot va tanaffus. Ular maydonga shunchaki chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun tushishdi. Charchoq yo‘q edi, shunchaki ba’zida o‘zingning eng yaxshi holatingda emasligingga ko‘nikib qolasan.
Men bu yerda allaqachon olti-etti oydan beri ishlayapman va haligacha nima bilan to‘qnash kelayotganimni oxirigacha tushunib yetganim yo‘q. Birinchi va ikkinchi bo‘limdagi o‘yin butunlay farqli bo‘lishi kerak emas... Agar biror voqea yuz bersa — futbolda esa hamma narsa shunday lahzalarga bog‘liq — masalan, penalti belgilansa, o‘yin butunlay boshqacha tus olib ketadi», — deya Spallettining so‘zlarini keltirmoqda Calciomercato.
Ushbu uchrashuvda «Yuventus» tarkibida Bremer (4-daqiqa) va Makkenni (17-daqiqa) gol urib, jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etishdi.