Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Korona-tanaffusdan qaysi klublar zarar ko‘rishi mumkin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Korona-tanaffusdan jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan klublar bilan tanishtirib o‘tadi.

Yevropadagi deyarli barcha chempionatlar koronavirus sababli to‘xtatilayotganidan xabaringiz bor. Aslida, bu pauzaning qaysidir jamoalar uchun katta naf bergan bo‘lishi ham mumkin. Mavsumning eng qizg‘in pallalarida hordiq chiqarish kimga ham yoqmaydi deysiz, biroq ayrim jamoalar borki, ular endigina o‘zlarining pik sport formasiga kirib olishgan va mavsumning hal qiluvchi palasida “otni qamchilab qolishlari” kerak edi. Achinarlisi shundaki, ushbu jamoalar endi mavsumning qolgan qismi o‘tkazilguniga qadar kutishlariga to‘g‘ri keladi. Bugun ichki birinchiliklarning to‘xtatilishi sababli barchadan ko‘proq (sport nuqtai nazaridan) zarar ko‘rgan jamoalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

“MANCHESTER YUNAYTED”

2020-yilda Sulsher bahor shamolini ushlab qolishga muuvaffaq bo‘lgandek tuyulayotgan edi. Mavsumning ilk qismida iste’fosi haqidagi mish-mishlardan charchagan murabbiy yangi yilni juda ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Bugungi kunda “qizil iblislar” YECHLga yo‘llanma beruvchi o‘ringa asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi. Bundan tashqari, Sulsher shogirdlarida “Chelsi”ni quvib o‘tish imkoniyati ham mavjud. “Lester”dan 3-o‘rinni tortib olish mushkul, biroq jamoaning Yevropa Ligasidagi ishlari ham chakki ketmayotganini unutmaslik lozim. Chempionat yakuniga qadar 9 ta tur qolgan bir paytda “Manchester Yunayted” o‘zining eng pik formasiga ko‘tarilib olgani mavsumni sovrin bilan yakunlash imkonini berishi mumkin edi. Shuningdek, kubok bahsidagi “Norvich” bilan to‘qnashuv.

Agar to‘xtalish uzoq davom etmasa, “Manchester Yunayted” o‘z rejalarini amalga oshirish imkoniga ega. Shu o‘rinda o‘rinli savol. Sulsher shogirdlari pauzadan so‘ng, yana o‘z ritmlariga tushib olashiga qodirmi? Bu oson bo‘lmasligi aniq. Yo‘qotilgan temp mavsumning qoldirilgan o‘yinlarida pand berib qo‘yishi hech gap emas.

“LASIO”

Rimliklarda uzoq kutilgan skudettoni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Afsonaviy jamoa o‘z tarixida atigi ikki bor chempionlikni qo‘lga kiritgan xolos. “Burgutlar” ustozi bu mavsumda o‘z futbolchilarining jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlagani bois jamoa chempionlik uchun so‘nggi turlarga qadar g‘oliblik uchun kurash olib boruvchi jamoaga aylandi. Simone Indzagi shogirdlari ikkinchi davrada o‘zining pik formasiga kirib olganini barcha ko‘rdi. Ularning o‘yini “Yuventus” va “Inter”niki nisbatan tajovuzkor va tomoshabop chiqayotgani ham ayni haqiqat. Italiyadagi keskin karantin poytaxt klubining rejalarini barbod qilib qo‘yishi mumkin. Sababi, Italiyada bugun nafaqat o‘yinlar, balki mashg‘ulotlar ham bekor qilinganini unutmaslik lozim. Koronavirus yengilgach, “Lasio” qanday jismoniy holatda bo‘lishi noma’lumigicha qolmoqda.

ATALANTA”

Tavtalogiya uchun uzr, biroq “Atalanta” ham aql bovar qilmas darajada pik formaga kirib olgan edi. Aynan ular Yevropadagi eng shiddatli va chiroyli hujum chizig‘iga ega klub. To‘g‘ri, klub chempionlik uchun kurashda qatnashmayapti, biroq bergamoliklarning YECHLdagi ishtiroki ko‘zni quvnatayotgan edi. Afsuski, Bergamo borgan sari koronavirusning o‘chog‘iga aylanib bormoqda. Italiya hukumati tez orada ushbu shaharga kirish-chiqish eshiklarini yopishni reja qilgan. Ayni damda, Italiyada hech kimning futbol bilan ishi bo‘lmayapti. Mavsum yakunlab qo‘yilishi turgan gap, biroq Gasperini shogirdlarini qayta ishga tushirishni uddalay oladimi? Mana shu savolga hozir hech kim javob bera olmaydi.

“BAYER”

Ushbu klub mavsumning hal qiluvchi pallasida keskin ko‘tarilishni amalga oshirishga qodir. Boz ustiga, ularning Yevropa ligasidagi o‘yinlari ham barchaning e’tibor markazida turibdi. Aslida Germaniyadagi vaziyat Italiyadagi singari og‘ir emas, biroq har ehtimolga qarshi uchrashuvlarda ehtiyotkorlik choralari oshirilmoqda. Bugungi kunda “Bayer” jamoasida mashg‘ulotlar to‘xtatilmagan, biroq o‘yin amaliyotisiz jangovar ruhni ushlab qolishning iloji yo‘q. Boz ustiga, Piter Bosh Bundesliganing ikkinchi qismini eng yaxshi o‘tkazayotgan murabbiylardan biri. U qanchalar kuchli murabbiy bo‘lmasin, Bosh ham tanaffusdan so‘ng futbolchilarning o‘yin tonusini ortga qaytara oladimi? Tanaffusdan so‘ng, barcha birdek imkoniyatga ega bo‘lganida, “Bayer”ning ustunligi yo‘qqa chiqishi mumkin. Bu esa, “Bayer”ning imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi.

“REAL SOSYEDAD”

Yaqinda “Barselona”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, “Real Sosyedad” fevral oyida juda yaxshi ko‘rinayotgan edi. Beshinchi o‘rinda borayotgan jamoa mavsum so‘ngiga qadar kuchli uchlikka kirish imkoniyati mavjud. Jamoaning odinda “Osasuna”, “Alaves” jamoalari kutib turibdi. Boz ustiga, jamoa ajoyib formaga kirganini alohida qayd etish joiz. Ayniqsa, Isak, Yanuzay, Edogor, Villian Joze va Merinojarohatsiz ajoyib mavsumni o‘tkazishmoqda. Ularning yaxshi formada ekanligini Ispaniyaning kuchli uchligiga kirish uchun imkoniyatini berishi mumkin. Achinarlisi shundaki, jamoa murabbiy mavusmning qolgan qismini qanday yakunlash borasida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

“LILL”

Fevral va mart oylarida “Lill” jamoasi ancha ishonchli ko‘rinayotgan edi. Albatta, o‘z uyidagi “Marsel”ga boy berilgan uchrashuv dilni xira qiladi, biroq jamoaning o‘yini chakki emas. Jamoa 6ta uchrashuvda ketma-ket g‘olib chiqishni uddaladi va YECHL yo‘llanmasini beruvchi o‘rin uchun kurashga qo‘shildi. Endi barchasi koronavirus sababli puchga chiqishi mumkin. Kristof Galtye shogirdlari atigi bir mavsum yuqori formada harakat qilishi  isbotlagan. “Lill” ham ko‘tarinki kayfiyatda ikkinchi davrani boshlagan edi, endi Fransiyadagi uzilish Galtyening barcha rejalarini barbod qildi. Endi mavsumning qolgan qismi uchun yangi reja o‘ylab chiqish kerak.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:53, 18.03.2020. O'qildi: 7017 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик